So’nggi yangiliklar

10:08Терма жамоамиз етакчиси фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 09:41Ҳусанов жамоаси ҳужумдаги рақобатни кучайтириш мақсадида «Интер»дан ҳужумчи олди  0 09:15Вилоят ҳокими «Насаф» жамоаси аъзолари билан учрашди  4 08:47«Ўзимизга муаммо яратиб, қаҳрамонларча ғалаба қозондик». Вадим Абрамов Олмалиқдаги ғалаба ва қизил карточка вазияти ҳақида  1 08:22Ўткир Юсупов "Фулад"даги дастлабки икки ўйинида Эронда ҳеч ким қила олмаган ишни бажарди  9 07:50Суперлига. Бугун охирги учрашувларида ғалабасиз кетаётган жамоалар ўзаро баҳс олиб боради  4 07:21ЎзФҲМ томонидан ушбу вазиятда «Динамо» посбонига нима сабабдан қизил карточка кўрсатилгани тушунтириб берилди  0 07:10Лига 1. ПСЖ - "Монпелье", ПСЖ рақиб ҳимоясини тешиб ташлади  1 02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  1 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  1 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  0 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  4 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  3

Osiyo Kubogi: Qatar - Osiyo chempioni! Yangiliklar

Osiyo Kubogi: Qatar - Osiyo chempioni!

Osiyo Kubogi final uchrashuvida Qatar terma jamoasi Yaponiyani ishonchli tarzda mag'lub etdi va o'z tarixida ilk bor qita chempioniga aylandi.

Osiyo Kubogi - 2019.

Final.

Yaponiya - Qatar 1:3

Abu Dabi, "Zayed Sport Siti" stadioni.

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Jamshid Saidov, Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Ma Ning (Xitoy).
Video assistent hakam: Paolo Valeri (Italiya)
Video assistent hakam yordamchilari: Muhammadd Taqi Bin Jahari (Singapur) va Kristofer Bit (Avstraliya)

Gollar: Minamino (69) - Almoez (12), Hatem (27), Akram Afif (83-penaltidan)

Yaponiya - 12.Gonda SHuichi, 5.Yuto Nagotomo, 16.Tomiyasu Takixiro, 19. Xiroki Sakai, 22.Maya Yoshida, 7.Gaku SHibasaki, 8.Genki Xaraguchi (Muto, 61), 9.Takumi Minamino (Inui, 89), 18. Tsukasa SHiotani, 21.Doan Ritsu, 15.Yuya Osako.

Qatar - 1.Saad Al SHeeb, 2.Pedro Korrea, 3.Abdel Karim Hassan, 4.Tarek Salman, 15.Bassam Al Rashi, 23.Assem Omer Madibo, 6.Abdelaziz Hatem, 16.Boualem Kuxi (Salem Al Hajri, 61), 10.Hassan Al Haydos, 11.Akram Afif, 19.Almoez Ali (7.Alaadin, 90)


Japan

Takumi Minamino - 69'

Asian Cup Final . final-tur

01/02/2019, 18:00

3
:
1
Tugadi

Qatar

Almoez Ali - 12', Abdulaziz Hatem - 27', Akram Afif - 83'

Stadion: Zayed Sport City Stadium, 36776 tomoshabin

Bosh hakam: Ravshan Irmatov

45'
90'
20'  Gaku Shibasaki
62'  Genki Haraguchi (Yoshinori Muto)
69'  Takumi Minamino
69'  Yuya Osako
82'  Maya Yoshida
84'  Tsukasa Shiotani (Junya Ito)
87'  Hiroki Sakai
89'  Takumi Minamino (Takashi Inui)
12'  Almoez Ali
12'  Akram Afif
27'  Abdulaziz Hatem
27'  Akram Afif
61'  Boualem Khoukhi (Salem Al Hajri)
74'  Hassan Al Haidos (Karim Boudiaf)
83'  Akram Afif
84'  Akram Afif
90'  Pedro Miguel
90'  Almoez Ali (Ahmed Alaaeldin)


MATNLI TRANSLYACIYA (YANGILASH)


- UCHRASHUV TUGADI! QATAR OSIYO KUBOGI SOHIBI!

90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. Qatarning Osiyo Kubogi chempioni degan nomdan aynan mazkur daqiqalar ajratib turibdi.

88` Yaponiyada navbatdagi o'zgarish: Minamino o'rniga Inui maydonga tushirildi.

85` Qatar ilk finaldayoq hal qiluvchi o'yinlarda umuman yutqazmagan Yaponiyani mag'lub etmoqda.

83` GOLLLLLLLLLL! AKRAM AFIF! VAR yordamida belgilangan penaltini Afif aniq amalga oshirdi - 1:3!

82` Penalti! Ravshan Ermatov vaziyatni birinchi ko'rishdayoq penalti ekanligiga amin bo'ldi va nuqtaga chopdi. Yoshida esa to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun ogohlantirildi.

79` Qatar hujumga qochdi. Hatem uzoq o'ylagan va yakunda o'zi zarba bergan to'pi himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan so'ng esa to'p yaponiyalik futbolchining qo'liga tekkandek tuyuldi. Ravshan Ermatov esa hozir videoassistentlar ko'magiga murojaat qildi. Kutamiz.

77` Yaponiya katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. Qatar mudofaa chizig'i ancha sergak o'ynamoqda. Qisqa to'p uzatmalar orqali himoyani yorb o'tishga harakat qilayotgan Yaponiya uzoqdan darvozani "o'qqa" tutishni istamayapti. 

74` Qatar terma jamoasi sardori Hasan Al Haydos o'rniga Karim Budiaf maydonga tushdi.

70` Intriga qaytdi! Yaponiya endi yanada boshqacharoq o'ynashi tabiiy. 


- Finaldagi gollarni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin: KANALGA O'TISH


69` GOLLLLLLLLLLLLLLL! MINAMINO! Nihoyat Qatar darvozasi ishg'ol etildi! Osako va Minamino ajoyib uzatmalar orqali Qatarning metinga aylangan himoyasini yorib o'tishni uddalashdi. Minamino esa aniq zarbasi orqali darvozaga o'rnatilgan qulfni echdi - 1:2!

65` Yaponiya standart vaziyatiga ega bo'ldi. Tomiyasuning bosh bilan bergan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

61` Yaponiyada o'zgarish: Xaraguchi o'rniga Muto maydonga tushirildi.

61` Jarohati bois Kuxi o'rnini Al Hajriga bo'shatib berdi. Feliks Sanches dastlabki o'zgarishni majburiy tartibda amalga oshirdi.

56` Yaponiya hujumda to'pni yo'qotdi va Qatar tezkor qarshi hujumga o'tdi. Afifdan ajoyib yurish bo'ldi. Lekin so'nggi pasni uzatishda Afif Haydosni emas, balki Hatemni ko'rdi. Natijada hujum kutilganidek rivoj olmadi.

50` Hududiy ustunlik Yaponiya tarafida. Samuraylar pozicion hujum uyushtirishga urinishmoqda. Ammo Qatarning himoya chizig'i ancha mustahkam va ishonchli o'ynamoqda.


Qiziq fakt: Ajoyib tandem - Afif & Almoez! Almoezning kiritgan 9ta golidan 5 tasiga aynan Akram Afif assistentlik qilgan.


- Ikkinchi taym boshlandi! Yaponiya "kambek"ni amalga oshirishga harakat qilsa, Qatar esa kamida mavjud ustunlikni yana 45 daqiqa saqlashga urinadi.


Ermatovdan dakki eshitayotgan Akram Afif Osiyo Kubogida jami 10ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fantastik natija!


Bizda ham muxlislar ajoyib izohlarni yozib turishadi. Masalan "Boymatov Jr" nikli ishqiboz uchrashuv haqidagi xabar tagida to'purar Almoezni o'yiniga shunday tarif beradi: "Kim etibor berdi:? Almoez Ali to'p bilan gaplashyapti! Qoyil, to'p ham Ali nima desa shuni qilyapti"

Ali Almoez Osiyo Kubogida chinakamiga porladi!


- Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! Yaponiya terma jamoasi kiyinish xonasida hozir jiddiy suhbat bo'ladi. Aynan mazkur suhbat va Xajimening ko'rsatmalariga ko'p narsa bog'liq. Feliks Sanches esa hozircha zaxira o'rindig'iga o'tiribdi. Yigitlarga ortiqcha gapirish shart emasligini anglab, ularni holi qo'ymoqchi shekilli...

- Qatar Yaponiya darvoza tomon 3 marotaba aniq zarba yo'llab, ikkita gol urdi. Yaponiya esa Qatar darvozasi tomon hali birorta aniq zarba berishni uddalay olgani yo'q.

38` To'p nazorati kichik ustunlik bilan Yaponiya tarafida. Ammo Qatar butun o'yinni o'z nazorati va rejasi asosida o'tkazmoqda. Yaponiya imkon qadar tanaffusga qadar bir gol kiritib o'yinga qaytmoqchi. Agarda bu ishni uddalashni eplashsa, unda ikkinchi taym yanada qiziqarliroq bo'ladi. Aks holda Qatar bu ustunlikni keyingi 45 daqiqa ichida boy berib qo'yishiga ishonish qiyin.

36` Qatardan yana bir xatarli hujum! Qatarning navbatdagi hujumi ham o'ta xavfli chiqdi. Hasan Al Haydosning o'tkir burchakdan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

32`Yaponiya Qatar himoyasini buzib o'tish yo'llarini qidirmoqda. Hozircha Osiyo Kubogida hech bir jamoa uddalay olmagan ishni bajarishga Yaponiya ham ojizlik qilmoqda. 


Osiyo Kubogi tarixida bir musobaqa davomida eng ko'p gol urgan - Ali Almoez!


27` GOLLLLLLLLLLLLLLL! QATAR YAPONIYA uchun haqiqiy XATAR! Dahshat gol! Akram Afifdan yana bir golli uzatma va Abdelaziz Hatem uzoq masofadan to'pni darvozaning uzoq burchagiga "mixlab" qo'ydi. Gol emas, golcha bu! Tami misoli olcha! Yashavor Qatar!

- Finalni tomosha qilish uchun qator martabali insonlar va mashhur shaxslar kuzatishmoqda. Ulardan biri sifatida portugaliyalik futbol yulduzi Luish Figuni etirof etish mumkin.

20` Qatar ancha xotirjam, tartibli Yaponiya esa nisbatan shoshilmoqda. Sababi aniq. Samuraylar vaziyatni tezroq o'nglash haqida bosh qotirishmoqda.

- Akram Afifga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun SHibasaki Ermatov tomonidan ogohlantirildi.


- Finaldagi gollarni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin: KANALGA O'TISH

14` Qatar goldan ruhlanib yana hujumga shoshildi. Xavfli tus olgan mazkur hujumni himoyachi oxirgi soniyalarda bartaraf etdi.

12` GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL! GOLNI QARA, ALMOEZ! Super hujum! Afif chap qanotdan hujumni rivojlantirib, jarima maydonchasi ichida turgan Osiyo Kubogi "snayperi" Almoezni qidirib topdi. Ali Almoez esa to'pni havoda ajoyib tarzda qabul qildi va chalqancha uslubda darvoza to'riga joylab qo'ydi - 0:1! 

Finalni FIFA (Janni Infantino) va OFK (SHayx Salmon) prezidentlari stadionda kuzatib borishmoqda


7` Yaponiyaning jarima zarbasidan kelgan xavfi bartaraf etildi. Qatar to'pni nazorat qilgan holda o'zining kombinacion hujumlariga taraddud ko'rmoqda.

4` Yaponiya dastlabki daqiqalardanoq jangovor ruhda o'yinni boshladi. Qatar o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.

- O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Dastlab Yaponiya madhiyasi, keyin esa Qatar davlat madhiyasi jarang soladi. 

- Ravshan Ermatovning xushtagi hal qiladigan muhim bahs start olish arafasida. Qatar va Yaponiyadan chiroyli o'yin kutgan holda Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhimizga omad tilaymiz!

- Malumot o'rnida: Yaponiya shu vaqtga qadar to'rt marotaba finalda o'ynagan va barchasida g'olib bo'lgan. Qatar esa o'z tarixida ilk bor bosh sovrin uchun kechadigan final uchrashuvida maydonga tushadi.

- Qayd etish kerakki, finalga qadar o'tkazilgan 50 uchrashuvda Osiyo Kubogida jami 126ta gol urildi. Bu har bir o'yinda o'rtacha 2,52 gol urilayotganidan darak beradi.

Osiyo kubogi-2019. Finalgacha qaynoq FOTOGALEREYA

- Osiyo Kubogi prevyusi. Final. Yaponiya - Qatar


Qatarlik muxlislar


Yaponiya terma jamoasi muxlislari


Ali Almoez o'tkazilgan 6 uchrashuvda 8 gol kiritishni uddaladi va bu orqali bir musobaqada eng ko'p gol urgan Ali Daining rekordini takrorladi. Agarda qatarlik yosh hujumchi finalda ham o'z nomini tabloda yozdirib qo'yishni uddalasa, unda Ali Almoez Osiyo Kubogi tarixida bir musobaqada eng ko'p gol urgan futbolchiga aylanadi.


- Qiziq fakt: Qatar terma jamoasi musobaqa davomida finalga qadar o'z darvozasi dahlsizligini quruq saqlashni uddasidan chiqib kelmoqda. Hozircha Saad Al SHeeb darvozasi qo'lfini ochadigan "kalit"ni hech kim topa olmayapti. Yaponiyada bu ishni uddalaydigan futbolchi topilarmikan?

Qatar terma jamoasi ham o'tkazilgan hamma o'yinda g'alabani tantana qildi. To'plar nisbati: 16:0.

 

* Yaponiya terma jamoasi o'tkazilgan 6 uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi. To'plar nisbati: 11-3.

- Xajime Moriyasu boshqaruvidagi Yaponiya musobaqada "F" guruhidan (Turkmaniston 3:2, Ummon 1:0, O'zbekiston 2:1) o'rin olib birinchi o'rin bilan pley-off yo'llanmasiga egaliq qilgandi. SHundan so'ng samuraylar nimchorak finalda Saudiya Arabistonini (1:0), chorak finalda Vetnam (1:0) hamda yarim finalda Eron (3:0) qarshiligini engishni ustidan chiqishdi.

- Feliks Sanches boshqaruvidagi Qatar esa "E" guruhida (Livan 2:0, KXDR 6:0, Saudiya Arabistoni 2:0) yakka peshqadam sifatida nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Nimchorak finalda Iroq (1:0), chorak finalda Janubiy Koreya (1:0) va yarim finalda musobaqa mezbonlari BAA (4:0) terma jamoasi tor-mor etildi. SHu tariqa Qatar o'z tarixida ilk bor finalga qadar keldi.

- Osiyo Kubogining hal qiluvchi final bekatiga qadar Yaponiya va Qatar terma jamoalari etib kelishdi. Har ikkala jamoa finalgacha ancha uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tishdi.


Japan

Takumi Minamino - 69'

Asian Cup Final . final-tur

01/02/2019, 18:00

3
:
1
Tugadi

Qatar

Almoez Ali - 12', Abdulaziz Hatem - 27', Akram Afif - 83'

Stadion: Zayed Sport City Stadium, 36776 tomoshabin

Bosh hakam: Ravshan Irmatov

45'
90'
20'  Gaku Shibasaki
62'  Genki Haraguchi (Yoshinori Muto)
69'  Takumi Minamino
69'  Yuya Osako
82'  Maya Yoshida
84'  Tsukasa Shiotani (Junya Ito)
87'  Hiroki Sakai
89'  Takumi Minamino (Takashi Inui)
12'  Almoez Ali
12'  Akram Afif
27'  Abdulaziz Hatem
27'  Akram Afif
61'  Boualem Khoukhi (Salem Al Hajri)
74'  Hassan Al Haidos (Karim Boudiaf)
83'  Akram Afif
84'  Akram Afif
90'  Pedro Miguel
90'  Almoez Ali (Ahmed Alaaeldin)

Reyting: +81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика