"Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi". G'olib aniqlandi

Alisher
3 yanv 2020, 14:34
Fox Sports Asia nashri avvalroq mukofot uchun 25 kishidan iborat nomzodlar ro'yxatini e'lon qilgan edi.

Ro'yxatda "Rostov" va O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham bor edi. Hamyurtimiz yakunda 13-o'rinni egalladi. Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida o'ynayotgan turkmanistonlik yarim himoyachi Arslanmirat Amanov esa 24-o'ringa loyiq deb topilgan.

"Tottenxem" va Janubiy Koreya terma jamoasi o'yinchisi Son Xyon Min "Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Angliya Premer-ligasida ajoyib o'yinlar ko'rsatayotgan Son 258 ochko to'pladi va jami ovozlarning 31,6 foiziga egalik qildi.

2-o'rinni qatarlik Akram Afif (114 ochko) egallagan bo'lsa, 3-o'rinni "Liverpul"ga o'tganiga ko'p bo'lmagan Takumi Minamino (90 ochko) egallagan.

Eslatib o'tamiz, g'olib jurnalistlarning ovozlari orqali aniqlanadi.


1. Son Xyon Min ("Tottenxem", Angliya) - Janubiy Koreya

2. Akram Afif ("Al Sadd", Qatar) - Qatar

3. Takumi Minamino ("Liverpul", Angliya) - Yaponiya

4. Almoez Ali ("Al Duhail", Qatar) - Qatar

5. Syerdar Azmun ("Zenit", Rossiya) - Eron

6. Bafetimbi Gomis ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni) - Fransiya

7. Vu Ley ("Espanol", Ispaniya) - Xitoy

8. Salim Al Dovsari ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni) - Saudiya Arabistoni

9. Bag'dod Buneja ("Al Sadd", Qatar) - Jazoir

10. Paulino ("Guanjou Evergrand", Xitoy) - Braziliya

11. Li Kan-in ("Valensiya", Ispaniya) - Janubiy Koreya

12. Txiratxon Bunmatxan ("Yokoxama Marinos", Yaponiya) - Tailand

13. Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya) - O'zbekiston

14. Sebastyan Jovinko ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni) - Italiya

15. Omar Al Soma ("Al Ahli", Saudiya Arabistoni) - Suriya

...

24. Arslanmirat Amanov ("Lokomotiv", O'zbekiston) - Turkmaniston


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: foxsportsasia.com