Oston O'runov "Spartak"ning umumiy guruhdagi mashg'ulotlariga qaytdi
01 fev 2021 12:12
Yangiliklar


Oston O'runov "Spartak"ning umumiy guruhdagi mashg'ulotlariga qaytdi
"Spartak" (Moskva) yarim himoyachisi Oston O'runov umumiy guruhga qaytdi.
20 yoshli o'zbekistonlik futbolchi tayanch harakat tizimidan olgan jarohatidan tiklandi.
Oldinroq O'runovning 30 yanvar kuni "Paxtakor" (2:1)ga qarshi o'yinni jarohati sabab o'tkazib yuborgani aytilgan edi.
Xavbek joriy mavsum Moskva jamoasi tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar