Osiyo Kubogi. Muxlislarimiz stadion tomon yo'lga chiqishdi
18 jan 2015 11:14
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Muxlislarimiz stadion tomon yo'lga chiqishdi
Bugungi O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yinga qiziqish katta.
Sababi keyingi bosqich masalasini hal qiluvchi kam sonli o'yinlardan biri aynan shu ikki jamoa o'rtasida Melburndagi "Melburn" stadionida bo'lib o'tadi.
O'yin mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi (Toshkentda 14:00).
Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi bahs boshlanishiga 3 soat qolganida stadionga qarab yo'lga tushishdi.
Muxlislarimiz bugun jamoamizni bir jamoa bo'lib qo'llab quvvatlab turishadi. Olingan xabarlarga ko'ra, bugungi o'yinga atayin maxsus banner tayyorlanadi. Buni albatta uchrashuv vaqtida tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.
Malumot uchun, bu o'yinga Melburn va Avstraliyaning boshqa shaharlarida yashovchi o'zbekistonliklar ham tashrif buyurib Mirjalol Qosimov shogirdlarini qo'llab turishadi.

Fikrlar