Osiyo Kubogi-2019. Ular ikkita qolishdi
29 jan 2019 22:37
Yangiliklar


Osiyo Kubogi-2019. Ular ikkita qolishdi
BAAda o'tkazilayotgan qita birinchiligi o'zining kulminacion nuqtasiga etib keldi.
24 terma jamoa ishtirok etgan dastlabki Osiyo Kubogida Yaponiya va Qatar terma jamoalari finalga qadar etib kelishdi.
Kunchiqar yurt vakillari yarim finalda musobaqaning asosiy favoriti sanalgan Eron termasini yirik hisobda mag'lub (3:0) etgan bo'lsa, bir necha daqiqa avval Qatar mezbonlarga imkoniyat qoldirmadi va finalga yo'l oldi.
Yaponiya shu kunga qadar Osiyo chempionatida 4 marotaba finalda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.
Qatar terma jamoasi esa o'z tarixida birinchi bor finalda ishtirok etadi.
Uchrashuv 1 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar