Osiyo Kubogi. 80 yillik rekord yangilandi
19 jan 2015 15:42
Yangiliklar

Osiyo Kubogi. 80 yillik rekord yangilandi
Avstraliyada bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi bir nechta qiziqarli voqealarni taqdim etmoqda.
Xususan shu paytgacha 20ta uchrashuv bo'lib o'tgan bo'lsa, hozircha birortasida durang qayd etilmadi. Hisob-kitoblarga ko'ra, bunaqasi jahon va Evropa chempionati, Kopa Amerika, Afrika millatlar kubogi kabi musobaqalarda hali uchramagan ekan. Faqatgina 1930 yilgi jahon chempionatidagina ketma-ket 18 o'yinda durang qayd etilmagandi.
Kechagi bahslarda O'zbekiston terma jamoasining Saudiya Arabistonini 3:1 hamda Xitoyning KXDRni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishi durang qayd etilmagan ketma-ket uchrashuvlar sonini 20taga etkazdi. Bundan tashqari, BAA vakili Ali Mabxutning 14-soniyadayoq Bahrayn darvozasiga to'p kiritishi Osiyo chempionatlari tarixidagi eng tezkor golga aylandi. Qolaversa, yaponiyalik Yasuxito Endi terma jamoadagi 150-o'yinini mana shu turnirda Falastinga qarshi o'tkazdi.

Fikrlar