So’nggi yangiliklar

00:14Бум! Лукаку Италияга қайтмоқда  0 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  0 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  1 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 22:31Бундеслига старт олмоқда! Мавсумнинг очилиш ўйини учун асосий таркиблар эълон қилинди  0 22:30Ким сизга ўзбек футболи савияси ўсяпти деб айтса, ишонманг  26 22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  4 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  3 21:37Суперлига. "Металлург" - "Динамо" 0:1  0 21:13"Барселона" жамоа сардорларини маълум қилди  6 20:55Суперлига. "Металлург"нинг ғалабасиз серияси давом этади. Бу сафар "Динамо"га 3 очко совға қилинди  46 20:37"Ювентус" ўтган мавсумда энг кўп ассист амалга оширган футболчиси билан шартнома имзолади  0 20:10Эрон. "Истиқлол" - "Малаван". Машарипов асосий таркибдами?  0 19:49Санчо яна МЮни тарк этадими?  0

Osiyo Kubogi. Janubiy Koreya qo'shimcha bo'limdagi gol evaziga Bahraynni mag'lub etdi Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Janubiy Koreya qo'shimcha bo'limdagi gol evaziga Bahraynni mag'lub etdi

Ayni damda Osiyo Kubogining 1/8 finali doirasidagi Janubiy Koreya - Bahrayn uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Osiyo Kubogi-2019, 1/8 final
JANUBIY KOREYA - BAHRAYN 2:1
22 yanvar, 18:00. Al-SHabab, "Rashid" stadioni.

Gollar: Xvang Xi CHan 43, - 1:0. Al Romayhi 77, - 1:1. Kim Jin Sun 105+2, - 2:1.

Janubiy Koreya: 1.Kim Seung-Gyu, 2. Li Yong, 4.Kim Min-Jae, 5.Ju Vu-Yong, 6.Xvang In-Beom (12.Li Seung Vu, 90), 7. Son-Xen Min, 11.Xvang Xi-CHan (9.Ji Don Von, 79), 14. Xong CHul (3.Kim Jin Sun, 96), 17.Li CHung-Yong (8.Ju Se Jong, 67), 18.Xvang Ui-Jo, 19.Kim Yong-Gvon.

Bahrayn - 1. Sayid SHubbar (22.Abdulkarim Fardan, 101), 3. Volid al-Hayyam, 4. Said Dxiya, 5. Hamid al-SHamsan, 7. Ali Al-Safi, 8. Muhammad Marhun (9.Mahdi Al Humaydan, 71), 11. Ali Jafar Madan (20.Sami Al Husayni, 57), 13. Muhammad al-Romayxi, 16. Sayid Redxa Isa (10.Abdulla Yusuf Hilol, 109), 19. Komail al-Asvad, 23. Jamol Rashid.

Ogohlantirishlar: Ali Jafar Madan 25, Sayid Redxa Isa 95.



South Korea

Hee-Chan Hwang - 43', Jin-Su Kim - 105'

Asian Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

22/01/2019, 17:00

1
:
2
Finished AET

Bahrain

Mohamed Al-Romaihi - 77'

Stadion: Rashid Stadium, 7658 tomoshabin

Bosh hakam: Ryuji Sato

45'
90'
120'
43'  Hee-Chan Hwang
68'  Chung-Yong Lee (Se-Jong Joo)
80'  Hee-Chan Hwang (Dong-Won Ji)
89'  In-Beom Hwang (Seung-Woo Lee)
96'  Chul Hong (Jin-Su Kim)
105'  Jin-Su Kim
105'  Yong Lee
25'  Ali Madan
57'  Ali Madan (Sami Al Husaini)
71'  Mohamed Marhoon (Mahdi Al Humaidan)
77'  Mohamed Al-Romaihi
95'  Sayed Reda Issa Hashim
102'  Sayed Shubbar Hashem (Abdulkarim Fardan)
109'  Sayed Reda Issa Hashim (Abdulla Yusuf Helal)



Uchrashuvning muhim vaziyatlarini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.


YANGILASH



Dubaydagi "Rashid" stadionidan Narzulla onlayn translyaciyani olib bordi.

120+1. Uchrashuv tugadi va Janubiy Koreya chorak finalga chiqdi! Uning raqibi bugun, Iroq va Qatar o'rtasidagi bahsdan so'ng malum bo'ladi

120. O'yinga 1 daqiqa qo'shib berildi

119. Janubiy Koreya o'zi uchun etarli bo'lgan hisobni saqlab qolib chorak finalga chiqishga yaqin turibdi

115. Mag'lub bo'layotgan Bahrayn katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. Ammo hozircha koreyslar himoyada yaxshi o'ynashmoqda

109. O'zgarish. Bahrayn. Sayid Redxa Isa o'rniga Abdulla Yusuf Hilol tushdi

106. Ikkinchi ekstra taym boshlandi


105+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:1. Zaxiradan maydonga tushgan Kim Jin Sun boshi bilan gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi

104. XAVFLI VAZIYAT! Janubiy Koreyaning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumini Ji Don Von akrobatik zarba bilan yakunlashga urindi, o'xshamadi!

101. Bahraynlik darvozabon jarohat oldi. O'zgarish. Bahrayn. Sayid SHubbar o'rniga Abdulkarim Fardan

96. O'zgarish. Janubiy Koreya. Xong CHul o'rniga Kim Jin Su tushdi

95. Ogohlantirish. Bahrayn. Sayid Redxa Isa hakamga keskin etiroz bildirgani uchun

94. Tan olish kerak hozircha "Tottenxem"dagi Son Xon Minni maydonda "ko'rmayapmiz". U etakchilikni bajara olmayapti

91. Birinchi ekstra taym boshlandi


Uchrashuv statistikasi quyidagicha. Bahrayn Koreya darvozasiga 3ta aniq zarba berdi.


90+5. Asosiy vaqtda g'olib aniqlanmadi. Yana 30 daqiqa futbol ko'ramiz.

90+3. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! QANDAY VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT!  Xvang Ui-Jo birga bir vaziyatga chiqib bordi va noaniq zarba berdi, hozir Koreya yutib ketishi mumkin edi

90. Bahsga 4 daqiqa qo'shib berildi

90. Bahraynlik posbonga shifokorlar yordam berishdi. O'yin davom etadi.

89. O'zgarish. Janubiy Koreya. Xvang In-Beom o'rniga Li Seung Vu tushdi 

87. ZARBAAAAAAAAAA! Koreyaning javobi, Xvang In-Beom tomonidan yo'llagan zarba darvoza yuqorisidan o'tib ketdi



85. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Bahrayn hozir yana gol urishi mumkin edi, Sami Al Husayni yo'llagan zarba noaniq chiqdi

79. O'zgarish. Janubiy Koreya. Xvang Xi-CHan o'rniga Ji Don Von tushdi

78. Bugun "Rashid" stadioniga o'yinni ko'rish uchun 7858 tomoshabin keldi

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Muhammad al-Romayxi 1:1.  Biroz oldin maydonga tushgan Mahdi Al Humaydan yo'llagan zarba himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni musobaqadagi birinchi golini urgan Al Romayxi darvozaga yo'lladi. 


71. O'zgarish. Bahrayn. Muhammad Marhun o'rniga Mahdi Al Humaydan tushdi

69. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! AJOYIIIIIIIB SEYV! Jamol Rashidning kuchli va aniq zarbasini darvozabon qaytardi!

67. O'zgarish. Janubiy Koreya. Li CHung-Yong o'rniga Ju Se Jong tushdi

66. Maydonga Ju Se Jong tushishga tayyorlanmoqda

61. Biroz ustunlik Bahrayn tomonga o'tgandek. Ular oxirgi 5 daqiqada ustunlikka erishishmoqda. Ammo xavfli vaziyat yo'q

57. O'zgarish. Bahrayn. Ali Jafar Madan o'rniga Sami Al Husayni

55. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Ju Vu-Yong tomonidan berilgan zarba jonli devor tegidan o'tib ketdi! Xavfli zarba edi.

54. UXXX! Xvang Xi CHan hozir jarima maydoni yonginasida yiqitildi. Xavfli jarima to'pi. Koreya yana gol urishi mumkin hozir

52. Koreyslar taymni hujumkor boshlashdi, ular yana gol urishni istashmoqda va oldinga o'tishmoqda

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Dastlabki bo'lim tugadi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Xvang Xi-CHan 1:0. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Xvang Xi-CHan osongina darvozaga yo'lladi. 


42. To'p bilan muomala qilishda Koreya yaqqol ustun: 72-28 foiz

41. Bahraynning xavfli hujumi! Biroq hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

36. SHundoqqina oldimizda Janubiy Koreya ustozi Paulu Bentu turib shogirdlariga ko'rsatmalar bermoqda. Uning hissiyotlarini videoga olish mumkin bo'lganida ishoning ajoyib video bo'lardi. 

31. Xavfli vaziyat! Son Xon Min to'pni Xvang Ui-Jo tomon uzatdi, hujumchidan ko'ra darvozabon chaqqonroq harakat qilib xavfni bartaraf etdi

30. Ali Al-Safining zarbasi kuchsiz va noaniq bo'ldi. Bahrayn uzoqdan gol urmoqchi shekilli 


26. ZARBA! Xvang In-Beomning zarbasi jonli devordan uyog'iga o'tgani yo'q

25. Ogohlantirish. Bahrayn. Ali Jafar Madan Son Xon Minning yuziga tepgani uchun

18. To'p bilan muomala qilishda koreyslar ustunlik qilishmoqda. Ammo samara hozircha yo'q.

10. Dastlabki daqiqalarda jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda. Bahrayn ikki marta xavfli zarba berdi, ammo noaniq chiqdi ikkala zarba ham. Koreyslar esa hozircha golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi.


1. O'YIN BOSHLANDI! 

Dubaydagi "Rashid" stadionidan onlayn reportajimizni boshlaymiz.





Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика