O'smirlar chempionatida xorazmliklar g'olib
25 okt 2014 11:52
Yangiliklar

O'smirlar chempionatida xorazmliklar g'olib
Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida 2002 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada o'nta jamoa ishtirok etdi.
Birinchilikda Xorazm viloyatining yosh “charm to'p” ustalari O'zbekiston chempioni degan sharafli nomni qo'lga kiritishdi. Toshkent viloyati futbolchilari shohsupaning ikkinchi qatoridan joy olishdi. Faxrli uchinchi o'ringa Namangan va Navoiy viloyatlari jamoalari joylashishdi.
O'z navbatida g'olib va sovrindor jamoalar hamda eng yaxshi futbolchilar tashkilotchilar tomonidan tegishli darajadagi diplom, medal va estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
- Musobaqani har tomonlama yuqori darajada o'tkazishga intildik, - deydi Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshan Atajonov. – O'ylaymanki, buning uddasidan chiqdik. Quvonarlisi shundaki, deyarli barcha jamoalar safida ko'plab iqtidorli bolalar borligiga amin bo'ldik. Ishonchim komilki, ushbu birinchilik ularga katta futbolga yo'l olishida o'ziga xos ko'prik vazifasini o'taydi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.

Fikrlar