"Osiyo Kubogida favorit ikkita" - Ali Dayi musobaqa oldidan fikr bildirdi
10 dek 2018 15:44
Yangiliklar
"Osiyo Kubogida favorit ikkita" - Ali Dayi musobaqa oldidan fikr bildirdi
Sobiq hujumchi intervyu davomida ikkita favorit jamoaga to'xtaldi, shuningdek Eron terma jamoasining imkoniyatlari haqida fikr yuritdi.
"Barcha qatori men ham Osiyo Kubogini intiqlik bilan kutyapman. Menimcha, bunda favorit ikkita bo'ladi: Yaponiya va Eron. Lekin Yaponiya hozir hammadan kuchli. Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatida juda chiroyli o'yin namoyish etdi. Agar Eron va Yaponiya finalga qadar bir-biri bilan to'qnash kelmasa, o'ylaymanki, aynan shu ikki jamoa finalda o'ynaydi".
"Eron terma jamoasi oxirgi uch yilda ancha kuchaydi. Murabbiy va futbolchilar bir-birlarini juda yaxshi tushunib qolishgan. Menimcha, bu musobaqada bizdan Alirizo Jahonbaxsh porlasa kerak. SHuningdek, Saman Goddosdan ham umid katta. Terma jamoamiz hujumchisi Mehdi Taremi musobaqa to'purari bo'lishi mumkin", - deydi eron futboli afsonalaridan biri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar