So’nggi yangiliklar

20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  8 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  2 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   86 18:48Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" - "Динамо": Асосий таркиблар маълум  7 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   4 17:55"Челси" сал кам 100 миллион долларга сотиб олган футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 17:25"Реал" етакчиларидан бирининг келажаги борасида қарор қабул қилди  1 16:46Футзал. Ўзбекистон кубоги чорак финал ўйинлари тақвими маълум  0 16:10"Реал" Анчелоттига янги "лавозим" таклиф қилади  22 15:48"Бунёдкор" - ОКМК учрашувидан галерея  0 15:29Иззатов, Ғуломов, Бозоров, Собиров ва бошқалар ... Суперлига 7-тур рамзий терма жамоаси   2 15:06Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичидан кейин тўпурарлар пойгасида вазият қандай?  0 14:25"Челси" туркиялик футболчи учун 100 млн евро беришга тайёр  7 13:58МЛС клуби Поль Погба билан музокара ўтказди  0

Osiyo kubogi-2023. Iroq va Qatar ishtirokidagi o'yinlar prevyusi Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Iroq va Qatar ishtirokidagi o'yinlar prevyusi

Bugun Osiyo kubogi 1/8 final uchrashuvlari davom ettiriladi.

Iroq — Iordaniya

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa 1964 yildan beri 46 marotaba o'zaro to'qnash kelgan bo'lib, ularning 24 tasida Iroq, 9 tasida Iordaniya g'alaba qozongan, 13 uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 70-46, Iroq foydasiga.

Osiyo kubogidagi natijalar

Iroq turnirda 10 marotaba ishtirok etgan bo'lib, 2007 yilgi musobaqada chempionlikka erishgan. 

Iordaniya 5 marotaba qita birinchiligida qatnashgan va ikki marotaba chorak finalga qadar etib borgan.

Turnirdagi ishtirok

Iroq "D" guruhida Yaponiya, Indoneziya va Vetnam bilan kuch sinashib, peshqadam sifatida pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Iordaniya "E" guruhida Bahrayn, Janubiy Koreya va Malayziya bilan kurashib, 3-o'rin bilan nimchorak finalga yo'l oldi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Iroq terma jamoasini 12.35 mln evro, Iordaniya terma jamoasini esa 13.65 mln evroga baholagan.

Iroqning eng qimmat futbolchisi Danilo Al Said (1.5 mln evro), Iordaniyada esa Musa Al Tamari (6 mln evro) hisoblanadi.


Murabbiylar fikri

Xesus Kasas (Iroq bosh murabbiyi): "Turnir avvalidagi ruhni hamon saqlab turibmiz. Uchta o'yindan keyin o'zimizga bo'lgan ishonchimiz ortdi. Yaponiyani mag'lub etganimiz ham ajoyib ish bo'ldi. Agar Osiyo kubogida chempion bo'lishni istasak, yanea to'rt uchrashuvda g'alaba qozonishimiz darkor. Bu oson bo'lmaydi, chunki musobaqada kuchli jamoalar yig'ilgan. Biz ham chempionlik uchun kurashamiz. Bo'lajak bellashuv ikki jamoa uchun ham qiyin o'tadi. Biz bir xil o'yin uslubiga egamiz. Iordaniya oson raqib emas. Futbolda mukammallik muhim, agar shunday o'yin namoyish etsak, g'alaba qozonishimiz mumkin. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin".

Husayn Ammuta (Iordaniya bosh murabbiyi): "Iroqqa qarshi o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Raqib tarkibida kuchli o'yinchilar bisyor. Biroq biz ham yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, yigitlar bor kuchini sarf etishga tayyor. G'alaba qozonishni istagan jamoa faqat himoyaga etibor qaratmaydi. Bizda mohir hujumchilar bor va biz Iroqni hayratda qoldirmoqchimiz. Men o'z jamoamga ishonaman".

Faktlar

- Iroq Iordaniyaga qarshi so'nggi besh uchrashuvda mag'lubiyatga uchramagan (2 g'alaba, 3 durang). 

- Iroq turnirda ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozondi. 

- Iordaniya shu paytga qadar pley-off bosqichining barchasida mag'lubiyatga uchradi.

- Ayman Husayn turnirda 5 ta gol urgan holda to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Imkoniyatlar(%): 40-30-30

Qatar — Falastin

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa o'zaro 9 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, ularning 7 tasida Qatar g'alaba qozongan, yana 2 uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 12-4, Qatar foydasiga.

Osiyo kubogidagi natijalar

Qatar 10 marotaba turnirda ishtirok etib, so'nggisida kubokni boshi uzra yuqori ko'targan. 

Falastin 2 marta musobaqada qatnashib, guruh bosqichida ishtirokini yakunlagan.

Turnirdagi ishtirok

Mezbon Qatar "A" guruhida Tojikiston, Xitoy va Livanni mag'lub etib, peshqadam sifatida 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Falastin "C" guruhida Eron, BAA va Gongkong bilan raqobatlashib, 3-o'rin bilan kifoyalandi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Qatar terma jamoasini 15.9 mln evro, Falastin terma jamoasini esa 6.68 mln evroga baholagan.

Qatarning eng qimmat futbolchisi Akrom Afif (4.5 mln evro), Falastinda Oday Dabbag (1.5 mln evro) hisoblanadi.


Murabbiylar fikri

Markes Lopes (Qatar bosh murabbiyi): "Futbolda oson o'yinlar bo'lmaydi, ayniqsa, bu darajadagi musobaqalarda... Biz har bir o'yinda raqobatlashayapmiz. Umuman olganda, guruh bosqichida yaxshi o'yin namoyish etdik va barchaga o'yin amaliyoti taqdim etishga harakat qildik. Men hujumkor futbolni yaxshi ko'raman, lekin har doim hujum va himoya o'rtasidagi muvozanatni topishimiz kerak. Futbolchilarimiz ko'rsatmalarni to'g'ri bajarayotgani tufayli hali darvozamizdan gol o'tkazib yubormadik. Falastin jasorat bilan o'ynaydigan jamoa sanaladi. Ularning kuchli tomonlarini bilamiz va bor kuchimiz bilan kurashamiz. Biz ularni hurmat qilamiz, lekin natijaga erishish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Men futbolchilarga 100 emas, 200 foiz ishonaman. Qiyin o'yin bo'ladi, lekin keyingi bosqichga yo'l olishni istaymiz".

Makram Dabub (Falastin bosh murabbiyi): "Nimchorak finalda ishtirok etayotganimiz muhim ahamiyatga ega edi va bu bosqichda har qanday raqibga qarshi to'qnash kelishga tayyor edik. Qatar mezbon, shu bois muxlislari qarshisida o'ynaydi, bu ham ularga qo'shimcha bosim yuklaydi. Biz esa turnirdagi asosiy maqsadimizga erishdik, shuning uchun bosimsiz o'ynaymiz. Imkon boricha o'yin namoyish etamiz, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin".

Faktlar

- Ikki jamoa Osiyo kubogida ilk marotaba to'qnash keladi. Qatar o'zaro so'nggi 5 o'yinda darvozasidan to'p o'tkazib yubormagan.

- Qatar Osiyo kubogidagi so'nggi 10 ta o'yinda g'alaba qozondi, bu turnir tarixidagi ikkinchi eng uzun seriya (Eron 1968 yildan 1976 yilga qadar ketma-ket 13 g'alabaga erishgan) hisoblanadi.

- Falastin guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda kamida bitta gol urdi.

- Falastinlik Musab Al Battat guruhda barcha o'yinchilarga qaraganda ko'proq kross (20) amalga oshirdi.

Imkoniyatlar(%): 45-30-25

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика