So’nggi yangiliklar

08:22Ўткир Юсупов "Фулад"даги дастлабки икки ўйинида Эронда ҳеч ким қила олмаган ишни бажарди  0 07:50Суперлига. Бугун охирги учрашувларида ғалабасиз кетаётган жамоалар ўзаро баҳс олиб боради  1 07:21ЎзФҲМ томонидан ушбу вазиятда «Динамо» посбонига нима сабабдан қизил карточка кўрсатилгани тушунтириб берилди  0 07:10Лига 1. ПСЖ - "Монпелье", ПСЖ рақиб ҳимоясини тешиб ташлади  0 02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  2 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  2 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  1 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  4 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  2 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  4 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3

Osiyo Kubogi prevyusi. Final. Yaponiya - Qatar Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. Final. Yaponiya - Qatar

Bugun Osiyo Kubogida musobaqaning hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan 19:00da BAA poytaxti Abu Dabi shahridagi "Zayed Sports Siti" stadionida Yaponiya va Qatar milliy terma jamoalari chempionlik uchun o'zaro bahs olib borishadi. 

Aytish mumkinki, har ikki jamoa musobaqa davomida bir tekis o'yin ko'rsatib finalga qadar etib keldi. Bugungi o'yin oldidan yaqqol favorit kim ekanini aytish mumshkul. CHunki Yaponiya ham, Qatar ham chempionlarga xos futbol namoyish etib oxirgi raundga qadar etib kelishdi.



Yaponiya
Bu terma jamoa Osiyo Kubogida eng ko'p 4 marta g'olib chiqqan jamoa hisoblanadi. Yaponiya 1992, 2000, 2004 va 2011 yillar o'tkazilgan musobaqada chempionlikni qo'lga kiritgan. 2004 yilgi turnirda Yaponiya o'z darvozasidan faqat bitta gol o'tkazib yuborgandi, o'shanda Xitoy 3:1 hisobida mag'lub etilgan. 2011 yil Qatarda o'tkazilgan musobaqada esa Tadanari Li tomonidan qo'shimcha taymlarda kiritilgan birgina gol Yaponiyaga Avstraliya ustidan g'alaba keltirgan. 

Bu yilgi qita birinchiligida oltitadan o'yin o'tkazgan har ikki jamoa hammasida g'alabaga erishdi. SHu o'rinda Yaponiyaning natijalarini yana bir bor eslab o'tsak.

Guruh bosqichi. 1-tur. Yaponiya - Turkmaniston 3:2
Yaponiya musobaqani ishonchli boshladi deb bo'lmaydi. "Samuraylar" eng kuchsiz jamoalardan biri Turkmanistondan 2ta gol o'tkazib yuborishdi. SHunga qaramay Yaponiya g'alaba qozonishni uddaladi. Birinchi o'yinda Yuya Osakoning ikkita goli hamda Ritcu Doanning bitta aniq zarbasi uch ochko keltirdi. 

Guruh bosqichi. 2-tur. Ummon - Yaponiya 0:1
Yaponiya ikkinchi uchrashuvda ham mashaqqat bilan zafar quchdi. Penaltini to'g'ri amalga oshirgan Genki Xaraguchi o'z jamoasiga navbatdagi uch ochkoni yozib qo'ydi. 

Guruh bosqichi. 3-tur. Yaponiya - O'zbekiston 2:1
Guruhdagi oxirgi o'yinini vakillarimizga qarshi o'tkazgan Yaponiya garchi tarkibda 10ta o'zgarishni amalga oshirgan bo'lsa-da, baribir g'alaba qozonishni uddaladi. Bu safar Yoshinori Muto bilan Tsukasa SHiotani g'alabaga hissa qo'shishdi. 

1/8 final. Yaponiya - Saudiya Arabistoni 1:0
Guruhda birinchi o'rinni egallagan Yaponiya 1/8 finalni SHarjada o'tkazdi va Saudiya Arabistonini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi. To'g'ri, bunda 1:0 hisobi qayd etildi, biroq Takexiro Tomiyasu gol urib olganidan keyin yaponlar o'yin oxirigacha vaziyatni o'z qo'llarida ushlab turishdi. 

1/4 final. Vetnam - Yaponiya 0:1
Bu uchrashuv ham o'ziga yarasha qiziq kechdi. Avvaliga hakam VAR tufayli Yaponiyaning golini hisobga olmadi. Undan keyin yana VAR ko'magi natijasida Vetnam darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima to'pini aniq amalga oshirgan Ritsu Doan jamoasini yarim finalga olib chiqdi. 

1/2 final. Eron - Yaponiya 0:3
Yaponiya yarim finalga go'yoki omad tufayli etib kelgandek edi. SHunda ko'pchilik bu jamoa Eronga yutqazadi deya taxmin qila boshladi. Ammo Yaponiya bu o'yinda ham o'zini ko'rsatib ortiqcha gap-so'zlarga hojat qoldirmasdan Eronni 3:0 hisobida mag'lub etdi. 


Qatar
Qatar namoyish etayotgan futbol va ko'rsatayotgan natijalariga gap bo'lishi mumkin emas. Bu jamoa ham bugungi raqibi kabi ortda qolgan 6ta bellashuvning hammasida zafar quchdi. Nafaqat g'alabaga erishdi, balki birorta ham gol o'tkazgani yo'q. Ayni paytda Qatarning to'plar nisbati 16-0 bo'lib turibdi. 

Guruh bosqichi 1-tur. Qatar - Livan 2:0
Qatar dastlabki turdanoq g'alaba qozonishni boshladi. Avvaliga Livan 2:0 hisobida mag'lub etildi. Bu o'yinda Almuaz Ali bilan Bassam Al Ravi tomonidan kiritilgan gollar Feliks Sanches shogirdlariga ilk uch ochkoni taqdim etdi. 

Guruh bosqichi. 2-tur. KXDR - Qatar 0:6
Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgarliksiz kelgan KXDRni Qatar ayab o'tirmadi va 6:0 hisobida mag'lub etdi. Bu uchrashuvda 22 yoshli Almuaz Ali 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yana ikkita gol Bualem Kxukxi bilan Abdulkarim Hassan hisobiga yozildi. 

Guruh bosqichi. 3-tur. Saudiya Arabistoni - Qatar 0:2
Guruhda birinchi o'rin kimga nasib etishini belgilab bergan bahsda yana Qatarning qo'li baland keldi. Saudiya darvozasiga 2ta gol urgan Almuaz Ali jamoasiga yana uch ochkoni taqdim etdi. 

1/8 final. Qatar - Iroq 1:0
Qatardan guruhdan chiqqach Iroq bilan o'ynadi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bassam Al Ravi tomonidan kiritilgan birgina gol qatarliklarga chorak final eshigini ochdi. 

1/4 final. Janubiy Koreya - Qatar 0:1
CHorak finalda Qatar kuchli jamoalardan biri Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi. Bunda kim g'olib bo'lishini aytish qiyin edi, ammo Qatar qiyin vazifani uddalay oldi va Abdulaziz Hatim tomonidan urilgan gol tufayli yarim finalga yo'l oldi. 

1/2 final. Qatar - BAA 4:0
Qizig'i shundaki, xuddi Yaponiyaga o'xshab yarim finalga qadar avvalgi ikkita bosqichni bir xil 1:0 hisobi bilan yakunlagan Qatar yarim finalda yirik hisobda zafar quchdi. Bu safar musobaqa mezbonlari qaqshatqich zarbaga duch kelishdi. Almuaz Ali, Bualem Kxukxi, Hasan Al Haydos, Hamid Ismoili tomonidan kiritilgan gollar Qatarning 4:0 hisobida g'alaba qozonishini taminladi. 


Feliks Sanches shogirdlari
Bemalol hozirgi Qatar terma jamoasini Feliks Sanches shogirdlari deya olamiz. Negaki bugungi kunda porlayotgan Almuaz Ali, Akram Afif, Tariq Salmon kabi futbolchilar 2014 yil Myanmada o'tkazilgan U-19 Osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritishgandi.

Hozir hamma Almuaz Ali haqida gapirmoqda. CHunki bu hujumchi musobaqa davomida 8ta gol urib mashhur Ali Dayining 1996 yilda o'rnatgan rekordini takrorladi. Ammo Yaponiya bu hujumchidan ko'p ham cho'chimayapti, chunki ularning fikricha, Yuya Osakoning Almuaz Alidan hech bir kam joyi yo'q.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика