So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  15 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  22 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisi "FourFourTwo" talqinida Yangiliklar

Osiyoning eng kuchli 50 futbolchisi "FourFourTwo" talqinida

Jahonga mashhur “FourFourTwo” jurnalining Osiyo futboli bo'limi xodimlari qitamizning eng kuchli 50 futbolchisi ro'yxatini tuzib chiqishdi.
Bunda ular oxirgi Osiyo Kubogi va o'yinchilarning chempionatlardagi ishtirokiga murojaat qilishgan. Uni to'liq to'g'ri deb bo'lmaydi. Masalan, Rossiya chempionatida o'z poziciyalarida eng yaxshilardan sanalgan Vitaliy Denisov va Odil Ahmedov undan o'rin olmagan. Bunga Rossiya premer-ligasidagi bellashuvlarni ko'pchilik muntazam kuzatib bormasligi sabab bo'lgan.

Ro'yxatdan ko'proq Yaponiya, Koreya, Avstraliya va Eron terma jamoasi vakillari o'rin olishganini ko'rishimiz mumkin. O'zbekistonlik futbolchilardan birgina Igor Sergeevning nomi unga kiritilgan. Bunga Sergeevning Osiyo Kubogi va CHempionlar ligasida yaxshi o'yin ko'rsatgani sabab bo'lgan.

To'liq ro'yxat bilan tanishtirib o'tamiz.

50 CHanatip Songkrasin “BEK Tero”, Tailand
Tailand “Messisi” deb tariflanadigan Songkrasin yaqin yillar ichida “Barselona”da o'ynashni orzu qilishi haqida gapirib o'tgan.

49 Aziz Mashaan “Al Qodisiya”, Quvayt
Mashaan CHexiyaning “Pribram” klubi safida chexlar chempionatida eng yaxshi 4 legionerdan biri deb tan olingan.

48 Igor Sergeev “Paxtakor”, O'zbekiston
Igor 19 yoshgacha terma jamoalar Osiyo chempionatida 7 gol urib, to'purar bo'lgan. Osiyo Kubogi va OCHLda raqib darvozalarini ishg'ol qildi.



47 Abdulkarim Hassan “Al Sadd”, Qatar
Ushbu himoyachi yaqindagina OCHL bahsida “Lokomotiv” darvozasini 40 metrdan ishg'ol qilib, ishqibozlarimizga tanildi. Hozircha u yuqori saviyadagi o'yinni Qatar termasida ko'rsatgani yo'q.

46 Ashkan Dejaga “Ad Arabi” Qatar, Eron
Dejaga 2013-14 yilgi mavsumda “Fulxem”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

45 Park Ju Xo “Maync” Germaniya, Koreya
Ju Xo esa Koreya futbolining kelajagidan biri sifatida etirof etilmoqda. Bundesligada o'zidan yomon taassurot qoldirmayapti.

44 SHinji Kagava “Borussiya” D Germaniya, Yaponiya
Germaniya chempioni va Kubogi sohibi ECHL finaligacha etib borgan. Dortmundga qaytgan SHinji yana avvalgi saviyasiga qaytishga urinmoqda.

43 Jeng Ji “Guanchjou Evergrand”, Xitoy
Xitoy chempionatida 8 marta yil ramziy termasidan o'rin olgan. Klubi bilan OCHLni yutgan yilda qitamizning eng yaxshi futbolchisiga aylangan.

42 Ashraf No'mon “Al Faysali” Saudiya Arabistoni, Falastin
No'mon Falastin terma jamoasida 14 to'p kiritib, birinchi raqamli to'purarga aylandi.

41 Acuto Uchida “SHalke” Germaniya, Yaponiya
2013 yil bundesliga ramziy termasidan o'rin egallagan himoyachi bu mavsumda jarohat sababli muhim bahslarni o'tkazib yubordi.

40 Sun Ke “Jiangsu Seynti”, Xitoy
Osiyo Kubogida terma jamoamiz darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qilgan yarim himoyachi “Jiangsu”da uzoq vaqtdan buyon o'ynab kelyapti.

39 Kvak Tae Xvi “Al Hilol” Saudiya Arabistoni, Koreya
Tae Xvi “Lokomotiv”ga qarshi bellashuvlarda himoyada mahoratini namoyish qildi. U OCHL va Osiyo Kubogi ramziy jamoalariga kiritilgan.
38 Yunus Mahmud “Arbil”, Iroq
Terma jamoada 53 gol, 2007 yil Osiyo Kubogida g'oliblik va 2004 yil Afina Olimpiadasida yarim final uni millat qahramoniga aylantirgan.

37 Tomi Jurich “Vestern Sidney”, Avstraliya
Hujumchi “Vestern Sidney”ni OCHLda g'oliblikka boshlagan 3 asosiy futbolchidan biri bo'lgan.

36 Takashi Usami
“Gamba Osaka”, Yaponiya
Evropadagi kichik omadsizlikdan keyin Usami Yaponiya chempionatida yana juda yaxshi o'ynadi va Evropa tomon yana bir marta talpinib ko'rsa kerak.

35 Metyu Spiranovich “Vestern Sidney”, Avstraliya
Ushbu himoyachi klubi va terma jamoa tarkibida oxirgi 2 yilda ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritdi. Unga bir qator jamoalardan qiziqish bor.
34 Sardor Azmun “Rostov” Rossiya, Eron
“Rubin”ga tegishli eronlik hujumchi hozircha asosiy tarkibning muqim futbolchisiga aylana olmayapti. Osiyo Kubogida katta potencialga ega ekanligini ko'rsatdi.

33 Trent Seynsbri “Zvolle” Gollandiya, Avstraliya
Seynsbri “Zvolle”da saviyasini o'stirib bormoqda. Yaqin paytlarda yanada kuchliroq klub safida ko'rinish berishi mumkin.

32 Makoto Xasebe “Ayntraxt” Germaniya, Yaponiya
Xasebe bundesligada barqaror o'yin namoyish etmoqda. Joriy mavsumda 30 uchrashuvda ishtirok etdi.

31 Ante Kovich “Vestern Sidney”, Avstraliya
40 yoshli darvozabon ajoyib seyvlari bilan jamoasini OCHL g'olibiga aylantirgandi. Avstraliya chempionatida ham eng ko'p bor mahoratini ko'rsatdi.

30 Ku Ja CHol “Maync” Germaniya, Koreya
Osiyo Kubogi-2011da o'zini ko'rsatgan CHol hozir “Maync” yarim himoyasining asosiy o'yinchilaridan biriga aylanishni uddaladi.
29 Yuto Nagatomo “Inter” Italiya, Yaponiya
Yaponiyalik himoyachi o'tgan yili 4ta yirik musobaqada qatnashdi va milanliklar safida bazi o'yinlarda sardor sifatida ko'rinish berdi.

28 Yoshito Okubo “Kavasaki”, Yaponiya
2013 va 2014 yil Yaponiya chempionati to'purari 33 yoshni qarshi olgan. SHu sababli faoliyatini vatanida yakunlab qo'ysa kerak.

27 Murtazo Puraliganji “Tianjin Teda”, Xitoy
Puraliganji yaxshi futbolchi. “Naft”dan “Tianjin Teda”ga yo'l oldi.

26 Ahmad Halil “Al Ahli”, BAA
Halil bizni bir necha marta dog'da qoldirgan. U BAA terma jamoasida katta yutuqlarni qo'lga kirityapti.

25 Andranik Teymuriyan “Traktorsozi”, Eron
Angliyaning “Bolton”, “Fulxem” va “Barnsli” klublari sharafini himoya qilgan Teymuriyan ayni paytda avvalgidek yuqori saviyada o'ynamayapti.

24 Durg'am Ismoil “Al SHorta”, Iroq
Ismoil Osiyo Kubogida eng yaxshi himoyachilardan biri deb etirof etildi.

23 Kim Jin Su “Xoffenxaym” Germaniya, Koreya
Jin Su Osiyo Kubogida eng yaxshi qanot himoyachisi bo'ldi deb aytish mumkin. Uning paslari evaziga koreyslar Nesterov darvozasiga to'p kiritishgandi.

22 Metyu Leki “Ingolshtat” Germaniya, Avstraliya
Leki bundesligaga yo'llanma olish arafasida turibdi. Hozircha barqaror o'yin ko'rsatmoqda.

21 Yasuxito Endo “Gamba Osaka”, Yaponiya
Endo shaxsiy va jamoaviy sovrinlarning barchasiga ega chiqib ulgurgan. Terma jamoada 150dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. Qitamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

20 Kim Yong Gvon “Guanchjou Evergrand” Xitoy, Koreya
Gvon Xitoyning etakchi klubi safida ishonchli o'yin namoyish etib kelmoqda.

19 Yoshinori Muto “Tokio”, Yaponiya
Mutoga hozir Evropaning qator klublaridan qiziqish bor. U hujumga o'tish chog'ida bir necha raqibni aldab o'tadi.

18 Jang Linpeng “Guanchjou Evergrand”, Xitoy
“Guanchjou”ning yana bir azosi. Himoyada juda ishonchli o'ynaydi.

17 Maya Yoshida “Sautgempton” Angliya, Yaponiya
Yoshida APLda o'ynagan birinchi yaponiyalik futbolchi. “Sautgempton” bilan joriy mavsumda kutilmagan natijalarni taqdim etdi.

16 Xalfan Ibrohim “Al Sadd”, Qatar
Xalfan “Sadd” tarixidagi eng yaxshi to'purar va Qatar termasidagi etakchi o'yinchilardan biri. Evropada o'ynab ketish salohiyatiga ega edi, biroq bundan foydalanmadi.

15 Yosir Qosim “Suindon Taun” Angliya, Iroq
Qosim Angliya klubida sardorlik qilgan iroqlik birinchi futbolchi. Jamoasi bilan chempionshipga chiqish uchun kurashmoqda.

14 Javad Nekunam “Osasuna” Ispaniya, Eron
Nekunam 4 marta Osiyo Kubogi va 2 bor jahon chempionatida qatnashgan. SHuning o'zi uning qanchalik tajribali ekanligini ko'rsatib turibdi.

13 CHa Du Ri “Seul”, Koreya
Ri Germaniyada 7 jamoa sharafini himoya qilgan. Yoshi o'tib qolgan bo'lsa-da, avvalgidek tezkor. Buni Osiyo Kubogida o'zimiz ham ko'rdik.

12 Mehrdod Po'lodi “Al SHahaniya” Qatar, Eron
Po'lodini ko'pchilik tanimas, lekin u 2014 yilgi mundialda Argentina bilan uchrashuvda Messini zararsizlantirgani bilan barchaning etiborini tortgan.

11 Massimo Luongo “Suindon Taun” Angliya, Avstraliya
Luongoni Osiyo Kubogida barcha yaxshi tanib oldi. U chempionatning eng foydali futbolchisi deb topildi.

10 Ali Mabhut “Al Jazira”, BAA
Mabhut esa Osiyo Kubogida to'purarga aylandi. U hujumda kutilmagan qarorlarga kela olishini ko'rsatib qo'ydi.

9 Keysuke Xonda “Milan” Italiya, Yaponiya
Xonda uchun “Milan”dagi mavsum unchalik muvaffaqiyatli chiqqani yo'q. SHunga qaramay, Osiyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri sanaladi.

8 Mett Rayan “Bryugge” Belgiya, Avstraliya
Rayan darvozani qo'riqlashda qo'pol xatolarga yo'l qo'ymaydi. “Bryugge”da mavsumni ajoyib o'tkazdi.

7 Nosir SHamroni “Al Hilol”, Saudiya Arabistoni
OCHL tarixidagi eng yaxshi to'purar jamoasi bilan ushbu musobaqada g'olib chiqish uchun kurashni davom ettiradi.

6 Mayl Edinak “Kristal Pelas” Angliya, Avstraliya
Edinak o'z poziciyasida APLdagi eng yaxshi ijrochilardan biri darajasiga ko'tarildi. “Pelas”ning etakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi.

5 Umar Abdulrahmon “Al Ayn”, BAA
Abdulrahmonning yillik maoshi 13 million dollarni tashkil qiladi. U “Ayn” va BAA terma jamoasida hujumlarni tashkil qiladigan asosiy futbolchi. Osiyoning kelajakdagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lish imkoniyatiga ega.



4 Tim Keyxill “SHanxay SHenxua” Xitoy, Avstraliya
Keyxill 39 gol bilan Avstraliya to'purariga aylanib ulgurgan. APLda barqaror futbol ko'rsata olgan.

3 Ki Sun Yun “Suonsi” Angliya, Koreya
Joriy mavsum Yun APLda 8 to'p kiritdi. “MYU”ni darvozasini har ikki bahsda ishg'ol qildi. “Suonsi”ning yaxshi ishtirokiga munosib ulush qo'shdi.

2 SHinji Okazaki “Maync” Germaniya, Yaponiya
Okazaki bundesligada 28 gol urgan. U “Maync”ning etakchilaridan biri darajasiga ko'tarildi. Ko'p yillardan beri Germaniyada yaxshi o'ynab kelyapti.



1 Son Xyon Min “Bayer” Germaniya, Koreya
Min shu mavsum 11 gol urdi, Osiyo Kubogida yaxshi o'ynadi. CHempionlar ligasida ham o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Ayni damda u qitamizning eng kuchli futbolchisi. Hali yanada o'sishi mumkin. Kuchli klublardan unga takliflar etarlicha.

Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика