

OFK rasmiy sayti xabariga ko'ra, bu yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi nomiga Ahmad Halil (BAA), Umar Abdulrahmon (BAA) va Jeng Ji (Xitoy) kabi futbolchilar da'vogar.
Ahmad Halil 2008 yil qitada eng yaxshi yosh futbolchi sovriniga ega chiqqandi. Jeng Ji esa 2013 yilda qitaning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi. Ma'lumot uchun, o'zbekistonlik Sardor Rashidov 2015 yilgi nomzodlarning kengaytirilgan ro'yxatida bor edi.
Ayollar o'rtasida Aya Miyama (Yaponiya), Eliza Kellond Nayt (Avstraliya) va Rumi Utsugi (Yaponiya) kabi futbolchilar yakuniy ro'yxatdan o'rin olishgan.
2015 yilgi Osiyoning eng yaxshilarini taqdirlash gala-marosimi 29 noyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo'lib o'tadi. Shu kuni bir necha nominaciyalarda yilning eng yaxshilari aniqlanadi.



