So’nggi yangiliklar

00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  8 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  7 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2

Osiyo kubogi-2023. O'zbekistonga 1/8 finalda qaysi jamoa raqib bo'ladi? Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. O'zbekistonga 1/8 finalda qaysi jamoa raqib bo'ladi?

Hamyurtlarimizga keyingi bosqichda duch kelmasligi aniq bo'lgan jamoa muammo tug'dirishi mumkin.

Qatar yashil maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo kubogining so'nggi tur o'yinlariga start berildi. 

Bugun "B" guruhida 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi va pley-off ishtirokchilari aniqlanadi. Srechko Katanec qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Ayni damda ikki jamoa guruhda yonma-yon joylashgan. Avstraliyani mag'lubiyatdan boshqa har qanday natija peshqadamlikni taminlasa, O'zbekiston terma jamoasidan guruh g'olibiga aylanishi uchun g'alaba talab etiladi, biroq durang ham 2-o'rinni kafolatlaydi. Mazkur to'qnashuv oldidan hamyurtlarimizga pley-off bosqichida ro'baro' kelishi mumkin bo'lgan raqiblar to'g'risida mulohaza yuritamiz.

Guruhda 1-o'rin

Ehtimoliy raqiblar: Xitoy (25%), Falastin (35%), Indoneziya (40%).

O'zbekiston terma jamoasi guruh g'olibi sifatida nimchorak finalda A/C/D guruhida 3-o'rinni egallagan jamoalardan biri bilan to'qnash keladi. "A" guruhida Xitoy uchta o'yin o'tkazib bo'ldi va 3-o'rinni tayin qildi. Biroq olti guruhdan to'rtta uchinchi o'rin sohibi keyinga bosqichga yo'l olishini inobatga olsak, 2 ochko jamg'argan Xitoyning pley-off bosqichida ishtirok etish imkoniyati past. 

"C" guruhidagi Falastin so'nggi turni Gongkongga qarshi o'tkazadi va jamoada kerakli natija qayd etish uchun imkoniyat etarlicha. Biroq uchrashuv durang natija bilan yakunlangan taqdirda, arab mamlakatiga ham ochkolar etmay qolishi mumkin.

"D" guruhidagi Indoneziya esa 3 ochkoni naqd qilib ulgurgan. Garchi jamoa so'nggi turda Yaponiyaga qarshi bahs olib borsa ham, yutqazgan taqdirda ham quyi pog'onaga tushib ketmasa kerak.

O'zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda ham zafar quchgan taqdirda "F" guruhi g'olibi — "E" guruhi 2-o'rin sohibi qarama-qarshiligi g'olibi bilan to'qnash keladi. Ayni damda "F" guruhida Saudiya Arabistoni etakchilik qilayotgan bo'lsa, "E" guruhi 2-pog'onasidan Janubiy Koreya o'rin egallagan.

Guruhda 2-o'rin

Ehtimoliy raqiblar: O'mon (40%), Tailand (35%), Saudiya Arabistoni (25%).

O'zbekiston terma jamoasi guruhda 2-o'rinni qo'lga kiritgan taqdirda "F" guruhida 2-o'rinni egallagan jamoa bilan yuzma-yuz keladi. Ayni damda ushbu guruhda Saudiya Arabistoni peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, Tailand uni taqib qilmoqda. So'nggi turda mazkur ikki jamoa uchrashadi. SHuningdek, O'mon ham 2-o'rin ilinjida yirikroq g'alabaga erishishga intiladi. Qirg'iz Respublikasi ham anoyi raqib emas, biroq baribir arablarning imkoniyati yuqoriroq baholanmoqda. Saudiya Arabistoniga durang natija ham peshqadamlikni kafolatlaydi. Tailand ham 1 ochko evaziga 2-o'rinni naqd qiladi. Biroq Saudiya Arabistoni oxirgi turda maydonga tarkibni tashlashi yoki guruh g'olibligini Tailandga "sovg'a qilib yuborishi" mumkin. Sababi mazkur guruh g'olibi yuqorida takidlaganimizdek, "E" guruhida 2-o'rinni egallagan jamoaga ro'baro' keldi. Ushbu o'rinda turgan Janubiy Koreya esa so'nggi turda g'alaba qozonib ham etakchiga aylana olmasligi mumkin. Sababi, 1-o'rindagi Iordaniyada to'plar nisbati yaxshiroq va ular so'nggi turda ham ko'proq gol urishga intilishadi. Agar koreyslar 2-o'rinda qolib ketgan taqdirda, Saudiya Arabistoni guruh g'olibligidan voz kechib, kuchli Janubiy Koreya o'rniga qulayroq raqib hisoblangan O'zbekiston variantini tanlashi mumkin. Saudiyaliklar koreyaliklardan keyinroq o'yin o'tkazishini hisobga olsak, arablar kutish rejimiga amal qiladi.

O'zbekiston terma jamoasi mazkur kvartet bo'yicha 1/8 finalda g'olib chiqqan taqdirda "A" guruhi g'olibi Qatar hamda C/D/E guruhlaridan birining 3-o'rin sohibi o'rtasidagi bellashuv g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

Guruhda 3-o'rin

Ehtimoliy raqiblar: Iroq yoki Eron (60%), BAA (40%)

O'zbekiston terma jamoasi guruhda 3-o'rinni qo'lga kiritgan taqdirda "C" yoki "D" guruhi g'olibiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur guruhda Eron 6 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 4 ochko bilan BAA forslarni taqib qilmoqda. Biroq G'alinoi shogirdlarini 3-turdagi o'zaro qarama-qarshilikda durang ham qoniqtiradi va jamoaning mag'lubiyatga uchrash ehtimoli past baholanmoqda.

O'zbekiston mazkur yo'nalish bo'yicha 1/8 finalda Eronni enggan taqdirda "E" guruhi g'olibi — "D" guruhi 2-o'rin sohibi qarama-qarshiligida zafar quchgan jamoa bilan to'qnash keladi. "E" guruhida Iordaniya peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "D" guruhida Yaponiya 2-o'rinni egallab turibdi. Katta ehtimol bilan mazkur juftlik nimchorak finalda uchrashadi.

"D" guruhi g'olibi Iroq mag'lub etilganda esa Tojikiston — "C" guruhi 2-o'rin sohibi (BAA) juftligi g'olibi chorak finalda bizga raqib bo'ladi. 

Nima bo'lgan taqdirda ham O'zbekiston terma jamoasining faqat va faqat g'alaba uchun maydonga chiqishini istab qolamiz. Zero, chempionlikni maqsad qilgan jamoaning raqib tanlashi ham mantiqan to'g'ri kelmaydi. Hamyurtlarim qanday natija qayd etishidan qati nazar ularni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. Bazan kutilgan natijaga erishilmagan taqdirda ham mardonavor o'yin bilan muxlislar mehrini qozonish mumkin.

TURNIR JADVALI

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика