So’nggi yangiliklar

10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  1 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  0 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  2 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  22 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  3 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1

Otabek G'ulomxo'jaev: "Andijon" Superligada jon saqlash uchun kurashmaydi" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Andijon" Superligada jon saqlash uchun kurashmaydi"

Superliganing to'rtinchi turidan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Birinchi galda stadionga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytib qolaman. To'g'risini aytsam bugun jamoamni tanimadim. Futbolchilar xuddi birinchi marotaba maydonga chiqqandek taassurot qoldirdi. 90 daqiqa futbol o'ynashmadi. O'yinni ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Sababini jamoani ichida aniqlaymiz. Xato o'zimdan o'tdi, deb o'ylayman. Ahamiyat bergan bo'lsanglar Jaloliddinov bilan Abdumannopovni asosiy tarkibda maydonga tushirdim. Ular besh soatlik yo'l bosib kecha mashg'ulotlarda maksimal darajada ishtirok etishdi. SHuncha paytdan beri tayyorgarlik ko'rib kelgan yigitlarni emas ularni tushirganim xatoim bo'ldi. Ikkinchidan asosiy tarkibda o'ynamayotgan Baxtiyor Qosimovni darhol boshlang'ich tarkibga kiritganim. So'nggi pallaga kelibgina tarkibni o'zgartirib yubordim. SHuning hisobiga bugun futbol bo'lmadi",- deydi Otabek G'ulomxo'jaev.

- Standart vaziyatlarni amalga oshirgan Jasur Jaloliddinov etarlicha keskinlik yarata olmadi. Vaholanki tepada yaxshi o'ynay oladigan futbolchilarimiz bor edi. Balki bu charchoq alomati bilan bog'liqmi?

- Har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rish jarayonida standart vaziyatlar ustida ishlaymiz. Bunday pallada Jasurda masuliyatni o'ziga olish istagi kuchlilik qildi. Balki charchoq alomatidir. Har bir burchak zarbalarida qanday joylashish kerak, kim qaerda turishi kerakligini mashg'ulotlarda ishlaganmiz. Ularning o'rniga maydonga tushib o'ynab bera olmayman. O'sha vaziyatda Jasur tayyor bo'lgan ekan shunday bo'ldi. 

- Nima deb o'ylaysiz "Andijon"ning o'yinlariga  VAR kerakmikin?

- Yo'q. Buni o'tgan safar ham aytgan edim. Iloji bo'lsa "Andijon"ning o'yinlariga VAR tizmini qo'yishmasligini istardim. Mayli qo'yilgan taqdirda ham raqib tomonga foyda chiqarsa ham men hich qachon indamayman. Keling, futbolni jozibasini o'ldirmaylik. Futbol o'ynaylik. Bir paytlar Maradona o'ynagan vaqtlarda qo'li bilan gol urganda VAR bo'lmagan. Kimnidir goli qaysidir jamoani chempion qilgan, jahon chempionatiga olib chiqqan. 

"Mashal"ning o'yinlarini o'rganib chiqqandik. Ularning "Bunyodkor" bilan o'yinlarini kuzatgandik. Himoyadan o'ynashini, qarshi hujumlardan foydalanishi malum edi. Himoyachilarimizning xatolarini tahlil qilamiz. Birinchi turdan so'ng haligacha o'zimni jamoamni taniy olganim yo'q. CHunki men hech qachon raqibning o'yiniga qaramayman. O'z o'yinimizni shakllantirishga harakat qilaman. Nima uchundir o'yin to'liq chiqayotgani yo'q. Yoki tarkib, jarohatlanganlar pand bermoqda. Men raqibni individual kuchli futbolchisiga etibor qarataman. 

- "Metallurg" bilan safarda jamoadan g'alaba kutsa bo'ladimi?

- Biz har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Nima uchun ishonch bo'lmasligi kerak? Agar ishonch bo'lmaganida murabbiy sifatida faoliyat olib bormas edim. Qiyin vaziyatda jamoani qabul qilib olmagan bo'lardim. Hozirgi tarkibimdagi barcha futbolchilarga ishonaman. Muxlislar xavotir olganidek jamoa bu yil jon saqlab qolish uchun o'ynamaydi. 

- To'rtinchi tur yakunlandi. "Andijon" jamoasi hujumchilari qachon gol uradi?

- Og'riqli mavzu. Ayniqsa Martin Boake. Hozir ham murabbiylarimiz shtabi bilan shuni muhokama qildik. Biz undan yoki noto'g'ri foydalanmoqdamiz. Yoki u bizni tushunayotgani yo'q. To'rtta turda to'qson daqiqa o'ynadi. Balki endi zaxiraga olarmiz. Jamshid Homidov yig'inlarda o'zini yaxshi ko'rsatgan. Hammasini o'z vaqti bo'ladi. Yoshlarga imkon beramiz. Kecha o'rinbosarlar jamoasida Sardor Karimov o'ynadi. Ushbu futbolchi ham jamoa o'yinini topib olgach asosiy tarkibga jalb qilinadi. Klubning o'rinbosarlar tarkibida 5-6 nafar asosiy tarkibga nomzodlar bor. Keyingi mavsum uchun zaxira bor, deya olaman. 

- Jamoa sardori boshqa futbolchilardan ajralib turishi kerak. Lekin "Andijon"da aksini ko'rmoqdamiz. Ko'p bor xatolar qilmoqda. Ularga nima etishmayapti?

- Ularni o'zi bilan gaplashib ko'rish kerak. O'rtoqlik o'yinlarida Edgar o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Hozir esa o'zimiz ham hayron qolmoqdamiz. Liderlik sifatlarini ham ko'rsatayotgani yo'q. O'zini yoshiga nisbatan tajribasini ham namoyish qilmayapti. Yana gaplashamiz. SHu ketish bo'lsa sardorlik olib qo'yiladi va zaxira o'yinchisiga aylanadi. Qachon o'zini ko'rsatsa keyin maydonga chiqadi.

- O'yindan gol urish qiyin bo'lmoqda...

- Raqiblarimiz yaxshi himoyalanmoqda. Aleksandr Xomyakovni nechchi yildan beri bilsam o'z ustida ishlashdan charchamaydi. 2013 yil Pro licenziyasiga o'qiganimizda ko'p jihatlarda uni o'zimga ustoz, deb bilganman. O'ziga yarasha tajribaga ega. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика