So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Osiyo Kubogi-2019. Umid Ahmadjonovning quradan keyingi fikrlari Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. Umid Ahmadjonovning quradan keyingi fikrlari

Xabaringiz bor, kecha Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi. Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan joy oldi. Quradan so'ng biz yana bir bor Umid Ahmadjonovni suhbatga tortdik.

- "Qurani hammamiz katta qiziqish bilan kuzatib bordik, - Umid Mahamadjonovich. - Tadbir yuqori saviyada o'tdi, tashkiliy tomonlari ham joyida bo'ldi. Endi biz joy olgan guruhga keladigan bo'lsak, yaxshi guruhdan joy oldik. O'ylaymanki, bu guruhdan bemalol birinchi o'rin bilan chiqamiz".

- "Raqiblar haqida nima deyishim mumkin? Yaponiya - kuchli, lekin ular bilan o'ynasa bo'ladi. Biz har qanday musobaqaga ijobiy natija uchun boramiz. Osiyo o'yinlari bo'ladimi yoki Osiyo Kubogimi farqi yo'q, maqsad bitta: xalqimizni xursand qiladigan natijaga erishish. Albatta, eng katta maqsadimiz bu - 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqish".

- "Ummon va Turkmaniston haqida gapiradigan bo'lsam, bu jamoalar ham yaxshi, lekin biz ulardan kuchlimiz. Quradan oldin ham aytgandim, biz kuchli guruhga tushishni xohlaymiz deb. Nima uchun? CHunki terma jamoani faqat kuchli jamoalarga qarshi o'yinlargina o'stiradi. Biz bekorga Jahon chempionatiga chiqqan terma jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilayotganimiz yo'q. Bundan ko'zlangan maqsad, sekin-asta ularning darajasiga chiqish".

- "O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida chempion bo'lganidan keyin o'zingiz ko'rdingiz, muxlislar qancha xursand bo'ldi. Xalqimiz asosiy terma jamoamizdan ham mana shunday yutuqni sog'inib qolgan va o'ylaymanki, Osiyo Kubogi-2019 nasib qilsa O'zbekiston uchun atalgan bo'ladi".

X.Xoliqov, Dubaydan maxsus.

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика