So’nggi yangiliklar

18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи". Таркиблар маълум  4 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  1 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  1 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  1 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  3 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  5 15:00Чипта нархи Женнифер Лопес концертидан каррасига арзонроқ, шиддати эса юқорироқ бўлиши кутилаётган ўйинга превью  7 14:42Шацких бош мураббий сифатида Рўзиқул Бердиев жамоасини ҳеч қачон ютолмаган  4 14:15"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида  9 13:49Суперлига. "Нефтчи" 10 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти   2 13:21Суперлига. "Динамо" Ғузорда аср ғалабасини қўлга киритди, кейинги турда катта имтиҳон  5

Osiyoda "Yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'lishga nomzodlar taqdirlash marosimidan oldin o'z fikrlarini bildirishdi Yangiliklar

Osiyoda "Yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'lishga nomzodlar taqdirlash marosimidan oldin o'z fikrlarini bildirishdi

Bugun OFK 2017 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazadi. Bu yilgi marosim Tailand poytaxti Bangkok shahridagi "Aksra" nomli teatrda bo'lib o'tadi. Ushbu teatr o'z bag'riga 600 tomoshabinni sig'dira oladi.

Malumki, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'lish uchun uch nafar futbolchi kurash olib bormoqda. Bular - Omar Abdulrahmon, Omar Xrbin va Vu Ley. Taqdirlash marosimidan oldin har uchala nomzod o'z fikrlarini bildirib o'tishdi. BAAning "Al Ayn" klubi yarim himoyachisi Omar Abdulrahmon o'tgan yil "Eng yaxshi futbolchi" deb topilgandi. Bu yil esa u ikkinchi bor eng yaxshi bo'lishga harakat qilmoqda.

26 yoshli futbolchi Osiyo chempionlar ligasida o'zini ko'rsata oldi. U musobaqada ettita gol urishdan tashqari to'rt marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Men taqdirlashga yana bir bor kelganimdan xursandman. Umuman olganda, to faoliyatimni tugatguncha har yili nomzodlar qatorida bo'lishni xohlayman", - dedi Omar Abdulrahmon.

Suriyalik Omar Xrbin uchun ham bu yil juda muvaffaqiyatli kechdi. U ham terma jamoa, ham klub miqyosida o'zini ko'rsata oldi. "Suriya jahon chempionati saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazdi. Biz pley-offga qadar etib bordik. SHuningdek, klubim "Al Hilol" bilan OCHL finallarida ishtirok etdim. Buni albatta o'zim uchun katta muvaffaqiyat deya olaman", - deydi Xrbin.

Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi hujumchisi Vu Ley esa kkinchi bor eng yaxshilar qatoridan o'rin oldi. U o'tgan yil ham nomzodlar orasida bor edi. "Men bu yil nufuzli sovrinni yutmoqchiman. CHunki bu mavsum o'zimni ko'rsata oldim. Albatta, qolgan ikki nomzod ham kuchli, lekin sovrin menga nasib etishini xohlayman", - deydi xitoylik futbolchi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика