Osiyo kubogi U-23. Eng qimmat futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa
16 apr 08:34
Yangiliklar
Osiyo kubogi U-23. Eng qimmat futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa
Ramziy terma jamoadan Yaponiya terma jamoasining besh nafar futbolchisi joy oldi. SHuningdek, O'zbekistondan 3 nafar, Koreya Respublikasidan 2 nafar va BAAdan bir nafar futbolchi joy oldi.
Ushbu ro'yxat Abduqodir Husanovning Osiyo kubogida ishtirok etishi orqali o'zgarishi mumkin bo'ladi.
Osiyo kubogi U-23 ishtirok etuvchi futbolchilardan tuzilgan eng qimmat ramziy tema jamoa bilan tanishing:
Darvozabon: Leo Kokubo (Yaponiya, 750 ming evro)
Himoyachilar: Riku Xanda (Yaponiya, 700 ming evro), Abdulla Abbas al Balushi (BAA, 800 ming evro), Ryuya Nisio (Yaponiya, 600 ming evro), IbrohimHalil Yo'ldoshev (O'zbekiston, 800 ming evro)
Yarim himoyachilar: Pe Djun Xo (Koreya Respublikasi, 1,5 million evro), Sota Kavasaki (Yaponiya, 1 million evro), Abbosbek Fayzullaev (O'zbekiston, 5 million evro)
Hujumchilar: Hojimat Erkinov (O'zbekiston, 800 ming evro), Mao Xosoya (Yaponiya, 1,6 million evro), Yan Xyon Djun (Koreya Respublikasi, 2 million evro)
Fikrlar