So’nggi yangiliklar

08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  0 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  1 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  0 07:24Ўртоқлик учрашуви.»Реал» «Челси»дан устун келди, «Милан» ва «Барселона» ўзаро дуранг ўйнашди  1 01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  0 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  3 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  2 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  16

Osiyo Kubogi. O'zbekiston - chorak finalda! Yangiliklar

Osiyo Kubogi. O'zbekiston - chorak finalda!

Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

Osiyo Kubogi. "B" guruhi
3-tur. 18 yanvar
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:1
Bosh hakam
: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Mettyu Krim, Pol Getrangolo (ikkalasi - Avstraliya)
Zaxira hakami: Ammar Ali Al Junaybi (BAA)
Nazoratchi: Xani Tolib Ballan (Qatar)

GOLLAR: Sardor Rashidov 2, - 1:0. Al Sahlvai 59 penalti, - 1:1. Vohid SHodiev 71, - 2:1. Sardor Rashidov 78, - 3:1.

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 14.SHuxrat Muhammadiev, 19.Vitaliy Denisov, 7.Aziz Haydarov, 9.Odil Ahmedov, 4.Sardor Rashidov, 15.Jasur Hasanov, 10.Jamshid Iskanderov (16.Vohid SHodiev, 65), 6.Bahodir Nasimov.

Zaxiradagilar: 1.Eldorbek Suyunov, 21.Akbar To'raev, 2.Egor Krimec, 23.Akmal SHorahmedov, 22.Farruh Sayfiev, 18.Timur Kapadze, 13.Lutfulla To'raev, 8.Server Jeparov, 17.Sanjar Tursunov, 11.Igor Sergeev.

Saudiya Arabistoni: 1.Volid Abdulloh, 3.Osama Havsavi, 4.Abdulla Al Dossari (8.Yahyo Al SHehri, 84), 5.Omar Havsavi, 7.Salman Al Faraj, 9.Naif Hazazi, 10.Muhammad Al Sahlavi, 13.Yosir Al SHahroni, 14.Saud Kariri (17.Taysir Al Jassim, 75), 18.Salim Al Davsari, 20.Navaf Al Obid (19.Fahad Al Muvallad, 90+2).

Zaxiradagilar: 2.Said Al Muvallad, 6.Mustafo Al Bassas, 11.Volid Bakshvn, 12.Hassan Fallatah, 15.Ibrohim G'olib, 16.Mutaz Havsavi, 21.Abdulloh Al Sdairi, 22.Abdulloh Al Enazi, 23.Majid Al Marshadi.

Ogohlantirishlar: SHuhrat Muhammadiev 53, Anzur Ismoilov 57, Vitaliy Denisov 58, Al Dossari 62, Al Sahlavi 67, Vohid SHodiev 77,
 

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                      
YANGILASH

90+5. FINISH! O'ZBEKISTON CHORAK FINALDA! G'ALABA MUBORAK! Sizlar bilan Narzulla Saydullaev bo'ldi.

90+4. Qushlar o'zimizniki bo'lib qolishdi. Boygi qush o'rtoqlarini chaqirib kegan shekilli. Bulaga "nevigodno"da))

90+3. Ogohlantirish. Saudiya Arabistoni.
Osama Havsavi

90+2. O'zgarish. Saudiya Arabistoni.
Navaf Al Obid o'rniga Fahad Al Muvallad tushdi

90.
TV orqali ham maydonda "nagliy" yurgan qushlarni ko'rsatishdim?

90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarish. O'zbekiston.
Sardor Rashidov o'rniga Sanjar Tursunov tushdi

89.
O'yin tugab bormoqda, stadionda ajoyib manzara kuzatildi. Oppoq qushlar stadionga kelib bir krug aylanib ketishdi.

88.
To'lqin! To'lqin! Stadion uzra jonli to'lqin! To'lqin akaga salom!

87. Bugun saytimizda chiqqan xabarga bir ko'z yugurtirib yuboring. Bu stadion haqiqatdan ham o'zgacha.

86. O'zgarish. O'zbekiston.
SHuhrat Muhammadiev o'rniga Akmal SHorahmedov tushdi

85.
Arablarning shashti ancha pasayib qoldi, hujumlar bor lekin u qadar xavfli emas.

84. O'zgarish. Saudiya Arabistoni.
Al Dossari o'rniga Yahyo Al SHehri tushdi

82.
Gol bo'lgan vaziyatda maydonga futbolchilaru murabbiylar yugurib chiqishdi, Janob Benjamin kimmidir tanib qoldiyu, borib manga qara joyinda jim o'tir deb sariqni berib kettila)

81. ZARBAAAAAAA! IGNAAAAAAATIY! Hazazining bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'pni Nesterov qaytardi!

79.
Bir daqiqa oldin hozir uchinchi golni urdik, kechroq yozilgani sababi stadion media tribunasida raqsga tushdik) Xullas Jasur Hasanovning chap qanotdan uzatgan to'pini Rashidov osongina darvozaga joylab qo'ydi 3:1

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RASHIDOOOOOOOOOOOOOOV! 3:1

77. Ogohlantirish. O'zbekiston.
Vohid SHodiev

75.
Hakamning xatolaridan to'yib ketgan SHuhrat Maqsudov zaxira o'rindig'idan shunaqa tezlikda turib o'rnida sakradi, buni ko'rish kerak edi.

74. O'zgarish. Saudiya Arabistoni.
Saud Kariri o'rniga Taysir Al Jassim

72. SHavkat Mullajonov o'ng qanotdan haqiqiy qanot himoyachilari kabi to'p uzatib berdi, Vohid SHodiev esa haqiqiy hujumchilar kabi boshi bilan gol urdi. 2:1. Haya Volid Abdulloh esa haqiqiy darvozabon kabi to'pni nigohlari bilan kuzatib qo'ydi!

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!! VOHIIIIIIIIIIID! SHODIIIIIIIIIIIEVVVVVVVVVV! 2:1

70.
Jasur Hasanov burchak to'pini amalga oshirdi,

70. Xavfli vaziyat!! Rashidovning oshirgan to'pini SHodiev atayin o'tkazib yubordi, Nasimov esa to'pga eta olmadi

69.
Hisob tenglashga jamoamiz hujumkorlikni oshirdi, Volid Abdulloh esa to'pni xohlasam o'yinga kiritaman, xohlasam yo'q degandek yuribdi

67. Ogohlantirish.
Saudiya Arabistoni. Al Sahlavi

66.
Hakam uch nafar himoyachimizga sariq berdi...

65. O'zgarish. O'zbekiston.
Jamshid Iskanderov o'rniga Vohid SHodiev tushdi

63. GOOOOOOOOOOOOOL! YO'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'Q, HAAKAAAAAAAAAAAM! Rashidov jarima to'pidan so'ng Nasimov gol urdi, lekin Benjamin Ismoilov Al Sahlavini yiqitdi deb topdi va golni inobatga olmadi. Al Sahvali juda ajoyib o'yinchi ekan, haqiqiy kinoaktyor!

61. Ogohlantirish. Saudiya Arabistoni.
Abdulla Al Dossari

61. Ajoyib javob! Jasur Hasanovning chap qanotdan uzatgan to'pini Rashidov qabul qilib oldi va raqibni aldadi. Himoyachi uni qo'li bilan ushlab qoldi. Jarima maydoni chizig'i ustidan jarima to'pi!


59. Hakam Denisov Hazazini yiqitdit deb topdi va penalti belgiladi. GOL! Nuqtadan Al Sahlavi gol urdi - 1:1.

58. Ogohlantirish. O'zbekiston. Vitaliy Denisov.

58. PENALTI! O'zbekiston darvoasiga. Ana halooooooooos!

57. Ogohlantirish. O'zbekiston. Anzur Ismoilov

55. JASUUUUUR! Hasanov chap qanotdan to'p bilan oldinga bordi va...to'pni raqibga oldirib qo'ydi

53. Ogohlantirish. O'zbekiston. SHuhrat Muhammadiev

52. Endi vakillarimiz kombinaciya tashkil etishdi. Iskanderov va Muhammadiev faol o'ynashdi, biroq zarba bo'lgani yo'q

51. Yurak bir shuuuv etib ketdi. Anzur to'pni qaytardi, qaytgan to'p Hazaziga bordi. Naifning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi to'sin ustidan o'tib ketdi!

50.
Ahmedov qoida buzdi, arablarning jarima to'pidan so'ng Anzur Ismoilov boshi bilan xavfni bartaraf etdi

49.
Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 10871 nafar tomoshabin kelibdi

48.
Qosimov maydon chetida yigitlarni ruhlantirib turibdi. Muxlislarimiz tinim bilishayotgani yo'q

47.
Arablar to'pni o'zlarida saqlab turishdi...hujum esa oddiygina noaniq pas bilan tugadi. O'yin tezroq tugay qolsin undan ko'ra)

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Olg'a O'zbekiston!!!

- O'yin bilan bo'lib sovuqni unutib qo'yibmiz. Anchagina sovuq ekan. Yigitlar sovuqni his qilmaslikni taminlashdi. Yana shunday o'ynab beringlar yigitlar. Butun xalqimiz g'alaba kutmoqda!

45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha to'ylar muborak o'rtoqlar! 15 minutdan keyin qaytamiz. Uzoqqa ketib qomanglar, ketib qolish yo'g'a))

45.
Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

44.
Abdulla Al Dossari jarima maydonimiz ichida yiqildi, hakam Nesterov to'pni o'yinga kiritishi kerakligini ko'rsatdi.

43. Rashidov!!
To'p bilan oldinga intildi, lekin Havsavi unga imkon bermadi. Zarba berilgani yo'q.

42.
Stadion uzra oppoq qush parvoz qilmoqda...uning o'yin bilan ishiyam yo'q. Uyiga ketmaydimi deysizmi? Mundey o'ylab ko'rsa unga "nevigodno" ekan.

41.
Benjamin janoblari juda ko'p bor raqib foydasiga jarima to'pi belgilamoqda. Bu hech qanday kesatish emas, haqiqatdan ham futbolchilarimiz qo'pol o'ynashmoqda

40.
Arablar ham o'zimizga o'xshab noaniq paslarni ko'p berishmoqda. Bervolaqolishsin))

38. Xavfli vaziyat!
Saudiyaning o'ng qanotdan boshlangan hujumini Salman Al Faraj yakunladi. U to'pni shundoqqina jarima maydoni yonida qabul qilib olib zarba berdi, o'zini to'pga tashlagan Mullajonov xavfni bartaraf etdi.

36.
Volid Abdulloh to'pni o'z darima maydoni yondan o'yinga kiritdi, tezda qildi bu ishni. Vaqt cho'zilmadi negadir

34.
Futbolchilarimiz oson va engil o'ynashmoqda, hujumlarga o'tish yaxshi. Lekin to'p uzatishda juda ko'p xatoga yo'l qo'yishmoqda.

33.
Ajoyib kombinaciya! O'ng qanotdan boshlangan hujumni Iskanderov kuchli lekin noaniq zarba bilan yakunladi. Yana bitta gol uraylik yigitlar!

32.
O'yinni Iordaniya terma jamoasi ustozi Rey Uilkins ham kuzatib bormoqda.

31.
Iskanderov va Rashidov o'ng qanotda ancha faol o'ynashmoqda. Tezlik bor, lekin aniqlik juda kam...

29. HAAAAAAAKAMMMMM!
Benjamin Mullajonovning to'pga toza tashlanishini qo'pollik deb hisobladi. Mayli indamadik

28.
Anzurning o'zi jarima maydoni ichiga uzatilgan to'pni boshi bilan qaytarib yubordi, malades!

27. Xavfli vaziyat!!!
Saudiya Arabistoni 4 kishi bo'lib hujumga o'tdi, Anzur raqibni yiqitish evaziga hujumni to'xtatdi

26.
Haydarovning zarbasi yo'lida Nasimov paydo bo'ldi, Bahodir o'yindan tashqari holatda ekan

25.
To'pni nazorat qilish bo'yicha arablar oldinda: 58-42

24.
Denisov ikki raqib orasida qolib ketib bo'lsa ham to'pni qaytarib yubordi. Arablar burchak to'pi tepishdi, Nesterov to'pni mushtlari bilan qaytardi!

23. AHMEEEEEEEDOV!
Jasur bilan "stenka" o'ynagan Odil jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi.

22.
Negadir Eldor Suyunov va Timur Kapadze kiyim almashtirish xonasiga yugurib kirib ketishdi.

21.
Aytgancha Kosmin Olario ham o'rnidan turib shogirdlarini boshqarib turibdi

20.
Rashidov o'z qanotida to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi va o'zi xatoni to'g'riladi

19.
Jasur Hasanov chap qanotdan tezlashdi, qanot hakami u o'yindan tashqari holatda qolgan deb hisobladi

17. ZARBAAAA! Iskanderov Rashidovning pasidan so'ng chap oyoq bilan 18 metrlardan zarba berdi, kuchsiz zarbadan so'ng to'pni darvozabon egallab oldi

16.
Yosir Al SHahronining o'ng qanotdan uzatgan to'pini Nesterov xotirjam tarzda ushlab qoldi, hammasi rejadagidek

15.
Futbolchilarimiz mayda follarni ko'p amalga oshirishmoqda. Uilyamsning toqati toq bo'lishi mumkin

13.
Arablar jarima to'piga ega bo'lishdi. Osama Havsavining bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Noaniq ketaveraqosin

12.
Saudiya Arabistoni o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Salim Al Davsarining pasini Mullajonov qaytardi.

10. QANDAY VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! SHUHRAAAAAAAAAAAT! Muhammadiev!!! Ahmedovning ajoyib pasidan so'ng SHuhrat raqib jarima maydoni ichiga kirib borib kuchli zarba berdi, to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi!!!

8.
Vakillarimiz birinchi burchak to'piga ega bo'lishdi. Hasanovning uzatgan to'pini Mullajonov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

6. Sardor Rashidov va uning kichik sanat asari





5.
Odil Ahmedov maydonda yotibdi, o'yinda kichik tanaffus

4.
Tezkor gol bizga qanday tasir qilar ekan. Ko'ramiz...Saudiyaning javob hujumi qo'pollik tufayli to'xtab qoldi. Endi Nasimov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

2. QOYIL SARDOR! MALADES SARDOR! OTANGGA RAHMAT! Rashidov o'ng qanotdan to'pni ikki bor raqibdan olib qo'yib jarima maydoniga kirib keldi va chap oyog'i bilan erlab zarba berdi, to'p Volid Abdullohning ikki oyoqlari orasidan o'tib ketdi...1:0! CHiroyli gol, tezkor gol, haqiqiy gol!

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SARDOR RASHIDOOOOOOOOOOOOOOOOV! 1:0

2.
Ikkinchi daqiqa, Mirjalol Qosimov o'rnidan turdi...

1.
Ilk hujumni vakillarimiz tashkil etishdi, chap qanotda Denisov-Hasanov-Iskanderov kombinaciyasi noaniq to'p uzatish bilan tugadi. Nasimov to'pga eta olmadi

1. O'YIN BOSHLANDI! Olg'a O'zbekiston!!!

19:59.
Birinchi bo'limda O'zbekiston terma jamoasii o'ng tomonda o'ynaydi. Eslatib o'tamiz, jamoamiz sardori Odil Ahmedov.

19:58. Muxlislarimizning bugungi tayyorlagan banneri: "Umri no pobedi". Ortiqcha izohga hojat yo'q

19:57.
Navbat Saudiya Arbistoni davlat madhiyasiga

19:56. O'zbekiston davlat madhiyasi!

19:55.
Stadion media tribunasida 1 soat o'tirib odam sovuqqotib qoldi...Jamoamizga omad!

19:53. Diqqat qiling! O'zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari maydonga tushib kelishmoqda


19:49. Uchrashuv boshlanishiga oz fursat qolmoqda. Hozir jamoalar maydonga tushib kelishadi

19:45. Stadiondagi muxlislarimizdan biri



19:42. "SHu bolakay hali alifboni ham bilmasa kerak, lekin O'zbekiston deb baqirmoqda..." bu so'zlar meniki emas saytimiz vakili Tolibjon Qosimovga tegishli.



19:40. Stadion maysasi sug'orilmoqda, agar futbolchilar o'yin boshida sirpanib ketishsa hayron bo'lmang.



19:38. Arablar ham mashg'ulotni yakunlab tribuna ostiga kirib ketishdi.

19.35. Bugun O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi televizorda tomosha qilganda chap tomondagi darvoza ortida joylashishgan. Saudiya Arabistonidan kelgan ko'plab muxlislar esa o'ng tomondagi burchak yonida o'tirishibdi.

19:33. Aynan shu paytda Pyotr Gizimchuk uch nafar darvozabonimiz bilan birga kiyim almashtirish xonasiga kirib ketishdi. Ularning ortidan qolgan futbolchilarimiz ham. Saudiya Arabistoni hamon shug'ullanmoqda.

- Hayajon kuchayib bormoqda azizlar, sababi bahs boshlanishiga 30 daqiqa vaqt qoldi...

- CHigalyozdi mashg'ulotlari oxirida futbolchilarimiz Nesterov va Akbar To'raevni sinab ko'rishdi. Sardor Rashidov 3ta imkoniyatdan 2ta gol urdi.

- Benjamin Uilyams boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar ham maydonda chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda. Malumot uchun, hakamlar bugun kulrang futbolkalarda ishlashadi. O'zbekiston oq, Saudiya Arabistoni yashil rangli formada o'ynaydi.

- Osiyo Kubogi odatiga ko'ra o'yin boshlanishidan oldin stadioning o'zida ikki nafar boshlovchi bahs atrofidagi yangiliklar haqida barchaga aytib o'tishmoqda. Stadiondagi ikkita katta monitor orqali barcha holat namoyish etib borilmoqda.

- Uchrashuvdan oldin Mirjalol Qosimov va Kosmin Olario ko'rishib qo'yishdi. Ikkala jamoa ham kulganicha bir nimalardir deyishdi. Uyog'i bizga nomalum...

- Ayni paytda Melburnda havo harorati 16 daraja issiq. Namlik 51 foiz. 27 km/soat tezlikda shamol esib turibdi.

- Nodirxo'ja Yuldashev va Hasan Pirmuhammedov allaqachon maydon chetidan o'rin olib rasmga olishni boshlab yuborishdi. Xayrulla Xoliqov esa yonimda o'tiribdi. U kishi stadionni rasmga olish bilan band. SHunday media tribunalar O'zbekistondagi stadionlarda ham bo'lsa deb qo'ydilar.



- Terma jamoamiz vakillari o'yinoldi mashg'ulotlarini boshlab yuborishdi. Muxlislarimiz doimgidek faol. Ular har bir futbolchimizni ismini aytib dalda berib turishibdi. Stadionga Saudiya Arabistonining ham muxlislari kelgan. Ular ham o'z jamoalarini qo'llashni boshlab yuborishdi.

- Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi juda muhim o'yinni o'tkazadi.



- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Melburn shahridagi "Melburn" stadionidan reportajimizni boshlaymiz. Sizlar bilan ikki soatga yaqin vaqt ichida Narzulla Saydullaev birga bo'ladi.

- O'yin soat 20:00 (Toshkentda 14:00) da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика