So’nggi yangiliklar

12:26Паоло Мальдинининг ўғли Италия термаси сафида дебют қилиши мумкин  0 11:55Винисиус, Леау ёки Хвича: дунёнинг энг яхши чап қанот вингери эълон қилинди  1 11:22Роналду Осиё Чемпионлар Лигасидаги голини отасининг хотирасига бағишлади  0 10:47"Барселона" жароҳат сабаб бир йилга сафдан чиққан футболчи билан янги шартнома тузди. Товон пули эса даҳшат  0 10:06Владимир Бубанья: “Финални кўтаринки кайфият билан кутяпман”  1 09:19Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  3 08:45Sofascore. Кечаги учрашув учун "Пахтакор" футболчилари неча баҳо олишди?  2 08:17"1:6"! Ҳисоб ўйинга мос бўлмаган Аргентина - Қозоғистон учрашувидан ГАЛEРEЯ  4 07:40"Реал Мадрид"нинг яна бир етакчиси жароҳат олди  2 07:10Элит Чемпионлар лигаси. 36 ёшли Драган Черан "Пахтакор"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  7 02:24Германиялик болалар футболи бўйича мутахассис “Шўртан” футбол клубига келди  1 01:31Қозоғистон устози: "Футзалда ҳаёт шундай – бугун сен зўрсан, уч кундан кейин эса йўқ"  0 01:21ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Ал Аҳли" меҳмонда ғалаба қозонди, Машарипов жамоаси мағлуб бўлди, "Ал Насср" Роналдунинг голи эвазига зафар қучди (+жадвал)  1 00:37Винисиус Кокега: "Менда иккита ЧЛ соврини бор, сенда ҳеч нарса"  14 23:57Ғалабани "ўзгача" нишонлаган ва жазоланган Мартинес: "Бу ҳақоратли ҳаракат деб ўйламагандим"  8

Osiyo Kubogi-2019. Turkmanistonga javobsiz 4ta gol urgan O'zbekiston keyingi bosqichga chiqdi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Turkmanistonga javobsiz 4ta gol urgan O'zbekiston keyingi bosqichga chiqdi

Osiyo Kubogining "F" guruhi 2-tur doirasidagi Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvi tafsilotlari bilan to'liq formatda tanishib boring.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


 90+3. Uchrashuv tugadi, O'zbekiston muddatdan avval keyingi bosqchiga chiqdi! Barchani g'alaba bilan tabriklaymiz!

90+2. Stadionda muxlislarimiz "despasito" qo'shig'ini chalishmoqda. Bu mister Kuper uchun mahsus ))

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

O'yindagi barcha gollarni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin VIDEONI KO'RISH

88. Bahs yakunlanib bormoqda. Raqiblarimiz ham taqdirga tan berib bo'lishgan.

81. Uchrashuv mana shunday yirik hisobda yakunlansa so'nggi turda O'zbekiston Yaponiya bilan durang o'ynasa ham guruhda 1-o'rinni oladi.

77. O'zgarish. O'zbekiston. Odil Ahmedov o'rniga Fozil Musaev tushdi

75. Bugungi o'yinni ko'rish uchun 4354 tomoshabin keldi

71. O'yin tempi tushib ketdi. Kim yutishi aniq, shunchaki yakuniy natija qanday bo'lishini kutayapmiz xolos. 

70. Sariq kartochka. O'zbekiston. Anzur Ismoilov

68. O'zgarish. O'zbekiston. Javohir Sidiqov o'rniga Ikrom Aliboev tushdi

63. O'zgarish. Turkmaniston. Arslonmurod Omonov o'rniga Mixail Titov tushdi



57. UXXXXXXXXXX! Otabek SHukurovning chap oyoqda yo'llagan zarba darvoza ustuni bilan "ko'rishib" qaytdi

55. ZARBAAAAAAAAAA! SHomurodov hozir xet-trikka erishishi mumkin edi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Ahmedov kuchsiz tarzda tepdi. 

O'yindagi barcha gollarni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin VIDEONI KO'RISH

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. O'zbekiston. Akmal SHorahmedov o'rniga Davron Hoshimov tushdi

46. O'zgarish. Turkmaniston.


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha barchasi ajoyib

44. O'zgarish. Turkmaniston. Ahmed Ataev o'rniga Murod Annaev tushdi

42. Masharipovning pasidan so'ng SHomurodov raqib himoyachilaridan qochib ketib birga bir vaziyatda darvozani ishg'ol qildi - 0:4.

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOR SHOMURODOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOV!  VIDEONI KO'RISH


40. Masharipovning o'zi hujumni boshladi, Zoteev uzatgan to'pni himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to'pni Jaloliddin kuchli zarba bilan darvozaga yo'lladi.

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JALOLIDDIN MASHARIPOOOOOOOOOOOOOOOOOOV! 0:3    VIDEONI KO'RISH

39.O'zbekiston terma jamoasini qo'llash uchun kelgan muxlisalar 



35. Turkmaniston hozir jarima to'piga ega bo'ldi, bizga yaxshi tanish bo'lgan Arslonmurod Omonovning zarbasini Nesterov qaytardi. 

32. Bundan tashqari Toshkentning "Lokomotiv" klubi futbolchilari ham shu erda


30. Bugungi bahsni stadiondan "Spartak" bosh murabbiyi Oleg Kononov kuzatib bormoqda. 


24. Otabek SHukurov maydon markazida to'pni egallab hujumga oshirdi, bugun markaziy hujumda o'ynayotgan SHomurodov osongina raqibdan qochib ketib darvozani ishg'ol qildi - 0:2. 

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOOOOOOL! ELDOR SHOMURODOOOOOOOOOOOOV! 0:2  VIDEONI KO'RISH



17. Ahmedov-Hamdamov-SHomurodov kombinaciyasidan so'ng Eldor to'pni darvoza yonida turgan Sidiqovga uzatdi, Javohir esa bo'sh darvozaga to'pni to'g'rilab qo'ydi - 0:1. 

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JAVOHIR SIDIQOOOOOOOOOOOOOOOOOOV!   VIDEONI KO'RISH



9. ZARBA! Vakillarimiz chiroyli hujum qilishdi va burchak to'piga ega bo'lishdi. Oshirib berilgan to'pni Anzur Ismoilov boshi bilan davozaga yo'lladi, kuchsiz chiqqan zarbani darvozabon ushlab oldi.

5. ZARBAAAAAAAAAA! Uchrashuvdagi birinchi chinakamiga xavfli vaziyat. CHap qanotdan Zoteev havolatib to'pni oshirdi, Hamdamovning boshi bilan bergan zarbasi avval erga, so'ngra darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Yaxshi hujum yigitlar, shunday davom etamiz!


3. Endi bizda jarima to'pi bo'ldi. Masharipov uzatib bergan to'pni Mammet Orazmuhammedov qaytarib yubordi.

1.UXXXXX! Ilk soniyalardan Zoteev qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va jarima maydonimizga kirib borayotgan raqibni yiqitishga majbur bo'ldi. Jarima to'pidan raqiblarimiz foydalan olishmadi. To'p juda noaniq tarzda uzatildi.

1.O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

Uchrashuvni oq libosdagi O'zbekiston terma jamoasi boshlaydi. Birinchi taymda o'ng tomonda o'ynaymiz.

Endi O'zbekiston davlat madhiyasi, barcha birgalikda!

Dastlab Turkmaniston davlat madhiyasi

Diqqat qiling Turkmaniston va O'zbekiston terma jamoalari maydonga tushib kelishmoqda 

Abdurahmon Fozilovning original libosi


- Jamoalar o'yinoldi mashg'ulotni yakunlab kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi. Dastlab Turkmaniston, undan so'ng O'zbekiston terma jamoasi mashg'ulotni yakunladi.


- Nodirbek To'ychiev va o'sha mashhur do'ppi

- Jamoalar tarkibiga nazar  tashlaydigan bo'lsak, qo'shnilar tarkibi o'tgan bahsda asosiyda tushgan futbolchilardan iborat. Hech qanday o'zgartirish kiritilmagan. Jamoa 5 himoyachi, 4 yarim himoyachi va bir hujumchi bilan o'ynaydi.

Ektor Kuper esa o'tgan bahsga nisbatan uchta o'zgarishga qo'l urgan. Biri majburiy, yani chetlatilgan Krimec o'rniga Islom To'xtaxo'jaev tushirilgan. SHuningdek, Rashidov va Bikmaevning sust o'yin o'tkazgani sabab zaxirada qoldirildi. Ularning o'rni Hamdamov va SHomurodov bilan to'ldirildi.


- Jamoalar stadionga etib kelishdi. 


Stadiondagi muxlis va muxlisalarimiz


- Ektor Kuper birinchi o'yin bilan taqqoslaganda uchta o'zgarishni amalga oshirdi. Qizil olgan Krimec o'rnini To'xtaxo'jaev egalladi. Rashidov va Bikmaev o'rnini esa Hamdamov va SHomurodov egalladi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Dubaydagi "Rashid" stadionidan yozamiz. Bugun bu erda O'zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.



Turkmenistan

Asian Cup Grp. F . 2-tur

13/01/2019, 20:00

4
:
0
Tugadi

Uzbekistan

Javokhir Sidikov - 17', Eldor Shomurodov - 24', Jaloliddin Masharipov - 40', Eldor Shomurodov - 42'

Stadion: Rashid Stadium, 4354 tomoshabin

Bosh hakam: Ammar Al-Jeneibi

45'
90'
44'  Ahmet Atayev (Myrat Annayev)
46'  Vakhyt Orazsahedov (Altymurad Annadurdiyev)
65'  Arslanmyrat Amanov (Mihail Titov)
17'  Javokhir Sidikov
17'  Dostonbek Khamdamov
24'  Eldor Shomurodov
24'  Otabek Shukurov
40'  Jaloliddin Masharipov
42'  Eldor Shomurodov
42'  Jaloliddin Masharipov
46'  Akmal Shorakhmedov (Davron Khashimov)
68'  Javokhir Sidikov (Ikrom Alibaev)
71'  Anzur Ismailov
76'  Odil Akhmedov (Fozil Musayev)


Osiyo Kubogi-2019.
"F" guruhi, 2-tur.
TURKMANISTON - O'ZBEKISTON 0:4
13 yanvar 2019. Dubay. "Rashid" stadioni. (21:00 Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ammar Al Junaybi (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahri (ikkisi BAA)
Darvoza ortidagi hakamlar: Muhammad Abdulla Muhammad(BAA) va Turki Al Xudoyor (Saudiya Arabistoni)
Zaxira hakami: Muhammad Ala Bakri (Saudiya Arabistoni)

Gollar: Javohir Sidiqov 17, Eldor SHomurodov 24, Jaloliddin Masharipov 40, Eldor SHomurodov 42
Turkmaniston (5-4-1): 1.Mammet Orazmuhammedov - 12.Serdar Annaorazov, 4.Mekan Saparov, 2.Zafar Babajanov, 5.Vezirgeldi Ilyasov, 6.Gurbangeldi Batirov - 8.Ruslan Mingazov, 21.Rasul Xo'jaev, 19.Ahmet Ataev (20.Murat Annaev, 44), 7.Arslonmurot Amanov - 9.Vohit Orazsahedov (17.Altimurot Annadurdiev, 46).

Zaxira: 16.Batir Babaev, 22.Nikita Gorbunov, 3.Guymurot Annagulliev, 10.Suleyman Muhadov, 11.Murat Yaxshiev, 13.Merdan Gurbanov, 14.Ilya Tamurkin, 15.Mixail Titov, 18.Serdar Geldiev, 23.Davron Orazaliev.

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov (6.Davron Hoshimov, 46), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 9.Odil Ahmedov (18.Fozil Musaev, 77), 19.Otabek SHukurov - 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Javohir Sidiqov, 11.Jaloliddin Masharipov - 14.Eldor SHomurodov.

Zaxira:  21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 4.Farrux Sayfiev, 7.Sardor Rashidov, 8.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 23.Odil Hamrobekov, 16.Aziz Turg'unboev.


Ogohlantirishlar:  Anzur Ismoilov 71.


Malumot o'rnida:

- BAAda o'tayotgan Osiyo Kubogi vakillarimiz uchun 7-ishtirok. Terma jamoamiz 1996 yilgi qita chempionatidan boshlab ketma-ket etti bor Osiyo Kubogida uzluksiz ishtirok etib kelishmoqda.

Eng yomon natija: OK-1996 va OK-2000 guruh bosqichi

Eng yaxshi natija: OK-2011 yarim final

O'zbekiston terma jamoasi hozirgacha musobaqa tarixida jami 25 uchrashuvda maydonga tushgan - 12 g'alaba, 3 durang va 10 mag'lubiyat (to'plar nisbati - 37:45)

O'zbekiston va Turkmaniston terma jamoalarining o'zaro o'yinlaridagi ustunlik yaqqol biz tomonda - 7 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 durang.

Turkmaniston Osiyo Kubogida jami 4ta o'yin o'tkazgan va umuman g'alaba qozona olmagan: 1ta durang va 3ta mag'lubiyat. Etiborlisi uchala mag'lubiyat ham bir to'p farqi bilan bo'lgan.

Turkmanistonning Osiyo Kubogidagi 4ta o'yinida 15ta gol urilgan (6ta gol urgan va 9ta gol o'tkazgan). Bitta bahsga o'rtacha 3,8tadan gol to'g'ri keladi.

O'zbekiston terma jamoasi uchinchi bor guruh bosqichini ikkita g'alaba bilan boshlashi mumkin. Hamyurtlarimiz 2004 va 2011 yilda dastlabki ikki uchrashuvda g'alaba qozongan.

O'zbekiston Turkmaniston bilan Osiyo Kubogi doirasida faqat bir marta to'qnash kelgan. 2004 yilgi musobaqada vakillarimiz 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi dastlabki gol mualliflariga aylangan futbolchilar: (1996-Igor SHkvirin), (2000-Mirjalol Qosimov), (2004-Mirjalol Qosimov), (2007-avtogol), (2011-Odil Ahmedov), (2015-Igor Sergeev), (2019-Odil Ahmedov).

Fakt:
Ignatiy Nesterov Osiyo Kubogidagi debyut uchrashuvini 2004 yil aynan Turkmaniston bilan bahsda nishonlagan.

Reyting: +263   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика