So’nggi yangiliklar

09:35Суперкомпьютер 2025 йилги клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди  0 09:04“Тоттенхем“ янги бош мураббийи билан маош ва шартнома шартлари борасида келишиб олди — Романо  1 08:32“Барселона“ футболчиси “Атлетико“ билан шартнома имзолади  0 08:00CAFA U-20 Championship 2025. Терма жамоамизнинг гуруҳдаги рақиблари маълум  3 07:26ЖЧ-2026 саралаш. Мундиал йўлланмасини ҳал қилган терма жамоамиз бугун Қатарни меҳмон қилади  8 01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  1 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  5 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  8 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  37 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1

Osiyo Kubogi: SHomurodovning benifisiga aylanayotgan musobaqadagi ketma-ket ikkinchi g'alaba (o'yin sharhi) Yangiliklar

Osiyo Kubogi: SHomurodovning benifisiga aylanayotgan musobaqadagi ketma-ket ikkinchi g'alaba (o'yin sharhi)

Osiyo Kubogining "F" guruhi doirasidagi 2-turning Turkmaniston - O'zbekiston uchrashuvi sharhini taqdim etamiz.

Musobaqani har ikkala jamoa turli natijalar bilan boshlashdi. O'zbekiston Ummon ustidan qiyin g'alaba qozongan bo'lsa, Turkmaniston Yaponiyaga qarshi munosib o'ynadi, lekin samuraylar raqibni 3:2 hisobida taslim etishdi.

Bu uchrashuvdagi g'alaba O'zbekistonga muddatidan avval nimchorak final chiptasini taqdim etsa, Turkmaniston esa oxirgi tur oldidan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini yaxshilab olish uchun harakat qilishdi.

Ektor Kuper o'tgan uchrashuvga qaraganda asosiy tarkibda uchta o'zgarishni amalga oshirdi. Birinchisida chetlatilgan Egor Krimec o'rniga Islom To'xtaxo'jaev varianti tanlandi. Ikkinchi o'zgarishda esa qanot vingerini almashtirish  to'g'ri keldi. O'tgan bahsda kutilgan o'yinni ko'rsatmagan Rashidov Hamdamovga almashtirildi. Uchinchi o'zgarish o'tgan bellashuvda kutilganidek o'yini chiqmagan Marat Bikmaev o'rniga Eldor SHomurodovni tushirish bilan tugadi. Kuper odatdagidek 4-2-3-1 sxemani tanladi. Bu taktik joylashuvda jamoa vaziyatga qarab 4-3-3ga ham o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Turkmaniston ustozi esa Yaponiyaga qarshi o'yinda chiqqan tarkibga hech qanday o'zgartirish kiritmadi. Jamoa Yaponiya bilan bo'lgani kabi uchrashuvni 5 himoyachi, 4 yarim himoyachi va 1 hujumchi bilan boshladi.

O'yin kutilmaganda Turkmaniston terma jamoasining tezkor hujumga o'tishi bilan boshlandi. Oleg Zoteev markazda to'pni qabul qilishda xato o'ynadi va natijada to'pni raqibga oldirdi. Turkmaniston esa startni hujum bilan boshlab, o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga yorib kirishga urindi. Ruslan Mingazov tomonidan uyushtirilgan reyd jarima maydonchasi oldida fol bilan to'xtatildi. Turkmaniston belgilangan jarima zarbasidan unumli foydalan olmadi. Ahmed Ataev o'ylagan kombinacion hiylani vakillarimiz o'z paytida payqashdi va Arslonmurot Amanovga zarba berishga imkon qoldirishmadi.

O'zbekiston terma jamoasining ilk hujumi anchagina xavfli tus oldi. Zoteev-Masharipov-Hamdamov uchligi tashkil etgan hujumni Doston bosh bilan bergan zarbasi orqali muvaffaqiyatli yakunlashi mumkin edi. Biroq bu vaziyatda to'p avval erga tegib darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

Keyingi vaziyat uchrashuvning 9-daqiqasida sodir etildi. Burchak zarbasidan kelgan oshirmadan so'ng Anzur Ismoilov o'z uslubida foydalanishga urinib ko'rdi. Lekin yo'llangan zarba mo'ljalga aniq bormadi.

Oradan 8 daqiqa o'tgach esa katta sahnaga SHarjada "sehrli tayoqcha"mizga aylangan Eldor SHomurodov chiqdi. Aynan u tomonidan raqibga uyushtirilgan bosim natijasida to'pni raqibdan olib qo'ydik. SHomurodov-Sidiqov-Ahmedov-Hamdamov-SHomurodov to'rtligi davom ettirgan hujumga "nuqta" qo'yish Sidiqovga nasib etdi - 0:1.

O'tkazib yuborilgan goldan ranjigan Turkmaniston terma jamoasi uchrashuvning 19-daqiqasida javob golini urish uchun oldinga o'tdi. Arslonmurot Amanov markazdan jarima maydonchasi atrofiga yaqinlashdi va darvozani "o'qqa" tutdi. Ammo yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

Bahsning 24-daqiqasida yana katta sahnaga Eldor SHomurodov chiqdi. Hamdamov-SHukurov-SHomurodov kombinaciyasini Eldor sovuqqonlik bilan yakunladi - 0:2. Bu gol ham pressing natijasida raqibdan to'pni olib qo'yilganidan so'ng kiritdi. Bunda esa Dostonbek Hamdamov jonbozlik ko'rsatdi.

O'yin nazorati va to'liq ustunlik vakillarimiz tomonida bo'lgan taymda yana ko'plab vaziyatlar yaratildi. Otabek SHukurov, Javohir Sidiqov tomonidan berilgan zarbalar mo'ljalga aniq bormadi. Aks holda hisob allaqachon yana O'zbekiston foydasiga yiriklashishi mumkin edi.

Bu orada esa Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi birinchi bo'limning o'zidayoq o'zgartirishga qo'l urdi. Zaxiradan ikkinchi hujumchi Murot Annaev ikkinchi golda ko'pol xatoga yo'l qo'ygan Ahmet Ataev o'rniga tushirildi. SHundan so'ng himoya markazida o'ynagan "Ahal" azosi Vezirgeldi Ilyasov tayanch zonasida Ataev o'rnini egalladi. Bu taktik o'zgarishdan so'ng 5 himoyachi bilan o'ynayotgan raqibimiz 4-4-2 sxemasiga ko'chdi.

Ammo bu o'zgarish raqiblarga hech qanday naf keltirgani yo'q. Aksincha tanaffusga qadar vakillarimiz tablodagi hisobni baribir yiriklashtirishdi. O'ng qanotdan chapga ko'chgan hujumni Masharipov ajoyib harakati orqali to'pni o'ziga bo'ysundirib markaz orqali hujumga keskinlik taqdim etdi. Jarima maydonchasiga oshirilgan to'p raqibdan qaytayotganda hujumga bezag bergan Masharipov birinchi bo'lib voqea joyiga etib keldi va aniq zarbasi orqali tablodagi hisobni yiriklashtirdi - 0:3.

Ammo bu hisob tanaffusga qadar yana o'zgardi. Jaloliddin Masharipov sherigi Eldor SHomurodovni oldinga chorladi. O'z navbatida SHomurodov bir himoyachidan ustalik bilan o'tib ketib, darvozabonni ham zararsizlantirib, ochiq qolgan darvozaga to'pni yo'lladi - 0:4.

Tanaffusga qadar terma jamoamiz barcha masalani uzil-kesil hal etib qo'ydi.


Ikkinchi bo'limda o'yin tizgini bizning qo'limizda bo'ldi. Ammo terma jamoamiz hisobdan kelib chiqqan holda nisbatan ancha xotirjam o'ynadi. Kuper ikkinchi bo'lim boshida SHorahmedovni Hoshimovga almashtirdi, bo'lim o'rtasiga kelib Ikrom Aliboevni nihoyat markazga Sidiqov o'rniga tushirdi. Uchrashuv yakunlanishiga yaqin esa Ahmedov o'rniga Fozil Musaev maydonga tushirildi. Turkmaniston ham ikkinchi bo'limda hech bo'lmasa prestij golini urish uchun ancha ter to'kdi. Lekin vaziyatni golga qadar olib borishda ularga himoya chizig'imiz yo'l bermadi.

Turkmenistan

Asian Cup Grp. F . 2-tur

13/01/2019, 21:00

4
:
0
Tugadi

Uzbekistan

Javokhir Sidikov - 17', Eldor Shomurodov - 24', Jaloliddin Masharipov - 40', Eldor Shomurodov - 42'

Stadion: Rashid Stadium, 4354 tomoshabin

Bosh hakam: Ammar Al-Jeneibi

45'
90'
44'  Ahmet Atayev (Myrat Annayev)
46'  Vakhyt Orazsahedov (Altymurad Annadurdiyev)
65'  Arslanmyrat Amanov (Mihail Titov)
17'  Javokhir Sidikov
17'  Dostonbek Khamdamov
24'  Eldor Shomurodov
24'  Otabek Shukurov
40'  Jaloliddin Masharipov
42'  Eldor Shomurodov
42'  Jaloliddin Masharipov
46'  Akmal Shorakhmedov (Davron Khashimov)
68'  Javokhir Sidikov (Ikrom Alibaev)
71'  Anzur Ismailov
76'  Odil Akhmedov (Fozil Musayev)

SHu tariqa terma jamoamiz ketma-ket ikkinchi uchrashuvda muhim g'alabani rasmiylashtirdi va nimchorak final masalasini hal etdi. Endi kelasi turda guruh peshqadamligi uchun kurashda Yaponiya bilan to'qnash kelamiz.

Ajoyib o'yin, ishonchli va yirik g'alaba uchun O'zbekiston terma jamoasiga rahmat aytamiz! Omad O'zbekiston!


SHahboz Beg'amov

Dubay shahri, "Rashid" stadioni. 13 yanvar


Reyting: +111   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика