Osiyo Kubogi. Pol Le Guen Avstraliyaga yuqori baho berdi
14 jan 2015 07:35
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Pol Le Guen Avstraliyaga yuqori baho berdi
Ummon terma jamoasi ketma-ket ikkinchi o'yinini ham boy berdi.
Ummonliklar kecha Avstraliya bilan kechgan bahsda yirik 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Bu jamoa birinchi o'yinda Janubiy Koreyaga yutqazgandi (0:1), mana endi Avstraliyadan ham mag'lub bo'ldi. Natijada jamoa 0 ochko bilan oxirgi o'rinda bormoqda.
Terma jamoa ustozi Pol Le Guen kechagi raqib Avstraliyaga juda yuqori baho berdi: "Avstraliya haqli g'alabaga erishdi. Ular uzoqqacha bora olishadi. Ular bizdan har tomonlama ustun keldilar. Avstraliyaning kuchsiz tomonini topish nihoyatda qiyin, ular standart vaziyatlarda ham, havodagi kurashlarda ham, erdagi o'yinda ham zo'r".
"Albatta, bizda ham imkoniyat bo'ldi, lekin ko'p emas. To'rtta to'p o'tkazib yuborganimizdan fojea yasash kerak emas, chunki Avstraliya chindan ham kuchli jamoa. Biz esa hech narsa qila olmadik. Raqib o'yinchilarida kuch, fizika, texnika, xullas hammasi bor. Avstraliya charchab qoladigan jamoaga sira o'xshamayapti".
"Men futbolni juda yaxshi tushunaman. O'rnimga istalgan murabbiyni qo'ying, Avstraliya va Janubiy Koreyaga qarshi bahslardan oldin nimanidir o'zgartirishga harakat qiladi, biroq bu oson ish emas. CHunki biz boshqa bosqichdamiz, ular esa boshqa bosqichda. Buni to'g'ri tushunish kerak" - deydi franciyalik murabbiy.

Fikrlar