So’nggi yangiliklar

07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  0 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi Dostonbek Hamdamov bugun 23 yoshga to'ldi Yangiliklar

Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi Dostonbek Hamdamov bugun 23 yoshga to'ldi

Tavallud kunini nishonlayotgan futbolchilar, murabbiylar, umuman millionlar o'yiniga bevosita aloqador bo'lgan insonlarni qutlashda davom etamiz.

Bugun barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida o'ynagan, Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'la olgan, "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sohibi, bugungi kunda "Paxtakor" klubi sharafini himoya qilayotgan Dostonbek Hamdamov o'z tavallud kunini nishonlayapti. Istedodli yarim himoyachimiz bugun 23 yoshga to'ldi. Ayni navqiron, 90 daqiqa yugurib charchamaydigan yosh.   

Krishtianu Ronaldu qurshovidagi bolalar orasida Dostonbek Hamdamov ham bor 

 

Dostonbek Hamdamov - 1996 yilning 24 iyul kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida dunyoga kelgan. "Bunyodkor" futbol akademiyasiga kelgunga qadar Yangier futbol maktab-internatida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgangan. 

Darvoqe, Dostonbek Hamdamov ikki karra Osiyo chempioni bo'lgan uch nafar o'zbekistonlik futbolchidan biri ham hisoblarnadi. O'tgan yili Xitoydagi "qorli final" nomi bilan yodda qolgan qita chempionatida chempion bo'lgan tarkibda Akromjon Komilov, Dostonbek Hamdamov va Javohir Sidiqov bor edi. Bu uchchovlon 2012 yil Eronning Taxti shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionatida ham qatnashib, yakunda chempion bo'lishgan edi.  

Bugungi qahramonimiz 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. "Bunyodkor" safida O'zbekiston Superkubogini ham qo'lga kiritgan. "Qaldirg'ochlar" safida 2014-2017 yillar oralig'ida to'p tepgan. Joriy mavsumdan esa "Paxtakor" sharafini himoya qilyapti. 

Dostonbek O'zbekiston o'smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalari tarkibida o'ynagan. Yani, barcha yosh toifalaridagi terma jamoalarda o'ynab, bosqichma-bosqich yuqoriga ko'tarilib borgan. OFK tomonidan har chorakda chop etiladigan "AFC QUARTERLY" jurnalining navbatdagi sonlarining birida Hamdamov bilan intervyu chop etildi. Bu intervyu Dostonbek 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilganidan keyin amalga oshirilgandi.

- O'zbekiston futbolining o'sib kelayotgan yangi avlod vakillaridan biri, OFK tomonidan 2015 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb taqdirlangan Dostonbek Hamdamov o'tgan mavsum o'zini ko'rsatdi. Klub hamda terma jamoasi uchun porlagan nurga aylandi, - deya boshlangan edi o'sha intervyu. 

Hamdamovga ikki savol:

- Qaysi klubga muxlislik qilasiz? Kumiringiz bormi? 

- Aniq bir futbolchi yoki klubga muxlislik qilmayman. CHiroyli o'yin tarafdoriman. CHiroyli futbolga muxlislik qilaman.

- Dostonbek Hamdamov futbolga ilk bor kelganida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan? Nimalarni orzu qilgan? 

- Maqsadim - Evropa grand klublarida o'ynash bo'lgan. Bundan tashqari yoshligimda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni orzu qilganman. 

Eldor SHomurodov, "Rostov" hujumchisi

- Dostonbek bilan "Bunyodkor" klubida o'ynab yurgan kezlarimizdan buyon yaqin do'stmiz. Turli yosh toifasidagi terma jamoalarda birga o'ynadik. Rossiya chempionatida ham ikkimizga to'p tepish nasib etdi. O'ylaymanki, hali biz o'z so'zimizni aytamiz, birgalikda jahon chempionatida ishtirok etamiz. Fursatdan foydalanib, Dostonbekni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklayman. Bu tabrikka tengdoshlarimiz Otabek SHukurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilovlar ham qo'shilishadi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика