So’nggi yangiliklar

16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  0 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  3 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10

Otabek G'ulomxo'jaev: "Andijon"ning o'yinlarida VAR bo'lmasligini istardim" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Andijon"ning o'yinlarida VAR bo'lmasligini istardim"

Superliganing uchinchi turida Toshkentda mehmon bo'lgan "Andijon" jamoasi ortga 1:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytdi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev fikrlarini bildirib o'tdi. 

"O'yin haqida nima ham derdim. Avvalo  "Bunyodkor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Rejalarimiz amalga oshmadi. Bazi bir futbolchilar bilan gaplashib olishimizga to'g'ri kelyapti. Maydonga tushganidan so'ng futbolchiligini esdan chiqarib qo'ymoqda. O'yin borasida hozir ortiqcha gapira olmayman", dedi mutaxassis. 

- Joriy mavsumda Superligada VAR tizimidan foydalanilmoqda. Lekin ko'ryapmizki, bu ayrim holatlarda o'yin tempini tushishiga olib kelyapti. Bu borada sizning fikringiz va munosabatingiz qanday?

- Hakamlarga etiroz bildirmayman. Ammo VAR  futbolning mazasi va tomoshabopligini buzib qo'ymoqda. Men "Andijon"ning o'yinida VAR bo'lmasligini istardim. SHuncha to'xtalishlarga uch daqiqa qo'shib berishmoqda. Mening hisobim bo'yicha etti daqiqa qo'shilishini kutgandim. Undan tashqari, bu o'yin tempiga tasir qilyapti. VAR qanday holatda qo'llaniladi, qizil kartochka, jarima maydonchasi ichidagi vaziyat va o'yindan tashqari holatni aniqlashda. Biz aut otyapmiz, hakam VAR'ga qulog'ini tutyapti. Mayli, mag'lubiyatga uchradik. Bu bilan bahona izlamoqchi emasman. Umuman olganda jamoamizning o'yiniga  VAR kelmasa ham mayli. Futbol bo'lsin. SHu paytgacha hakamlarga hech qanday etiroz bildirmaganman. Mening nazarimda birinchi golda to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi. Bu mening fikrim.

- Yangi kelgan futbolchilardan Edgar Bernxatdan ko'p narsa kutilgandi...

- U ikkita o'yinda maydonga tushdi. Men bu uchrashuvlarni eslamoqchi emasman. Bari tarixda qoldi. Uning o'zi bilan gaplashib oldik. Bugun jamoamizda to'p tepgan bir nechta futbolchi  "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ularning nomlarini aytmayman. Lekin bazi birlari maydonda o'zidan boshqa futbolchi yo'qdek harakat qilishdi. Ertaga o'yinni tahlil qilib? xatolarini o'zlariga ko'rsatamiz. Ularning yoshini ham inobatga olish kerak, to'g'ri. Biroq, men uchun 18-19 yoshlagi futbolchi yosh emas. Balki, tajriba etishmagandir, deb yakunladi G'ulomxo'jaev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика