O'smirlarimiz Raul bilan uchrashishdi FOTO

Narzulla Saydullayev
9 sen 2014, 13:02
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ayni paytda Tailanddagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotganidan xabardorsiz.

O'zbekiston U-16 o'smirlari yaqin o'tmishning mashhur futbolchisi, hozirda Qatar o'smirlar terma jamoasi maslahatchi murabbiyi Raul bilan uchrashishdi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, bugun Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o'smirlarimiz KXDR bilan o'ynaydi. Bahs soat 18:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia