So’nggi yangiliklar

22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  1 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  6 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  2 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  5 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  18 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  1 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  10 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/8 final. Iordaniya - Vetnam Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/8 final. Iordaniya - Vetnam

Ertaga Osiyo Kubogida 1/8 final o'yinlariga start beriladi.

Dubaydagi "Al Maktum" stadionida Iordaniya va Vetnam o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Har ikki jamoa Osiyo Kubogi-2019 saralash bahslarida o'zaro to'qnash kelgandi. O'shanda tomonlar 1:1 va 0:0 hisoblarini qayd etishgan. Lekin unda Iordaniya terma jamoasining bosh murabbiyi Vital Borkelmans emasdi. Belgiyalik murabbiy jamoani keyinroq Jamol Ahmad Abu Abeddan qabul qilib oldi.

Guruh bosqichidagi ishtirok: Iordaniya 

Guruh o'yinlarini "B" guruhida o'tkazgan Iordaniya qura tashlash jarayonida 4-savatchadan joy olgandi. SHunga qaramay, bu jamoa qahramonlik ko'rsatgan holda 7 ochko to'plab birinchi o'rin bilan chiqishni uddaladi. Iordaniya terma jamoasi ilk turda amaldagi Osiyo Kubogi sohibi Avstraliyani mag'lub etib o'ziga xos sensaciya yuzaga keltirdi. 

Keyinchalik bu jamoa Suriyani ham mag'lub etdi va oxirgi turda Falastin bilan durang o'ynadi. Iordaniyaliklar guruh bosqichida uchta to'p kiritib o'z darvozalaridan birorta ham gol o'tkazib yuborishmadi. Bunda esa darvozabon Amir SHafining xizmatlari juda yuqori. 

Iordaniya safida gol urgan futbolchilar: Anas Bani Yasin, Tariq Xattab, Musa Suleymon.


Guruh bosqichidagi ishtirok: Vetnam 

Vetnam "D" guruhida Eron, Iroq va Yamanga qarshi bahs olib bordi. Jamoa atigi 3 ochko to'plagan bo'lsa-da, eng yaxshi natija qayd etgan to'rt jamoadan biri sifatida keyingi bosqichga yo'l oldi. 

Vetnamliklar avvaliga ikkita o'yinni boy berishdi. Jamoa Iroqqa 2:3 hisobida, undan keyin Eronga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ammo oxirgi turda Yaman ustidan 2:0 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi. Jamoaning to'plar nisbati 4-5 ko'rinish oldi. 

Vetnam safida gol urgan futbolchilar: Nguen Song Pxong, Nguen Kuang Xay, Kue Ngok Xay, Ali Fayez (Iroq, avtogol).


O'yindan oldingi fikrlar 

Vital Borkelmans (Iordaniya bosh murabbiyi): "Biz Vetnamning ko'p o'yinlarini ko'rib chiqdik. Ularning kuchli tomonlarini ham, kuchsiz tomonlarini ham bilamiz. Men shogirdlarimga bu haqda aytdim. Biz raqibni yaxshi o'rgandik va o'yinchilar navbatdagi to'qnashuvga tayyor. Men futbolchilarga qarata shunday dedim: Yigitlar, nimagaki erishmoqchi bo'lsangiz bugun erishing, ertaga kech bo'lishi mumkin". 

Park Xang Seo (Vetnam bsh murabbiyi): "Biz bu musobaqada Eron, Iroq kabi kuchli jamoalar bilan o'ynab ko'rdik. Mana endi Iordaniyaga qarshi bahs olib boramiz. O'yin biz uchun oson kechmaydi, buni juda yaxshi tushunib turibmiz. Ammo uchrashuvga yuz foiz tayyormiz. Agar ertaga birinchi bo'lib to'p kiritsak, g'alabaga ishonsak bo'ladi".

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика