Osiyo xabari. "Al Hilol" bosh murabbiyi ishdan bo'shatildi
16 fev 2015 14:32
Yangiliklar
Osiyo xabari. "Al Hilol" bosh murabbiyi ishdan bo'shatildi
Osiyo chempionlar ligasining o'tgan yilgi finalchisi "Al Hilol" klubi bosh murabbiyi Loren Regekamp ishdan bo'shatildi.
Yaxshi bilasiz, "Al Hilol" Saudiya Arabistonining eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi va Sami Al Jaberdan keyin aynan ushbu murabbiy jamoani boshqarib kelayotgandi. Klub rasmiy sayti bosh murabbiy ishdan olinganini tasdiqladi va o'rniga ruminiyalik 39 yoshli mutaxassis CHiprian Panait tayinlanganini yozdi. Ruminiyalik murabbiy bungacha jamoa o'rinbosarlarini shug'ullantirib kelayotgandi.
"Al Hilol" Loren Regekamp qo'l ostida o'tgan mavsum OCHL finaliga qadar etib bordi va ikki uchrashuv natijasiga ko'ra Avstraliyaning "Vestern Sidney" klubiga imkoniyatni boy berdi. Jamoa hozirda 15-tur natijalariga ko'ra, ichki chempionatda uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bosh murabbiyning ishdan bo'shatilishiga sabab "Al Hilol"ning SHahzod kubogi finalida "Al Ahli"dan 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchragani bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" 25 fevral kuni o'z maydonida OCHL 1-tur doirasida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi.

championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar