Osiyo kubogi U-17. O'smirlarimiz bugun Vetnamga qarshi o'ynashadi
23 iyu 2023 09:22
Yangiliklar
Osiyo kubogi U-17. O'smirlarimiz bugun Vetnamga qarshi o'ynashadi
Bugun, 23 iyun kuni Tailandda davom etayotgan U-17 Osiyo kubogining uchinchi turida terma jamoamiz Vetnamga qarshi bahs olib boradi
Uchrashuv soat 17:00 da (Toshkent v.b.) Bangkok shahrining “Tammasat” stadionida start oladi.
Eslatib o'tamiz, o'smirlarmiz ilk turda Yaponiya termasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o'ynashgandi. Ikkinchi turda esa Hindiston 1:0 hisobida mag'lub etilgan.
Fikrlar