So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  4 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Osiyo Kubogi. Qatarlik jurnalist: "Xitoy oddiy raqib emas" Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Qatarlik jurnalist: "Xitoy oddiy raqib emas"

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogining 2-turida Xitoyga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytda stadiondamiz va bu erda ish qaynamoqda. Jurnalistlar kelishi aslo to'xtayotgani yo'q, albatta, ularning aksariyati xitoyliklar. Tashqarida yomg'ir yaxshigina yog'yapti. Bugun ham o'yin payti yomg'ir yog'adiganga o'xshaydi.

Media-markazda ishlab o'tirsam, oldimga qatarlik jurnalist keldi va o'zini tanishtirdi. "Bein Sports" (avvalgi nomi "Al Jazira")da ishlaydigan telemuxbir Ali Riyah ekan. U o'yin boshlanishiga bir soat qolganida to'g'ridan-to'g'ri efirga chiqishini va shuning uchun O'zbekiston haqida biroz malumot kerakligini aytdi.

"Osiyo Kubogini yoritish uchun bu erga kelganmiz, - deydi hamkasbimiz. - CHempionat o'yinlari beshta shaharda bo'lib o'tayotgan bo'lsa, har bir shaharda kompaniyamizning bittadan muxbiri va operatori ishlayapti. Men Brisbenda faoliyat olib boryapman. Nasib qilsa, finalni ko'rib uyga qaytmoqchiman".

"Bu erda bo'lib o'tgan Xitoy va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi bahsni ko'rdim. Aytishim mumkinki, Xitoy oddiy jamoa emas. Ularda 10-raqam juda yaxshi futbolchi. Ammo jamoaning hujumni yakunlashda muammosi bor ekan. Saudiya Arabistoni esa unchalik kuchli ko'rinmadi. Lekin bugungi bahsda O'zbekiston g'alaba qozonsa kerak. Hol holda jamoangizni Xitoydan kuchli deb bilaman".

X.Xoliqov
Brisben, Avstraliya.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика