So’nggi yangiliklar

08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  0 08:40КЖЧ. 39 ёшли Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  2 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  10 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  14 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  12 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  21

Osiyo Kubogida Sizga qiziq bo'ladigan TOP-10 uchrashuvlar reytingi Yangiliklar

Osiyo Kubogida Sizga qiziq bo'ladigan TOP-10 uchrashuvlar reytingi

Yana 6 kundan so'ng har qachongidan ham ko'ra ko'proq kutayotganimiz - Osiyo Kubogi-2019 start oladi.

Har to'rt yillikning eng muhim musobaqasida o'zbekistonlik muxlislar va men uchun qiziq bo'lishi kutilayotgan 10ta uchrashuv reytingini tuzib chiqdim. SHu o'rinda ularga birma bir tarif bersam.


10-o'rin
"SHayx Xalifa" stadioni. Al Ayn. 7 yanvar, 2019 yil.
Xitoy - Qirg'iziston

Bu o'yinda Xitoy yaqqol favorit bo'lgani bilan qo'shnilar o'rtasidagi bahs ancha qiziq bo'lishi aniq. Yani, yon qo'shnilarimiz qo'shnilariga qarshi bahs olib boradilar. Osiyo Kubogi debyutanti Qirg'iziston terma jamoasi birinchi turda o'z muxlislari uchun maydonda nimadir ko'rsatishga harakat qilishi aniq. Qolaversa Aleksandr Krestinin debyut musobaqada o'zini ko'rsatib olish uchun ham qattiq urinib ko'radi.


9-o'rin
"SHayx Zayed" stadioni. Abu Dabi. 5 yanvar, 2019 yil.
BAA - Bahrayn

Bu uchrashuv reytingimizga kirishiga asosiy sabab ochilish o'yini bo'lgani. 5 yanvar kuni biz kutayotgan Osiyo Kubogining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda mezbonlar Bahraynga qarshi maydonga chiqadilar. BAAning so'nggi kunlarda ko'rsatayotgan o'yinidan kelib chiqadigan bo'lsak, Bahrayn bu o'yinda ochko olishini taxmin qilish mumkin.

Har holda ular mezbon


8-o'rin
"SHarja" stadioni. SHarja. 6 yanvar, 2019 yil.
Suriya - Falastin

Guruhning ilk uchrashuvida suriyaliklar Falastin bilan o'ynaydilar. Bu o'yinning men uchun qiziq tomoni, katta ehtimol bilan Suriya 1/8 finaldagi raqibimiz bo'ladi. SHu sababdan ham Suriya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar muxlislarimizda qiziqish uyg'otishi tabiiy.


7-o'rin
"SHarja" stadioni. SHarja. 9 yanvar, 2019 yil.
O'zbekiston - Ummon

SHubhasiz, hammamiz kutayotgan o'yin! Terma jamoamiz Osiyo Kubogining 1-turini qanday boshlashi, keyingi o'yinlarda katta rol o'ynab beradi. Barchamizning etibori shu o'yinga qaratilishi hech kimga sir emas. Ummon terma jamoasi biz uchun noqulay raqib hisoblanadi. Hozircha ularni bir marta mag'lubiyatga uchrata olganmiz. 4ta o'yinda esa imkoniyatni boy berganmiz. O'ylaymizki, Osiyo Kubogida ikkinchi g'alabamizga erishamiz.


6-o'rin
"Al-Nahyan" stadioni. Abu Dabi. 16 yanvar, 2019 yil.
Janubiy Koreya - Xitoy

Katta ehtimol bilan bu uchrashuv guruh g'olibi kim bo'lishiga oydinlik kiritib beradi. 3-tur o'yinidan joy olgan bahsda Janubiy Koreya musobaqadagi birinchi jiddiy raqibiga qarshi maydonga tushadi. Osiyo Kubogi favoriti sanalayotgan koreyslar ishtirokidagi mazkur uchrashuv barchamizda qiziqish uyg'otishi aniq.


5-o'rin
"Al Maktum" stadioni. Al Ayn. 16 yanvar, 2019 yil.
Eron - Iroq

"D" guruhining so'nggi tur uchrashuvi 1/8 finalga kim guruhda birinchi o'rin bilan yo'l olishiga oydinlik kiritib bersa ajab emas. Himoyaviy taktikani ustun ko'radigan Keyrush va hujumkorlikni ilgari suradigan Srechko Katanec o'rtasidagi qarama-qarshilik.


4- o'rin
"Al Maktum" stadioni. Al Ayn. 13 yanvar, 2019 yil.
Turkmaniston - O'zbekiston

15 yillik tanaffusdan so'ng yana Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritgan qo'shnilarimiz bilan ikkinchi turda bahs olib boramiz. Turkmaniston terma jamoasi "sirli tulpor" sifatida guruhimizda gavdalanadi. Jamoaning negizi "Oltin Asr" jamoasidan tashkil topgan va ular bu yil OFK Kubogi finaliga qadar etib keldilar. Tarkibi kuchli bo'lmasa-da, o'yin derbi maqomiga ega.


3-o'rin
"SHayx Xalifa" stadioni. Al Ayn. 15 yanvar, 2019 yil.
Avstraliya - Suriya

Ko'pchilik Avstraliyani favorit deb aytayotgan "B" guruhining so'nggi tur o'yinida sensaciya guvohi bo'lishimiz mumkin. JCH saralash o'yinlarining pley-offida o'zaro bahs olib borgan bu ikki terma jamoa o'rtasidagi ikkinchi o'yinga kelibgina "kengurular" qiyinchilik bilan g'alaba qozona olgan edilar. Bu o'yin nafaqat bizni, balki Osiyo futboliga befarq bo'lmagan barcha muxlisu mutaxassislar etiborida bo'lsa ajab emas.

Somax tomonidan 90+4 - daqiqada amalga oshirilgan jarima zarbasidan keyin to'p "shtanga"ga emas, darvoza ichiga borib tushganida biz JCHda Avstraliyani emas, balki Suriyani ko'rarmidik?

2-o'rin
"SHayx Zayed" stadioni. Abu Dabi. 17 yanvar, 2019 yil.
Saudiya Arabistoni - Qatar

So'nggi paytlarda o'zaro chiqisha olmayotgan yurt vakillari o'rtasidagi bu uchrashuvni o'tkazish uchun OFKdan ham alohida masuliyat talab qilinadi. Eng muhimi, bosh hakam tanlashda adashmaslik va o'yinni ikki jamoa uchun etirozsiz o'tkazishi kerak bo'ladi. Juda ham muhim va qiyin bahsni reytingimizning ikkinchi o'riniga qo'ydik.

Arxiv. 1997 yil. JCH saralash o'yini. Sami Al Jaber to'p bilan, Yossim Yusuf unga qarshilik ko'rsatishga urinayapti.


1-o'rin
"SHayx Xalifa" stadioni. Al Ayn. 17 yanvar, 2019 yil.
Yaponiya - O'zbekiston

Oooo... Bu o'yin biz uchun qanday ahamiyat kasb etishini ortiqcha izohlab o'tirmasak ham barchaga birdek malum. Dastlabki ikkita o'yinni omadli o'tkazib ochkolarni jamg'arib olsak, kim biladi balki aynan shu o'yin bizni guruhda birinchi o'ringa chiqib olishimizga sabab bo'lar. Yaponiya terma jamoasini hech qachon muhim o'yinda mag'lubiyatga uchrata olmaganmiz. Balki shu ananaga chek qo'yadigan payt kelgandir?

Arxiv. 2000 yil. Livandagi Osiyo Kubogi. SHu o'yin alamini oladigan payt allaqachon kelgan.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика