Oskar Tabaresda yubiley
17 okt 2019 00:18
Yangiliklar


Oskar Tabaresda yubiley
Bugun Peru va Urugvay termalari ishtirokida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuvning yodda qolarli tomoni shundaki, Urugvay termasi Oskar Tabares qo'l ostidagi 200-bahsni o'tkazishdi. Bu esa dunyo futbolidagi rekord hisoblanadi.
Tabares ayni damda 72 yoshda. 1988 yilda u ilk marta Urugvay termasi boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. O'shanda terma ikki yilda uning qo'l ostida 34 bahs o'tkazgandi. Tabares 2006 yilda ikkinchi bora termani qabul qilib oldi.
Uning termasi 97 o'yinda g'alabaga erishgan. Uning terma bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar