So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

Oston O'runov "Navbahor" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi Yangiliklar

Oston O'runov "Navbahor" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi

Navbahor futbolchisi Oston O'runov jamoani tark etdi degan xabarlar chiqqan edi.

2018 yilgi mavsumda o'zining ajoyib o'yinlari bilan namanganlik muxlislar mehrini qozona olgan yosh, istedodli futbolchi Oston O'runov 2019 yilgi mavsumni ham «Navbahor»da o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqda «Navbahor» muxlislar klubining telegramdagi kanali xabar berdi.
 
Yarim himoyachi kelgusida faqatgina xorijdan taklif bo'lsagina «Navbahor»dan ketishi mumkinligini aytdi. Eslatib o'tamiz, futbolchi 28 dekabr kuni instagramdagi o'z sahifasiga quyidagi fikrni yozgan edi: 

- SHu jamoaga birinchi kelganimda meni hech kim tanimasdi. Hozirgi kunga etib kelishimda mana shu akalarimning juda katta o'rni bor. Ularning hammalariga rahmat, bir yarim yil sizlar bilan birga o'ynaganimdan xursandman. Bunday ahil jamoani boshqa ko'rmasam kerak, yana birga bo'lish nasib qilsin! Albatta, qo'llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarga ham rahmat. natijalarda ularning ham o'rni katta. 

Keyinroq uning Rossiya klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.

Hozircha «Navbahor» matbuot xizmati O'runov bilan shartnoma uzaytirilgani borasida rasmiy xabar bergani yo'q.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика