Osiyo Kubogi. Sun Ke ko'proq gol urishni xohlayapti
22 jan 2015 06:54
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Sun Ke ko'proq gol urishni xohlayapti
Bugun Osiyo chempionatining chorak final bahslari start oladi.
"B" guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan Xitoy terma jamoasi musobaqa mezboni Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Xitoy safida hozircha uchta gol urgan Sun Kening bu o'yindan umidi katta.
"Osiyo Kubogida gol urish juda maroqli. Lekin eng muhimi, terma jamoamizning yaxshi o'yin ko'rsatayotgani. Agar shunday o'ynashda davom etsak, ushbu musobaqada yanada yaxshi natijaga erishishimiz mumkin".
"Avstraliya haqida nima deyishim mumkin? Ular jismoniy tomondan kuchli. O'ylashimcha, juda qiyin o'yin bo'ladi. Raqib safida hech kimni ajratib ko'rsata olmayman. Avstraliya butun jamoa bo'lib yaxshi o'yin ko'rsatyapti. O'zimga kelsak, men bo'lajak bahsga tayyorman".

Fikrlar