Server Jeparov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 Dushanbega yo'l oldi
09 avg 2021 11:31
Yangiliklar


Server Jeparov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 Dushanbega yo'l oldi
Xabaringiz bor, O'zbekiston U-15 terma jamoasi 2023 yilgi U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.
Server Jeparov murabbiyligi ostidagi o'smirlarimiz 2-8 avgust kunlari poytaxtimizdagi “CHig'atoy” stadionida mashg'ulot o'tkazdi.
Bugun U-15 terma jamoamiz Toshkent-Dushanbe havo reysi orqali Tojikistonga yo'l oldi. O'smirlarimiz 9-14 avgust kunlari Dushanbe shahrida tashkil etiladigan yig'in davomida Tojikiston U-15 terma jamoasi bilan ikkita xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Mazkur o'rtoqlik o'yinlari 11 va 13 avgust kunlari Dushanbedagi “Respublika Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi. Bahslar yurtimiz vaqti bilan soat 19.30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 2

Fikrlar