Osvaldo "Yuve"ga o'tish uchun maoshini uch karra kamaytirilishiga rozi bo'ldi
31 jan 2014 15:32
Yangiliklar


Osvaldo "Yuve"ga o'tish uchun maoshini uch karra kamaytirilishiga rozi bo'ldi
"Sautgempton"ning 28 yoshli hujumchisi Pablo Osvaldo Turinga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun keldi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia nashri.
SHundan so'ng futbolchi "Yuventus" bilan shartnoma tuzadi va yozga qadar shu jamoada ijarada o'ynaydi. Klublar kelishuvga erishishdi: "Yuve" darhol 1 million to'laydi, yozda esa Osvaldoni 18 million evroga sotib olishi mumkin.
Futbolchining o'zi esa maoshini uch karra kamayishiga rozi bo'ldi: "Sautgempton"da u 3 million evro olardi, "Yuventus"da 1,1 million maosh oladi.
Futbolchining o'zi esa maoshini uch karra kamayishiga rozi bo'ldi: "Sautgempton"da u 3 million evro olardi, "Yuventus"da 1,1 million maosh oladi.

Fikrlar