So’nggi yangiliklar

18:05Ди Мария фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 17:38Кроос Медиалигани ишга туширди, иштирокчилар орасида ўнлаб футбол юлдузлари бор  0 17:11"Ал Насср" ҳимоячиси Европага қайтиш учун маоши сезиларли даражада камайишига ҳам рози  2 16:46"Менинг уйим – фақатгина "Манчестер Юнайтед"  7 16:17"Моуринью миянгизга қандай кириб боришни билади"  1 15:49Винисиус: "Биз Мбаппени эҳтиёт қилишимиз ва ёрдам беришимиз керак"  3 15:16"Пахтакор" стадиони ёпилди, клуб қачон уни таъмирдан чиқаради?  15 14:49Азиз Асимов йўқ пенальтини қўйган. 14-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  10 14:20Наҳотки?! "Қизилқум" бугун "Андижон"га қарши иккинчи таркиб билан тушадими?  13 13:44Ўзбекистонда ўтадиган футзал бўйича Жаҳон чемпионати-2024 тимсоли эълон қилинди  10 13:22Эркин фикр: Олимпиада футболдан воз кечиши керак  11 13:00Бугун Олимпиадада иштирок этадиган спортчиларимизнинг иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:53Флик: "Биз тўғри йўлдамиз, ҳали яна қўшишимиз мумкин"  5 12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  4 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  16

Osiyo Kubogi. Biz Xitoydan qanchalik kuchlimiz? Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Biz Xitoydan qanchalik kuchlimiz?

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatining 2-tur uchrashuvini o'tkazadi.
Bugun futbolchilarimiz Brisbendagi "Brisben Stadium"da Xitoyga qarshi maydonga tushishadi. Bu stadionni shaharliklar boshqacha nom bilan "Suncorp Stadium" ham deyishar ekan. Mana shaharga kelganimizga ikki kundan oshdi. Brisben Sidney bilan solishtirganda ancha tinch ekan. Ko'chada odamlarni gavjum deb bo'lmaydi. Aksariyat magazin va do'konlar kechqurun soat 10da yopiladi. Sidneyda esa aksincha, kechqurun soat 10dan boshlab to sahar to'rtgacha hayot qaynaydi.

SHaharga ko'nikib ketish qiyin kechmadi. Biz turgan mehmonxonadan stadionga borish birmuncha yaqin ekan. Sidneyda stadiongacha bir soat yurardik. Bu erda esa o'n daqiqaga qolmay etib olasiz. Kecha birinchi marta "Brisben Stadium"ga bordik va odatdagidek kechgacha o'sha erda ishladik. Stadion sig'imi 52 ming tomoshabinga mo'ljallangan. SHaroitlar hammasi joyida. Umuman olganda, Avstraliyadagi har bir o'yingoh OFK talabiga to'liq mos keladi deya olamiz. Bu erda hakamlar, rahbarlar, futbolchilar, jurnalistlar va muxlislar umuman alohida-alohida yo'lakchalardan o'tishadi. Bizdagi stadionlarga o'xshab bitta eshikdan kirib-chiqishmaydi. Deyarli har qadamda qizil-oq ranglardan iborat futbol va shortik kiyib olgan volontyor (ko'ngilli xizmatchi)larni uchratasiz. Go'yoki har bir harakatingizni kuzatib turgandek.



Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumani tashkil qilindi. Sidneydagiga nisbatan odam ko'p kirdi. Zalda yig'ilganlarning ko'pchiligi xitoylik hamkasblar emasmi, savollar ham asosan xitoy tilida yangradi. Dastlab Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Alan Perrin savollarga javob qaytardi. Savol xitoy tilida beriladi, Perrinning yonida tirgan tarjimon savolni francuzchaga o'giradi. O'ng tomonda chetda o'tirgan kishi esa savolni inglizchaga tarjima qiladi. Alan Perrin savolga javob qaytarib bo'lgach (albatta, o'z tilida), yonidagi tarjimon bu safar xitoychaga o'giryapti, chetdagi kishi esa inglizchaga. Bu yoqda men o'zbekcha tarjima qilib turibman, Narzulla esa yozyapti. Xullas, bitta savol-javob to'rt tilda: xitoycha – francuzcha – inglizcha - o'zbekchada yangraydi. Qoyilmisiz?! Natijada matbuot anjumani yarim soatga cho'zildi.


"www.sohu.com" muxbiri Li Peyning aytishicha, terma jamoa bosh murabbiyi ingzliz tilida balodek gapira oladi, biroq har safar francuzchada javob qaytarar ekan. "Faqat tor doiradagi kishilar bilan ingliz tilida suhbatlashadi" - deydi u. Xo'sh, Alan Perrin haqida nimalarni bilamiz? Franciyalik murabbiy 1956 yilda tug'ilgan. Futbolchilik davrida katta jamoalarda o'ynamagan, asosan "Nansi"da to'p tepgan. Murabbiylik faoliyatini esa 1993 yilda boshlagan va shu paytgacha "Trua", "Marsel", "Sosho", "Lion", "Sent-Eten" (barchasi Franciya), "Portsmut" (Angliya), "Al Ayn" (BAA), "Al Xor", "Al Garafa", "Umm Salal" (hammasi Qatar) klublarini boshqargan. SHuningdek, bir muddat Qatar olimpiya terma jamoasiga ham ustozlik qilgan. O'tgan yildan boshlab esa Xitoy milliy termasi bosh murabbiyi hisoblanadi.



Alan Perrin birmuncha quvnoq odam ekan. Ko'p savollarga bamaylixotir, kulib javob qaytardi. "O'zbekiston terma jamoasidan kimlarni ajratib ko'rsata olasiz?" degan savolga Server Jeparov bilan Temur Kapadzeni aytib o'tdi. Biz esa murabbiydan "Xitoy Osiyo kuboklarida hali O'zbekistonni mag'lub etmagan. Bu statistika ertangi o'yin oldidan sizga bosim yuklaydimi?" deb so'radik. SHunda franciyalik mutaxassis bu o'yinlar tarixda qolganini va navbatdagi bahs umuman boshqacha bo'lishini aytib o'tdi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Mirjalol Qosimov Odil Ahmedov bilan tashrif buyurdi. Ingliz tilini biladigan xitoyliklar inglizchada savol yo'llashdi, bilmaydiganlar esa jim qarab turishdi. Mirjalol Qosimov Xitoy haqida to'xtalar ekan, ularda davrvozabon, ikkala qanot himoyachilari, shuningdek yarim himoyachilar kuchli ekanligini alohida takidladi. Asosiy xavf 10-raqamda to'p tepadigan futbolchidan kelishini aytib o'tdi. Aytgancha, 10-raqamli futbolchi Jeng Ji bo'lib, u "Guangju Evergrand"da o'ynaydi, 2013 yil "Osiyoning eng yaxshi ftubolchisi" deb topilgan. Yarim himoyachi Odil Ahmedovga Qatar-2011dagi Xitoy bilan hozirgisini solishtira olasizmi deb murojaat qilishdi. SHunda Odil Ahmedov oradan to'rt yil o'tganini, shuningdek Xitoy ishtirokidagi bellashuvlarni har doim ham ko'rmasligini va taqqoslay olmasligini aytdi.

Matbuot anjumani tugaganidan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yin bo'lib o'tadigan stadionda mashg'ulot o'tkazdi. Xitoy termasi esa "Perri Park" maydoniga yo'l oldi. Bilasiz, xitoyliklar 1-turda Saudiya Arabistonini 1:0 hisobida mag'lub etishdi. O'zbekiston esa KXDR ustidan shu hisobda zafar quchdi. Demak, har ikkala jamoada uch ochkodan bor va kim g'alaba qozonsa keyingi bosqichga chiqish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ladi. O'zbekiston - Xitoy uchrashuvida stadion to'ladimi-yo'qmi, bilmadigu lekin yuzdan ziyod OAV vakillari kelsa ajab emas. Bundan tashqari, 5 ming nafardan ko'p xitoylik ishqibozlar kelishi kutilmoqda. Anzur Ismoilovning aytishicha, Xitoy terma jamoasi oxirgi yillarda yaxshigina o'sishga erishgan va ularga qarshi bahs oson bo'lmaydi. "Xitoyni qo'llab-quvvatlash uchun qancha muxlis kelsa kelaversin, - deydi shu mamlakatning "CHanchung Yatay" klubida to'p tepayotgan Ismoilov. - Bu bizga hech qanday bosim o'tkaza olmaydi. Stadion qancha to'lsa, biz shuncha yaxshi o'ynashga harakat qilamiz. Xitoydan qo'rqishimizga hech qanday asos yo'q".



Kecha yana bir qiziq, ko'ngilni shod qiladigan voqea ro'y berdi. Matbuot anjumani yakuniga etganidan so'ng odatdagidek media-markazda ishlab o'tirsak, O'FF matbuot kotibi Baxtiyor Mametov oldimizga kelib, futbolimiz rahbari Mirabror Usmonov ham stadionda ekanligini va O'zbekistondan kelgan jurnalistlar bilan ko'rishmoqchiligini aytdi. Natijada pastga tushib, stadiondan chiqaverishda O'FF rahbarini kutib turdik. Mirabror Usmonov yonida Sardor Rahmatullaev (O'FF vice-prezidenti), Asqar Tolibjonov (Terma jamoalar markazi direktori), Farhod Magometov (PFL bosh direktori) hamrohligida chiqib keldi. U kishi hamma bilan birma-bir ko'rishib chiqqach, bu erda OAVga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi va barchamizdan terma jamoani duo qilib turishimizni so'radilar.  

Xayrulla Xoliqov
Brisben, Avstraliya.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика