So’nggi yangiliklar

03:30U-23 Осиё чемпионати-2020. Стадионни пайҳон қилган атлетлар, кулгига қолган ТВ, туғилган кунида Ўзбекистонга иккита гол урган футболчи, Сон Хён Минга сув ташиттирган мураббий ҳамда кубокни ирғитган Шаҳбоз Беғамов ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  10 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4

Osiyo Kubogi. Finaldan oldingi raqamlar Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Finaldan oldingi raqamlar

Avstraliyada davom etayotgan Osiyo Kubogining ertaga final uchrashuvi o'tkaziladi. Bunda mezbon jamoa Avstraliya musobaqada yaxshi o'yin ko'rsatayotgan Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Bilasiz, bu jamoalar bir guruhda kurash olib borishdi va o'zaro o'yinning birinchisida koreyaliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Ertaga bo'lsa, Avstraliya o'sha mag'lubiyat alamini olishga urinib ko'radi. Quyida final bahsi oldidan raqamlar bilan bog'liq bazi qiziqarli malumotlarni keltirib o'tamiz.

9. Avstraliya terma jamoasining o'yinchilari 9 mamlakat klublarida to'p tepishadi. Futbolchilar orasida Belgiya, Angliya, Germaniya, J.Koreya, Gollandiya, Qatar, Rossiya, Turkiya va AQSH milliy chempionatlarida faoliyat olib borayotgan o'yinchilar bor.

7. Avstraliya termasining etti nafar o'yinchisi ichki chempionat klublarida to'p tepishmoqda. Bular - Tomi Yurich, Mettyu Spiranovich ("Vestern Sidney"), Evgen Galekovich ("Adelaida Yunayted"), Mett Makkey ("Brisben Roar"), Mark Milligan ("Melburn Viktori"), Terri Antonis ("FK Sidney") va Natan Byorns ("Vellington Feniks").

4. Janubiy Koreya tarkibida to'rt nafardan futbolchi Germaniya va Qatarda o'ynashadi. Kim Jin Su, Park Ju Xo, Mon Xyon Ming va Ku Ja CHol Bundesliga klublarida faoliyat olib borayotgan bo'lsa, CHo Yong CHol, Nam Te Xi, Li Kyun Xo va Xan Kuk Yong Qatar klublari vakillari hisoblanadi.

2. Avstraliyalik Massimo Luongo hozircha ikki marta "Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. U Quvayt va BAA bilan kechgan bahslarda shu nomga loyiq ko'rildi.

1. Ertaga Osiyo Kubogi finalida maydonga tushadigan futbolchilarning deyarli 100 foizi Evropa yoki Osiyo klublarida to'p tepishadi. Faqat birgina Tim Keyxill bundan mustasno. CHunki u AQSHning "Nyu York Red Buls" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика