Oston O'runovga "Rubin" tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda
05 dek 2020 22:15
Yangiliklar


Oston O'runovga "Rubin" tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda
"Rubin" bosh direktori Rustem Saymanov O'runov transferi bo'yicha "Spartak"ga taklif yuborilganini malum qildi.
Buni "Spartak" bosh direktori SHamil Gazizov ham tasdiqladi.
"Rubin" O'runov bo'yicha "Spartak"ga taklif yuborgan. Jamoamiz ushbu futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biz "Spartak"ga o'tishdan oldin Ufaga ham taklif jo'natgandik. O'runov baribir "Spartak"da o'ynamaydi. SHuning uchun biz uni taklif qildik va bu oddiy taklif emas – u "Rubin" uchun zarur futbolchi".
Bu 19 yoshli yigitga o'yin amaliyoti zarur. Biz uning kelajagini "Rubin"da ko'ryapmiz va unga "Rubin"da hozir ham o'yin daqiqalari taqdim etilgan bo'lardi", - deydi Saymanov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar