So’nggi yangiliklar

17:48Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Насаф" 3, "Сўғдиёна" ва "Металлург" 2 нафардан йўқотишга эга  0 17:39Суперлига. "Қизилқум" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  0 17:19Афсус(лар) билан бошланаётган ЖЧ  1 16:48Жозе Моуринью: "Терма жамоа билан ишлаш менга бахт келтирмайди"  1 16:20"Милан" собиқ футболчиси жамоанинг мавсумдаги дастлабки ўйинлари ҳақида тўхталди  0 15:54"Насаф" президенти ва бош мураббийи жамоа мухлислари билан учрашди  5 15:22"Челси" украиналик дарвозабонга кўз тикди  3 14:51Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентина ва Уругвай билан ўйнайди!  3 14:20Рибери мураббийлик лицензиясига эга бўлди  3 13:53Артета: "Арсенал"да эканлигимдан фахрланаман"  1 13:24Жибриль Сиссе панжара ортида ўтириши мумкин  4 12:55"Манчестер Сити" январь ойидаги трансфер мақсадини белгилаб олди  4 12:30Украина футзал терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:532016 йилги жаҳон чемпиони Аргентина терма жамоасининг "Ҳумо Арена"даги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:25"Насаф" легионери 3 та ўйинга дисквалификация қилинди, Иван Бошкович ва Рўзиқул Бердиевга интизомий чора кўрилди  37

Osiyo Kubogi: Qatar terma jamoasi Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Qatar terma jamoasi

Avstraliyadagi musobaqa qatnashchilaridan Qatar terma jamoasi haqida malumotlarni etiboringizga havola etamiz.
Qatar terma jamoasi Osiyoning kuchli terma jamoalardan keyingi qatorda ko'riluvchi jamoalardan biri hisoblanadi. Qita chempionatida eng yaxshi natijasi chorak final sanaladi. Lekin so'nggi yillarda bu mamlakatda futbolga bo'lgan etibor o'sib boryapti. Qatar Yulduzlar ligasining qitamizdagi nufuzi oxirgi paytlarda ortib bormoqda. Klublar safida saviyali legionerlar to'p tepishayotgani ligaga bo'lgan qiziqishni oshiryapti. Asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, klublar saviyasi o'sayotgani sezilib turibdi. Tashkilotchilikni alo darajaga olib chiqqan mamlakat 2022 yilgi jahon chempionatini qabul qilish uchun tayyorlanmoqda. Qatar infratuzilma bo'yicha Osiyodagi eng yaxshi mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Qatar terma jamoasi
Laqabi:
Annabi (Marun)
Bosh murabbiyi: Jamol Belmadi (Jazoir)
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchisi: Vesam Rizq (111)
To'purari: Mansur Mufta (53)
FIFA reytingidagi o'rni: 95
Birinchi uchrashuvi: Bahrayn - 1:2 (1970 yil 27 mart, Bahrayn)
Eng yirik g'alabasi: Afg'oniston - 8:0 (1984 yil 13 sentyabr, Xitoy), Livan - 8:0 (1985 yil 27 mart, Qatar)
Eng yirik mag'lubiyati: Quvayt - 0:9 (1973 yil, Quvayt)

Osiyo Kubogida 9 marta ishtirok etib, 2000 va 2011 yillarda chorak finalga chiqqan. Ko'rfaz Kubogida 3 marta g'alaba qozongan – 1992, 2004 va 2014 yilda. G'arbiy Osiyo chempionatida 2014 yil zafar quchgan.

Terma jamoani shu yildan jazoirlik Jamol Belmadi boshqarib kelmoqda. Futbolchilik paytida Franciya, Ispaniya va Angliya yuqori ligalarida o'ynagan Belmadi murabbiylik faoliyatini Qatarda o'tkazib kelyapti. U “Lahviya”ni 2 marta chempionga aylantirdi. Keyin ikkinchi terma jamoa bilan G'arbiy Osiyo FF Kubogida zafar quchdi. SHu sababli unga milliy terma jamoa ishonib topshirildi. Milliy terma bilan Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Ko'rfaz Kubogida g'alaba qozonishni uddaladi. Qisqa vaqt ichida 2 sovrin yutishga ulgurgan Belmadidan Osiyo Kubogida ko'p narsa kutishmoqda. CHunki uning boshchiligida jamoa bu yil 13 uchrashuvda birgina Peruga imkoniyatni boy berdi. Makedoniya va Marokash bilan durang o'ynagan “Annabi” Avstraliya va Saudiya Arabistonini mag'lubiyatga uchratdi. Osiyo Kubogi boshlangunga qadar Qatar Estoniya, Ummon va Yangi Zelandiya bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Jamol BELMADI
Tug'ilgan sanasi:
27.03.1976
Tug'ilgan joyi: SHampin Marn, Franciya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1995–1996 PSJ 1 (0), 1996–1997 “Martiges” 31 (8), 1997–1998 “Marsel”, 1998–1999 “Kann” 26 (6), 1999–2000 “Selta” 10(0), 2000–2003“Marsel” 48 (9), 2003 “Manchester Siti” 8(0), 2003–2004“Al Ittihod”, 2004–2005 “Al Xaritiyat”, 2005–2007 “Sautgempton” 36 (3), 2007–2009 “Valensenn” 37 (2).
Jazoir terma jamoasida 2000–2004 yillarda 20 o'yinda 5 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 2010–2012 “Lahviya”, 2013–2014 Qatar olimpiya termasi, 2014 yildan Qatar milliy terma jamoasida.
Sovrinlari: Qatar chempioni 2010–11, 2011–12, G'arbiy Osiyo FF chempioni 2014, Ko'rfaz Kubogi g'olibi-2014.

Tarkibdagi barcha futbolchilar Qatar chempionatida faoliyat ko'rsatishadi. “Al Sadd” 7, “Al Jaish” 5 va “Lahviya” 5 o'yinchisini Osiyo Kubogi uchun terma jamoa safiga qo'yib yuborgan. Texnik mahoratga ega futbolchilar ko'pchilikni tashkil qilsa-da, o'yin intizomi yo'qligi sababli Qatarni dog'da qoldirish ancha oson tuyulardi. Jamol Belmadi aynan shu xususiyatni jamoaga berishga intilmoqda. Hozircha urinishlari yomon emas.

Terma jamoa etakchilari sifatida darvozabon Qosim Burxon, himoyachilar Bilol Muhammad, Holid Mufta, Ibrohim Majid va Abdulkarim Hassan, yarim himoyachilar Xalfan Ibrohim va Bualim Huhini ko'rsatish mumkin. Avvallari Xalfan va Kuintana yaqqol etakchi sanalardi, lekin oxirgi uchrashuvlarda Huhi mahoratini namoyish etib, jamoani o'z ortidan ergashtirishi mumkinligini ko'rsatib berdi. Himoya chizig'ida anchadan buyon birga o'ynab kelayotgan futbolchilarning borligi va yarim himoyaning yaxshi saviyali ijrochilardan tashkil topgani Qatarning Osiyo Kubogidagi asosiy kuchi bo'lishi mumkin.

Darvozabonlar
Qosim Burxon  "Al Garafa"
Saad SHib "Al Sadd"
Ahmad Sufian "Al Jaish"

Himoyachilar
Bilol Muhammad "Al Garafa"
Muhammad Musa "Lahviya"
Holid Mufta "Lahviya"
Ibrohim Majid "Al Sadd"
Abdulkarim Hassan "Al Sadd"
Almahdi Muxtor "Al Sadd"
Abdurahmon Abubakar "Al Jaish"

Yarim himoyachilar
Xalfan Ibrohim "Al Sadd"
Bualim Huhi "Al Arabi"
Abdulaziz Hatim "Al Arabi"
Ismoil Muhammad "Lahviya"
Karim Budiaf "Lahviya"
Ali Assadalla "Al Sadd"
Ahmad Abdulmaqsud "Umm Salal"
Holid Abdulrauf "Al Jaish"
Muhammad Muntari "Al Jaish"

Hujumchilar
Meshal Abdulloh "Al Ahli"
Hassan Haydos "Al Sadd"
Majid Muhammad "Al Jaish"
Muhammad Abdulloh "Lahviya"


Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика