So’nggi yangiliklar

07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  0 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  2 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  36

Osiyo Kubogi pley-off juftliklari rasman malum bo'ldi Yangiliklar

Osiyo Kubogi pley-off juftliklari rasman malum bo'ldi

Osiyo Kubogining guruh bosqichi hal qiluvchi pallaga kirdi.

Kecha uchinchi turdan o'rin olgan dastlabki o'yinlar o'tkazildi. Unga ko'ra, musobaqaga mezbonlik qilayotgan BAA terma jamoasi guruhda peshqadamligini rasmiylashtirishga ko'mak bergan durangga Tailandga qarshi bahsda imzo chekdi. Narigi to'qnashuvda esa Bahrayn Hindistonni ranjitdi va Osiyo Kubogidagi ilk g'alabasini nishonladi. Natijada "A" guruhida BAA (5) peshqadam, Tailand (4) ikkinchi o'rin sohibi sifatida nimchorak final yo'llanmasiga egalik qildi. Bahrayn ham o'z aktividagi ochkolar sonini 4taga etkazib, eng yaxshi to'rtta uchinchi o'rin egalariga beriladigan yo'llanmadan biri allaqachon rasmiylashtirib bo'ldi. CHunki qolgan besh guruhning to'rttasida uchinchi o'rin sohiblari hisobida oxirgi turdan avval 0 ochkodan mavjud.

Sahifa guruhlardagi vaziyatlar o'zgarishiga qarab yangilanadi

Bugun esa "B" guruhida barcha narsa malum bo'ldi. Gollarga boy o'tgan bahsda Avstraliya Suriyani katta qiyinchilik bilan bo'lsada mag'lub etdi va ikkinchi o'rinni mustahkamladi. Guruh peshqadamligini allaqachon hal etgan Iordaniya uchinchi turga qadar guruh autsayderi bo'lgan Falastin bilan nursiz durangga rozi bo'ldi. Natijada Suriya guruhda oxirgi, Falastin esa 2 ochko bilan uchinchi o'rinda qoldi. Eng qizig'i, guruhda 2 ochko to'plagan Falastinda nazariy jihatdan 3-o'ringa beriladigan to'rtta yo'llanmadan birini qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.

Bugun "C" guruhida oxirgi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Guruh etakchilari o'rtasidagi bahsda peshqadam nomi malum bo'ldi. Janubiy Koreya Xitoyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va "kvartet"ni yakka hokim sifatida tugatdi. Xitoy esa ikkinchi o'rin bilan nimchorak finalda Tailandga ro'baru keldi. Janubiy Koreyaning raqibi esa "A,B,F" guruhlaridan chiqadigan uchinchi o'rin sohibi bo'lishi mumkin. Guruhdagi oxirgi bahsda Qirg'iziston terma jamoasi Filippin ustidan ishonchli g'alabani tantana qildi va nimchorak finalga chiqish imkoniyatlarini keskin oshirdi. Uchinchi o'rin bilan chiqadigan to'rtta yo'llamadan biri aynan Qirg'izistonga nasib etishi mumkin. Hozircha ushbu limitdan Bahrayn foydalanib bo'ldi. Qirg'iziston esa "B" guruhida uchinchi bo'lgan Falastindan ko'ra yaxshi natija qayd etdi. 

"D" guruhida ham uchinchi tur o'yinlari yakunlandi. Unda guruh etakchilari - Eron va Iroq o'rtasidagi bahsda g'olib nomi aniqlanmadi. Gollar nisbatiga ko'ra Eron guruhni peshqadam sifatida tugatdi. Iroq esa ikkinchi o'rin sohibiga aylandi. Vetnam jamoasi Yaman ustidan 2:0 hisobidagi g'alabani rasmiylashtirdi. Bu esa Qirg'izistonga qo'l keldi. Aynan Vetnamning Yaman ustidan 3 to'p farqi bilan g'alaba qozona olmagani tufayli Qirg'iziston uchinchi o'rin bilan yo'llanmaga ega bo'ladigan 4ta limitdan ikkinchisini o'z foydasiga hal etdi. Vetnamda ham nimchorak finalga yo'l olish imkoniyati saqlanib turibdi. Bu ko'p jihatdan "E" va "F" guruhidagi autsayderlarning o'zaro uchrashuviga bog'liq.

"E" guruhida Qatar Saudiya Arabistonidan ustunlikka erishdi va ishonchli g'alabani rasmiylashtirgan holda guruhda peshqadamga aylandi. Saudiya Arabistoni esa ikkinchi o'rin sohibiga aylandi. Livan KXDRni mag'lub etdi, lekin to'plar nisbati tufayli uchinchi o'ringa beriladigan oxirgi yo'llanmani Vetnamga yutqazib qo'ydi.

"F" guruhida ham guruh bosqichi yakunlandi. Etakchilarning o'zaro bahsida Yaponiya O'zbekiston terma jamoasi ustidan g'alabaga erishdi va guruhni yuz foizlik natija bilan tugatdi. O'zbekiston esa mazkur "kvartet"ning ikkinchi jamoasiga aylandi. Ummon esa Turkmanistonni mag'lub etib uchinchi o'rin bilan beriladigan uchinchi yo'llanmaga ega chiqdi.

Natijada nimchorak finalga yo'l olgan uchinchi o'rin sohiblari "A", "C", "D" va "F" guruhlari 3-o'rinni egallagan jamoalar - Bahrayn, Qirg'iziston, Ummon va Vetnam bo'ldi.

"B" guruhida 2 ochko bilan uchinchi bo'lgan Falastin va "E" "kvarteti"da uchinchi bo'lgan Livan sariq kartochkalar evazigagina guruhda qolib ketdi. CHunki o'z guruhida uchinchi bo'lgan Vetnam va Livan jamoalarining to'plar nisbati bir xil ko'rsatkichga ega bo'ldi. Faqatgina feyr-pley tufayli Livan o'z yurishini guruh bosqichida tugatishga majbur bo'ldi.


Sahifa guruhlardagi vaziyatlar o'zgarishiga qarab yangilanadi







Pley-off setkasi quyidagicha ko'rinish olgan:

Nimchorak final juftliklari:

37-o'yin: Iordaniya - Vetnam (20 yanvar, "Al Maktum" stadioni) 16:00 

38-o'yin: Tailand - Xitoy (20 yanvar, "Hazza Bin Zayed" stadioni) 19:00

39-o'yin: Eron - Ummon (20 yanvar, "Muhammad Bin Zayed", stadioni) 22:00

40-o'yin: Yaponiya - Saudiya Arabistoni (21 yanvar, "SHarja" stadioni) 16:00

41-o'yin: Avstraliya - O'zbekiston (21 yanvar, "Halifa Bin Zayed" stadioni) 19:00

42-o'yin: BAA - Qirg'iziston (21 yanvar, "Zayed Sport" stadioni) 22:00

43-o'yin: Janubiy Koreya - Bahrayn (22 yanvar, "Rashid" stadioni) 18:00

44-o'yin: Qatar - Iroq (22 yanvar, "Al Nahyon" stadioni) 21:00


CHorak final:

45-o'yin: 37-o'yin juftligi g'olibi - 40-o'yin juftligi g'olibi
46-o'yin: 38-o'yin juftligi g'olibi - 39-o'yin juftligi g'olibi
47-o'yin: 43-o'yin juftligi g'olibi - 44-o'yin juftligi g'olibi
48-o'yin: 42-o'yin juftligi g'olibi - 41-o'yin juftligi g'olibi


Yarim final:

49-o'yin: 46-o'yin juftligi g'olibi - 45-o'yin juftligi g'olibi
50-o'yin: 47-o'yin juftligi g'olibi - 48-o'yin juftligi g'olibi


Final:

51-o'yin: 49-o'yin juftligi g'olibi - 50-o'yin juftligi g'olibi

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика