Osiyo Kubogi-2023'dagi birinchi qizil kartochkani tojikistonlik futbolchi oldi
17 jan 2024 22:51
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2023'dagi birinchi qizil kartochkani tojikistonlik futbolchi oldi
Tojikiston va Qatar o'rtasidagi o'yinda Osiyo Kubogi musobaqasining ilk qizil kartochkasi ko'rsatildi.
Uchrashuvning 81-daqiqasida Tojikiston terma jamoasi azosi Amadoni Kamolov raqibga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi.
Yaponiyalik hakam Xiroyuki Kimura avvaliga lateralga sariq kartochka ko'rsatdi, biroq keyin VAR yordamidan foydalanib, qarorini o'zgartirdi va Tojikiston vakiliga qizil kartochka ko'rsatdi.
Fikrlar