So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  4 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  8 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Osiyo Kubogi: BAA terma jamoasi Yangiliklar

Osiyo Kubogi: BAA terma jamoasi

Qita chempionati final bosqichi ishtirokchilari bilan tanishtirishni BAA terma jamoasi bilan davom ettiramiz.
BAA oxirgi yillarda katta o'sishga erishdi. “Oltin avlod” deb tarif berilgan yoshlar dastlab qita chempionatida g'alaba qozonishdi. Keyin jahon chempionatida yaxshi ishtirok etib, Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Ko'rfaz Kubogidagi g'alaba ham aynan ularning xizmatiga evaziga qo'lga kiritildi. Saralash bosqichida amirliklar termasi biz bilan bir guruhdan joy olib, o'z maydonida 2:1 hisobida zafar quchdi. Toshkentda esa 1:1 hisobi qayd etilgandi. Jamoa hozir ancha hujumkor o'yin namoyish etishga moslashgan. Jarohatlangan bir necha etakchi o'yinchilarning safga qaytishi BAAga yordam berishi tabiiy.



Laqabi: "Oqlar"
Bosh murabbiyi: Mahdi Ali
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Adnan Talyani (161)
To'purari: Adnan Talyani (52)
FIFA reytingidagi o'rni: 85
Birinchi rasmiy o'yini: Qatar - 1:0 (Saudiya Arabistoni, 1972 yil 17 mart)
Eng yirik g'alabasi: Bruney - 12:0 (Bruney, 2001 yil 14 aprel)
Eng yirik mag'lubiyati: Braziliya - 0:8 (Abu Dabi, BAA, 2008 yil 12 noyabr)
Jahon chempionatida 1990 yil ishtirok etgan. Osiyo Kubogida 7 bor qatnashib, 1996 yil finalda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy bergan. Ko'rfaz Kubogida 2 marta g'alaba qozongan.

Bosh murabbiy Mahdi Ali futbolchilarning aksariyatiga anchadan buyon ustozlik qilib kelyapti, aniqrog'i ularning o'smirlik davridan boshlab. 16 nafar futbolchi 25 yoshdan kichik ekanligi buni ko'rsatib turibdi. Ali jahon chempionati va Olimpiadada shogirdlari bilan ishtirok etdi, Ko'rfaz Kubogida zafar quchdi. Osiyo o'yinlarida jamoa bilan finalga chiqdi. U futbolchilar va jamoaning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Hozirgi o'yin uslubini ham o'zi shakllantirib keldi. Osiyo Kubogi Mahdi Ali uchun yana bir chorlov. U ijobiy natija bilan o'zini ko'rsatishni juda xohlashi tabiiy.

Mahdi ALI
Tug'ilgan sanasi:
20.04.1965
Futbolchilikdagi poziciyasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoasi: 1983–1998   “Al Ahli”
Boshqargan jamoalari: 2003 BAA U-16 (yordamchi), 2008 BAA U-19, 2009–2010 “Al Ahli”, 2009 BAA U-20, 2011 “Baniyas”, 2010–2012 BAA U-23, 2012 yildan buyon BAA milliy terma jamoasida.



BAA terma jamoasida barcha futbolchilar milliy chempionatda to'p tepishadi. Umar Abdulrahmonga o'tgan yili “Arsenal” qiziqish bildirgandi, biroq “Al Ayn” klubi rahbariyati unga javob berishni istamadi. CHunki Umar jamoa o'yinini tashkil etuvchi asosiy futbolchilardan biri. Oxirgi paytlarda jarohati sababli terma jamoadagi ko'plab bellashuvlarni o'tkazib yubordi. Undan tashqari Habib Fardan, Amir Abdulrahmon, Ali Mabhut va Ahmad Halil BAA termasining etakchi futbolchilari sanaladi. Jamoaning himoya chizig'i va darvozabonlarini unchalik kuchli deb bo'lmaydi, lekin yarim himoya va hujumdagi faollik evaziga istalgan raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatish imkoniyatigi ega.



Terma jamoa tarkibi
Darvozabonlar

Majid Nosir     "Al Vasl"
Ali Hasif     "Al Jazira"
Holib Isa     "Al Ayn"

Himoyachilar
Muhammad Favzi   "Baniyas"
Abdulaziz Hussayn   "Al Ahli"
Abdulaziz Sanqur   "Al Ahli"
Hamdan Kamoli   "Al Vahda"
Muhammad Ahmad   "Al Ayn"
Muhammad Ismoil   "Al Ayn"
Muhannad Salim   "Al Ayn"

Yarim himoyachilar
Ismoil Hammadi   "Al Ahli"
Hassan Ibrohim   "Al SHabab"
Majid Hassan     "Al Ahli"
Hamis Ismoil     "Al Jazira"
Habib Fardan     "Al Nasr"
Amir Abdulrahmon   "Baniyas"
Habush Solih     "Baniyas"
Muhammad Abdulrahmon   "Al Ayn"
Umar Abdulrahmon   "Al Ayn"

Hujumchilar
Ali Mabhut     "Al Jazira"
Ahmad Halil     "Al Ahli"
Salim Solih     "Al Vahda"
Said Katiri     "Al Vahda"


Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика