So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  0 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  2 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  10 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  47 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

Osiyo Kubogi-2019. Ummonlik jurnalist: "Menimcha, ertaga durang bo'ladi" Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Ummonlik jurnalist: "Menimcha, ertaga durang bo'ladi"

O'zbekiston - Ummon uchrashuviga bir kun qoldi.

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 musobaqasidagi o'z ishtirokini boshlaydi. Saytimiz xodimlari kecha to'liq tarkibda Dubay shahriga etib keldik. Bugun esa ertalab o'yin bo'lib o'tadigan SHarja tomon yo'l oldik. SHarja Dubaydan ko'p ham uzoq emas, agar yo'l tirbandligi yuzaga kelmasa 45 daqiqada etib olsangiz bo'ladi.

"SHarja Stedium"ga kelib musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi akkreditaciya kartochkasini olgach, biz uchun rasman Osiyo Kubogidagi faoliyat boshlandi. Media markazga kirib kelganimizda bu erda faqat bir nafar ummonlik jurnalist o'tirgan ekan. O'zini Faysal Salim deb tanishtirgan hamkasbimiz "Oman Daily" gazetasida ishlar ekan. Vaqtni zoe ketkazmay ertangi bahs oldidan uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Ertaga "F" guruhi jamoalari ham musobaqaga kirishishadi. 1-turda O'zbekiston va Ummon o'zaro bahs olib boradi. Sizning o'yinoldi fikringiz qanday?
- SHuni aytishim mumkin, har ikki jamoa uchun juda qiyin bahs bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi bizga nistaban kuchliroq deya olaman. Jamoangiz har doim jahon chempionati saralash bahslarida oxirgi raundga qadar etib boradi. Bu tomonlama ham O'zbekiston Ummonga qaraganda ko'proq natijaga ega. SHu o'rinda meni hayron qoldirgan jihat, Server Jeparovning nima sababdan tarkibda yo'qligi. Menimcha, u hamon yuqori saviyada o'ynayapti va agar kelganida terma jamoaga yordam bera olardi deb o'ylayman. Lekin sizda boshqa yaxshi futbolchilar ham bor. Menimcha, O'zbekiston bu musobaqada chorak finalgacha bora oladi.

- Sizningcha, ertangi o'yin qanday natija bilan tugaydi?
- Hamma ummonlik singari men ham jamoamizdan g'alaba kutaman. Lekin menimcha ertaga durang qayd etilsa kerak. Balki 0:0, balki 1:1 bo'lishi mumkin. Taxminimcha, jamoalar bittadan ko'p gol urishmaydi.

- O'zbekistonning hozirgi tarkibidan qaysi futbolchilarni bilasiz?
- Odil Ahmedovni. U juda kuchli o'yinchi. Unda kuchli xislatlar mujassam. Ahmedov juda tirishqoq va ruhiy tomonlama ham kuchli futbolchi.

- Bosh murabbiy Ektor Kuper haqida nima deya olasiz?
- To'g'risini aytsam, uning o'yin uslubi menga yoqmaydi. CHunki Kuper faqat himoyaviy futbolni maqul ko'radi. Bu uslub O'zbekistonga to'g'ri kelmaydi. CHunki sizlarda jamoa hujum qilishga o'rgangan. Kuper esa himoyaviy futbolni qo'llayapti va mening o'ylashimcha, bu uslub sizning jamoangizga mos emas.


- Ummon terma jamoasining o'yin uslubi qanaqa?
- Bizda himoya kuchli. Himoyada yaxshi futbolchilarimiz bor. Yarim himoyamiz ham o'ziga yarasha kuchli, lekin yaxshi hujumchilar yo'q. Bizda hujumchilar ko'p gol urishmayapti. Bosh murabbiy Pim Verbek ham himoyaviy futbolni maqul ko'ryapti. Uning bu uslubi o'tgan yil Ko'rfaz Kubogida foyda bergandi. CHunki biz chempion bo'lganmiz. Ammo Osiyo Kubogida nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

- Malumki, Ummon terma jamoasining asosiy darvozaboni Ali Al Habsi jarohat tufayli musobaqada ishtirok eta olmaydi. Buni katta yo'qotish desa bo'ladimi?
- Yo'q, men bunday demagan bo'lardim. CHunki bizda yana bir yaxshi darvozabon Fayz Al Rusheydi bor. Menimcha, asosiy darvozabon shu bo'ladi. Al Rusheydi o'tgan yil Ko'rfaz Kubogida darvozani juda yaxshi qo'riqlagandi. Unga ishonch katta.  

- Ummon terma jamoasining asosiy kuchi nimada?
- Himoyamizda deb o'ylayman. CHunki bizda yaxshi himoyachilar bor.

- Muxlislar O'zbekiston bilan o'yindan nima kutishyapti?
- Biz yutib qo'yishimiz ham mumkin, chunki bu futbol. SHunisi aniqki, himoyachilarimiz hujumchilaringiz uchun boshog'riq bo'ladi. Qolaversa, tarkibda Jeparov yo'q, bu ham bizga foyda berishi mumkin.

- Ummon terma jamoasi qatorasiga 8ta o'yinda yutqazmadi, biroq Avstraliya bilan kechgan bahsda 0:5 hisobidagi mag'lubiyat ro'y berdi. Buning sababi nimada?
- Biz Avstraliya bilan o'yingacha ancha toliqqandik. Qolaversa, Avstraliya jismoniy tomondan kuchli ekan. Ammo bu o'rtoqlik o'yini edi, shu bois vahimaga tushmadik.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика