Osiyo Kubogi-2019. Yaponiya VAR sababli yarim finalda, Vetnamga esa shunchaki qoyil
24 jan 2019 19:54
Yangiliklar


Osiyo Kubogi-2019. Yaponiya VAR sababli yarim finalda, Vetnamga esa shunchaki qoyil
Osiyo Kubogi. CHorak final
Vetnam - Yaponiya 0:1
24 yanvar 2019 yil. Dubay. "Al Maktum" stadioni. 8954 tomoshabin.
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Muhammad (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahri (ikkisi BAA)
Zaxira hakami: Ammar Al Junaybi (BAA)
Video assistent referi: Kristofer Bit (Avstraliya)
Video assistent referi yordamchilari: Muhammad Taqi Jahari (Singapur) va Paulo Valeri (Italiya)
Gol: Ritsu Doan 57 penalti, - 0:1.
Vetnam: 23.Dang Van Lam, 2.Do Duy Man, 3.Kue Ngog Xai (S), 4.B.T.Dung, 5.Doan Van Xau, 7.Nguen Xuy Xung (9.Nguen Van Toan, 54), 8.Nguen Trong Xoang (12.Nguen Pxong Xong Duy, 63), 10.Nguen Kong Pxuong, 16.Do Xung Dung, 19.Nguen Kuang Xai, 20.Pxan Van Duk (6.Luong Xuan Truong, 75), 23.Dang Van Lam.
Zaxira: 1.B.Tien Dung, 11.Ngan Van Dai, 13.Nguen Tuan Man, 14.Tran Min Vuong, 15.Pxam Duk Xuy, 17.Xo Tan Tai, 18.Xa Duk CHin, 21.Nguen Tan CHung, 22.Nguen Tien Lin.
Yaponiya: 12.SHuichi Gonda, 5.Yuto Nagatomo, 6.Vataru Endo, 7.Gaku SHibasaki, 8.Genki Xaraguchi (10.Takashi Inui, 78), 9.Takumi Minamino (18.Cukasa SHiotani, 89), 11.Koya Kitagava (15.Yuya Osako, 72), 16.Tomiyasu Takexiro, 19.Xiroki Sakai, 21.Ritsu Doan, 22.Maya Yoshida (S).
Zaxira: 1.Masaaki Xigashiguchi, 2.Genta Miura, 3.Sei Muroya, 4.SHo Sasaki, 14.Ito Junya, 20.Tomoaki Makino, 23.Daniel SHmidt.
Vietnam |
Asian Cup Quarter Finals . 1/4-tur 24/01/2019, 18:00 1
:
0
Tugadi
|
Japan Ritsu Doan - 57' |
Stadion: Al Maktoum Stadium, 8954 tomoshabin
Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed
MATNLI TRANSLYACIYA
90+4. O'yin tugadi, sensaciya yuz bermadi. Yaponiya yarim finalga chiqqan birinchi jamoa bo'ldi. Vetnam esa boshini yuqori ko'targanicha yurtiga qaytsa ham bo'ladi
90+3. UXXXXXXXXXXXXXXX! Nguen Van Toan hozir gol urishi mumkin edi, ammo to'pni to'xtata olmadi
90+2. Xavfli vaziyat! Vetnamliklarda yana bir vaziyat, zarba kuchsiz chiqdi
90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi
89. O'zgarish. Yaponiya. Takumi Minamino o'rniga Cukasa SHiotani tushdi
88. Vetnam mardonavor tarzda kurashishda davom etmoqda, zarbalar ketidan zarbalar, vaziyatlar ketidan vaziyatlar...
85. Etiborlisi Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogidagi barcha o'yinda raqibni kichik hisobda mag'lub etmoqda. Turkmaniston 3:2, Ummon 1:0, O'zbekiston 2:1, Saudiya Arabistoni 1:0. Bugun hozircha Vetnam 1:0...
78. O'zgarish. Yaponiya. Genki Xaraguchi o'rniga Takashi Inui tushdi
77. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! TAKUMI MINAMINOning zarbasini Dang Van Lam qaytardi!
76. Bugungi o'yinni ko'rish uchun "Al Maktum" stadioniga 8954 tomoshabin keldi
75. O'zgarish. Vetnam. Pxan Van Duk o'rniga Luong Xuan Truong tushdi
72. O'zgarish. Yaponiya. Koya Kitagava o'rniga Yuya Osako maydonga tushdi
68. Vetnamlik darvozabon o'zini ko'rsatishda davom etmoqda. U yaponlarning ikkita zarbasini qaytarishga erishdi
65. Vetnam gol o'tkazgach ko'proq hujumga o'tishni boshladi. Yaponiya to'pni raqibga topshirdi
63. O'zgarish. Vetnam. Nguen Trong Xoang o'rniga Nguen Pxong Xong Duy tushdi
60. Ogohlantirish. Vetnam. Doan Van Xau
57. GOOOOOOOOOOOOL! Ritsu Doan penaltidan hisobni ochdi 0:1
55. Ogohlantirish. Vetnam. B.T.Dung
55. ANA BO'LMASAM! Yana VAR ishga tushdi va bosh hakam Vetnam darvozasiga penalti belgiladi.
54. O'zgarish. Vetnam. Nguen Xuy Xung o'rniga Nguen Van Toan tushdi
50. Ikkinchi bo'limni Yaponiya boshqacha boshladi. Jamoa ko'proq hujumga o'tmoqda
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi taymda Vetnam 3ta, Yaponiya 2ta aniq zarba berdi. To'p bilan muomala qilishda Yaponiya ustun 70:30.
45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 0:0
44. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Lev SHonovich nimalar qilayapsan? Navbatdagi qoyilmaqom seyv!
42. Vetnam darvozasini qo'riqlayotgan Dang Van Lam Rossiyada tug'ilganini bilasizmi? Uning asl ism sharifi Dang Lev SHonovich. "Spartak" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Dang 2015 yilda Vetnamga ko'chib ketgan va 2016 yildan buyon terma jamoada o'ynab kelmoqda. Uning otasi vetnamlik, onasi esa rossiyalik.
37. VETNAM NIMALAR QILAYAPSAN! Yaponiya qaltirab qoldi, Vetnam hisobni ochishga juda va juda yaqin kelgandi! Nguen Kong Pxuongning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi.
29. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! AJOYIB SEYV! Yaponiyaliklar hisobni ochishlari mumkin edi, biroq vetnamlik posbon Dang Van Lam ajoyib seyv namoyish etdi!
26. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Nguen Kong Pxuong yana oldinga o'tdi va zarba berdi, noaniq ketdi zarba! Xavfli edi!
24. GOL BEKOR QILINDI! Yoshida gol urayotganda to'p uning qo'liga tekkanini ko'rsatdi takroriy lavhalar. Bosh hakam golni bekor qildi! Tarixiy vaziyatni guvohiga aylandik!
24. YO'Q SHOSHMANG! BOSH HAKAM VAR ni ko'rmoqda!
24. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MAYA YOSHIDAAAAAAAAA! 0:1
20. Yaponiyada jarima to'pi. Biroq Sakaining uzatgan to'piga sheriklari eta olishmadi. Hujum bartaraf etildi
15. Vetnam GOL urdi! Biroq o'yindan tashqari holat. Stadion shunchaki larzaga kelgandi!
13. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Nguen Kong Pxuong hozir hisobni ochishi mumkin edi, uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!
6. Dubaydagi "Al Maktum" stadionida vetnamlik muxlislar ko'proq, yaponiyalik muxlislar ularga nisbatan kamroq. Vetnam hujumga o'tganda quloq qomatga kelmoqda.
5. Dastlabki daqiqalarda Vetnam ustunlikka ega bo'lmoqda. Yaponlar himoyalanishmoqda.
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar