Osiyo Kubogi: Eron terma jamoasi
30 dek 2014 17:00
Yangiliklar


Osiyo Kubogi: Eron terma jamoasi
Eron terma jamoasi
Laqablari: Melli jamoasi, milliy jamoa
Sardori: Javad Nekunam
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Ali Dai (149)
To'purari: Ali Dai (109)
FIFA reytingidagi o'rni: 51
Birinchi uchrashuvi: Afg'oniston – 0:0 (1941 yil 1 yanvar, +obul)
Eng yirik g'alabasi: Guam – 19:0 (2000 yil 24 noyabr, Tabriz)
Eng yirik mag'lubiyati: Turkiya – 1:6 (1950 yil 28 may, Istanbul)
Erishgan yutuqlari: Osiyo Kubogi sohibi (1968, 1972, 1976), Osiyo o'yinlari g'olibi (1974, 1990, 1998)
Bosh murabbiy Karlos Keyrush futbol olamida ko'zga ko'ringan mutaxassislardan biri hisoblanadi. U “Sporting”, “Manchester Yunayted” va “Real” singari mashhur jamoalarda faoliyat olib borgan. BAA va JAR terma jamoalarini boshqargan. U Eronni Braziliyadagi mundialga olib borishga muvaffaq bo'ldi. Osiyo Kubogida ham u yaxshi natija bilan o'zini ko'rsatishga intilishi tabiiy.
Karlos Keyrush
Tug'ilgan sanasi: 01.03.1953.
Tug'ilgan joyi: Nampula, Mozambik.
Futbolchilikdagi ampluasi: darvozabon.
O'ynagan jamoasi: 1974-78 Ferroviario Nampula.
Boshqargan jamoalari: 1990–1991 Portugaliya U-20 termasi, 1991–1993 Portugaliya milliy terma jamoasi, 1994–1996 Sporting, 1996 Nyu-York Metrostarz, 1996–1997 Nagoya Grampus Eyt, 1999 BAA milliy terma jamoasi, 2000–2002 JAR milliy terma jamoasi, 2002–2003 Manchester Yunayted (yordamchi), 2003–2004 Real, 2004–2008 Manchester Yunayted (yordamchi), 2008–2010 Portugaliya milliy terma jamoasi, 2011 yil 4 apreldan Eron terma jamoasida.
Erishgan yutuqlari: 17 va 19 yoshgacha jamoalar o'rtasida Evropa vice-chempioni (1988), yoshlar o'rtasida jahon chempioni (1990, 1991), o'smirlar o'rtasida Evropa chempioni (1989), o'smirlar o'rtasida jahon chempionati sovrindori (1989), yoshlar o'rtasida Evropa vice-chempioni (1990), Portugaliya Kubogi sohibi (1994-95), Ispaniya Superkubogi sohibi (2003-04).
Eron terma jamoasida kuchli va etakchi futbolchilar etarlicha topiladi. Darvozabon Xagigi Portugaliyada o'ynab kelmoqda va Osiyoning eng kuchli darvozabonlardan biriga aylanishi bashorat qilinmoqda. Himoyada Husro Haydari, Ehson Hojsafi va Jalol Hussayni katta tajribaga ega. Ayniqsa, Hojsafi hujumga qo'shilish chog'ida deyarli qanot hujumchisiga aylana oladi. Yarim himoyada jamoa sardori Nekunam, Teymuriyan va Dejaga muhim o'rin tutadi. Har uch futbolchiga Evropada o'ynash tajribasi katta yordam berishi aniq. Hujumchilardan G'uchannajod va Azmun raqiblarga katta muammo yaratish imkoniyatiga ega.
Darvozabonlar |
|||
Alirizo Xagigi |
10 |
0 |
Penafiel, Portugaliya |
Muhsin Foruzan |
1 |
0 |
Istiqlol |
Alirizo Beyranvand |
0 |
0 |
Naft |
Himoyachilar |
|||
Xusro Haydari |
53 |
0 |
Istiqlol |
Ehson Hojsafi |
66 |
3 |
Sepaxan |
Jalol Hussayni |
89 |
6 |
Al Ahli, Qatar |
Hussayn Sodig'i |
20 |
1 |
Istiqlol |
Hoshim Bekzoda |
17 |
1 |
Istiqlol |
Vuria G'ofuri |
1 |
0 |
Sepaxan |
Ramin Rizoian |
0 |
0 |
Raxaxan |
Murtazo Puraliganji |
0 |
0 |
Naft |
Yarim himoyachilar |
|||
Javad Nekunam |
144 |
37 |
Osasuna, Ispaniya |
Masud SHojai |
54 |
5 |
Al SHahania, Qatar |
Alirizo Jahonbaxsh |
11 |
1 |
NEK, Gollandiya |
Andranik Teymuriyan |
83 |
8 |
Traktorsozi |
Ashkan Dejaga |
18 |
4 |
Al Arabi, Qatar |
Omid Ibrohimi |
6 |
0 |
Istiqlol |
Vohid Amiri |
0 |
0 |
Naft |
Hujumchilar |
|||
Karim Ansarifard |
44 |
9 |
Osasuna, Ispaniya |
Rizo G'uchannajod |
18 |
11 |
Al Quvayt, Quvayt |
Sardor Azmun |
3 |
1 |
Rubin, Rossiya |
Behzod Nazarov tayyorladi

Fikrlar