Osiyo xabari. Mahdi Ali BAAni jahon chempionatiga olib chiqmoqchi
26 mar 2015 15:58
Yangiliklar

Osiyo xabari. Mahdi Ali BAAni jahon chempionatiga olib chiqmoqchi
BAA futbol federaciyasi terma jamoa bosh murabbiyi Mahdi Ali bilan shartnoma uzaytirdi. Yangi shartnoma 2018 yilgacha amalda bo'ladi.
49 yoshli murabbiy oldiga BAA terma jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatiga olib borish vazifasi qo'yildi. Mahdi Ali murabbiylik faoliyati davomida BAAni 2012 yilgi Olimpiada o'yinlariga olib chiqdi. 2013 yil Ko'rfaz kubogida zafar quchdi va bu yilgi Osiyo kubogida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
"Har bir amirlik fuqarosi kabi mening ham ishim Vatanimga xizmat qilishdir, - dedi Mahdi Ali. - Terma jamoa bilan shartnomani uzaytirdim. Endi yangi maqsadlar sari kurashishimiz kerak. SHulardan biri jahon chempionatiga yo'l olish hisoblanadi. Men buning uchun bor mahoratimni ishga solaman".

Fikrlar