So’nggi yangiliklar

15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  0 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  4 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  2 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  6 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  11

Osiyo Kubogi: Ummon terma jamoasi Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Ummon terma jamoasi

Avstraliyadagi musobaqa qatnashchilaridan Ummon terma jamoasi haqida malumotlar bilan tanishib oling.
Ummon milliy terma jamoasi 1978 yildan boshlab rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishni boshlagan. Bungacha jamoa norasmiy bellashuvlarda qatnashgan. Mamlakat futbol associaciyasi 1980 yilga kelib FIFAga azo bo'lgan. Osiyo Kubogi final bosqichida ikki bor ishtirok etgan. Arab mamlakatlari terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan “Ko'rfaz Kubogi”da uch bor finalga chiqishgan, bir marta g'olibga aylanishgan. Boshqa aytarli yutuqlarga erishilmagan.

Futbolga etibor to'g'risida yozsak, mahalliy klublar unchalik kuchli emas. Yaxshi saviyadagi o'yinchilar asosan BAA, Qatar, Quvayt yoki Saudiya Arabistoni chempionatlarida faoliyat ko'rsatib qaytishadi. Terma jamoa ham asosan o'rtamiyonalar qatorida zikr etiladi. Oxirgi yillarda bu jamoada o'sish ko'zga tashlanmoqda, lekin bu ularning Ko'rfaz mintaqasida eng kuchli jamoaga aylanishlarini ham taminlay olayotgani yo'q.



Ummon terma jamoasi
Laqabi:
“qizil jangchilar”
Bosh murabbiyi: Pol Lu Guen (Franciya)
Sardori: Ali Al Habsi
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Favzi Bashir (124)
To'purari: Hani Dabit (42)
FIFA reytingidagi o'rni: 93
Birinchi o'yini: Sudan – 0:15 (Qohira, Misr, 1965 yil 2sentyabr)
Rasmiy eng yirik g'alabasi: Laos – 12:0 (Muskat, Ummon, 2001 yil 30 aprel)
Eng yirik mag'lubiyati: Liviya – 0:21 (Bag'dod, Iroq, 1966 yil 1 aprel)
Erishgan yutug'i: “Ko'rfaz Kubogi” chempioni-2009.
Osiyo Kubogida 2 marta ishtirok etib, guruhdan chiqa olmagan.

Bosh murabbiy Le Guen 2011 yilning 27 iyun kunidan beri Ummonni boshqarib kelyapti. Futbolchilik faoliyatida “Brest”, “Nant” va PSJda o'ynagan Guen milliy terma jamaosi azosi sanalgan. Murabbiylik paytida “Renn”, “Lion”, “Glazgo Reynjers” va PSJni boshqargan. Lionliklar bilan uch bor Franciya chempioniga aylangan. O'sha paytlarda ancha kuchsiz bo'lgan PSJ bilan Franciya Liga Kubogini yutishga erishgan. Kamerun termasidagi ishidan keyin unga UFA taklif bilan chiqdi. Uning faoliyati hozircha ummonliklarga maqul kelmoqda. Jahon chempionati saralash bosqichida o'rtacha ishtirok etgan jamoa Osiyo Kubogiga yo'llanma sohibiga aylandi.



Pol LE GUEN
Tug'ilgan sanasi:
01.03.1964
Tug'ilgan joyi: Penkran, Franciya
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
O'ynagan klublari: 1983–1989 “Brest” 154 (6), 1989–1991 “Nant” 76 (1), 1991–1998 PSJ 248 (16).
Franciya milliy terma jamoasida 1993–1995 yillarda 17 o'yinda 1 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 1998–2001 “Renn”, 2002–2005 “Lion”, 2006–2007 “Glazgo Reynjers”, 2007–2009 PSJ, 2009–2010 Kamerun terma jamoasi, 2011 yildan Ummon terma jamoasida.

Terma jamoada uch nafar futbolchi boshqalardan ko'ra ko'proq muxlislarga ega. Bular – Al Al Habsi, Amad Al Hosni va Ahmad Muborak. Habsi yoshligida Maskat aeroportida o't o'chiruvchi bo'lib ishlaganini ko'pchilik bilmasa kerak. Keyinchalik Ali futbol bilan professional tarzda shug'ullanish zarurligini tushunib etgan. U Ummon saltanati nomini jahonga tanitishda katta o'rin tutdi. APL muxlislari bugungi kunda uning xizmatlari tufayli Ummon haqida etarlicha bilib olishgan. 33 yoshli darvozabon Ummon futbolining faxri hisoblanadi.”Al Nasr”dan Norvegiyaning “Lin Oslo” klubiga ko'chib o'tgan Habsi “Bolton” safiga borib qo'shilgan. 2010 yildan uni “Uigan” ijaraga oladi. Aynan ushbu klub tarkibida darvozabonning mahorati ko'zga tashlandi.



Hozirgacha Ali milliy termada 92 uchrashuvda maydonga tushib ulgurgan. 2013 yil Angliya Kubogida “Uigan” bilan zafar quchgan. Norvegiyada 2004 yilning eng yaxshi darvozaboni, “Uigan”da 2011 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2009 yil Ummon termasi Habsining mahorati evaziga saltanatda bo'lib o'tgan “Ko'rfaz Kubogi”da chempionlikka erishgan. Finalda Saudiya Arabistoni penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratilgandi.
Amad Hosni esa hujumchi va u hozir 30 yoshda. “Qatar SK”, “Al Rayyan”, “SHarlerua”, “Al Ahli”, “Al Nasr” kabi jamoalar safida Qatar chempionligi va kubogi, Saudiya Arabistoni chempionati va kubogi musobaqalarida bosh sovrin sohibi bo'lgan. Milliy terma jamoaning asosiy to'purarlaridan biri sanaladi. Uning gollari ko'plab uchrashuvlarda muhim g'alabalarni olib kelgan.

Ahmad Muborak yarim himoyada harakat qiladi. U ham terma jamoa va mamlakat futbolida eng katta tasir kuchiga ega bo'lgan futbolchilardan biri. Faoliyatini Arab ko'rfazi klublarida to'p tepish bilan o'tkazib kelmoqda.

Darvozabon

Ali Al Habsi

100

0

Brayton, Angliya

Mazin Al Kasbi

13

0

Fanja

Muhannad Zaabi

2

0

Xabura

Himoyachilar

Muhammad Musalami

35

2

Fanja

Jaber Ovaisi

27

2

Al SHabab

Nosir SHimli

7

0

Al Oruba

Saad Muxaini

65

0

Al Oruba

Abdulsalam Muxaini

38

1

Al Oruba

Salim Salim Nahar

17

0

Dofar

Ali Al Busaidi

11

0

Al Nahda

Hassan Mudhafar

113

6

Al Oruba

Ahmad Muxaini

0

0

Al Oruba

Yarim himoyachilar

Ali Al Jabri

33

0

Fanja

Rayoz Ibrohim Solih

42

2

Fanja

Eyd Al Farsi

47

4

Al Oruba

Ahmad Muborak

108

12

Al Oruba

Muhammad Siyabi

17

2

Al SHabab

Muhsin Holdi

1

0

Saham

Hujumchilar

Abdulaziz Muqbali

38

12

Fanja

Qosim Said

58

8

Al Nasr

Amad Al Hosni

115

36

Saham

Said Ruzaiqi

4

3

Al Nahda

Yoqub Abdulkarim

33

3

Saham


Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика