“Ostona” klubi endi “Nursulton” bo'ladimi?
20 mar 2019 23:16
Yangiliklar


“Ostona” klubi endi “Nursulton” bo'ladimi?
Qozog'iston parlamenti tomonidan mamlakat poytaxti Ostona shahri nomining Nursultonga o'zgartirilishi sport jamoalariga ham tasir o'tkazishi mumkin.
Jumladan, “Ostona” futbol va basketbol, “Baris” xokkey jamoalarining nomi “Nursulton” deya o'zgartirilishi kutilmoqda.
SHuningdek, “Astana Arlans” yarim professional boks jamoasi hamda velapoyganing Jahon turi vakili “Ostona Pro Tim”ning nomi almashtirilishi mumkin.
SHuni qo'shimcha qilish kerakki, vikipediya internet-enciklopediyasida “Ostona” futbol klubining nomi o'zgartirilgan. Biroq, jamoa mutasaddilari bu haqida rasmiy bayonot bermagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar