Osiyo Kubogi-2019. Xitoy chorak finalda Eron - Ummon juftligi g'olibi bilan o'ynaydi
20 jan 2019 20:55
Yangiliklar


Osiyo Kubogi-2019. Xitoy chorak finalda Eron - Ummon juftligi g'olibi bilan o'ynaydi
Uchrashuvning muhim vaziyatlarini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.
Thailand Supachai Chaided - 31' |
Asian Cup 1/8 Finals . 1/8-tur 20/01/2019, 19:00 2
:
1
Tugadi
|
China Zhi Xiao - 67', Lin Gao - 71' |
Stadion: Hazza Bin Zayed Stadium, 8026 tomoshabin
Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed
O'yin yakunlandi 1:2. Xitoy chorak finalda Eron - Ummon juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
88. Ogohlantirish. Jing Ji Dao
83. O'zgarish. Jao Ksyuri Vu Ksini almashtirdi
81. Xavfli vaziyat! Vu Leydan noaniq zarba!
75. Marchelo Lippining tajribasi chin yurti vakillariga qo'l kelmoqda.
71. GOOOL! Gao Lin penaltidan unumli foydalandi - 1:2.
70. PENALTI!
Ji Ksiao Osiyo kubogi-2019dagi 100-golni urdi.
67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1. Hozirgina maydonga tushgan Ji Ksiao hisobni tenglashtirdi.
64. O'zgarish. YU Dabaoning o'rniga Ji Ksiao maydonga tushdi. "Guanjoy RF" vakili Osiyo Kubogida debyut uchrashuvini o'tkazmoqda.
63. O'zgarish. Tailand. Supachai Jaded o'rniga CHananan Pombupha maydonga tushdi.
62. Ogohlantirish. SHi Ke. Xitoyliklarning ikkinchi markaziy himoyachisi ham ogohlantirildi.
60. YU Dabaoning zarbasi! Sivarakdan ajoyib seyv!
58. Ikkinchi bo'lim boshidan xitoyliklar Marchelo Lippining ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilishmoqda. Ammo, tailandlik futbolchilar o'z o'yinini ko'rsatgan holda ustunlikni taminlab turishibdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Ogohlantirish. Gol muallifi Supachai Jaded ham ogohlantirildi.
43. Maydonda harakat qilayotgan eng bo'yi past futbolchi CHanatip Songkrasin (158 sm). Ancha chaqqon o'yinchi ekan. Hammani tezlikda "dovdiratib" tashlamoqda.
36. Ogohlantirish. Vu Ksi ham ogohlantirildi
34. Ogohlantirish. Jang Linpeng ogohlantirildi. Agar Xitoy chorak finalga yo'l olsa Jang uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
31. GOOOOOOL! TAILAND! Supachai Jaded hisobni ochdi 1:0.
28. Supachai Jaded! Biroz noaniq zarba berdi.
23. ZARBAAA! Tailandning shturmi davom etmoqda. Muhlislar gol deb baqirishmoqda.
18. Tiraton Bunmatan burchakdan kiritib bergan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.
14. Tailandning hujumi o'ng qanotdan rivojlanayotgandi. Tirasil Dangdaga imkoniyat berishmayapti
1972 yili Tailandda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida mezbonlar 3-o'rinni qo'lga kiritishgan. Oradan 47 yil o'tib Tailand termasi yana pley-off bosqichiga chiqishga erishdi.
10. Tailand qarshi hujumga qochib ketayotgandi. Jeng Ji maydon markazida fol ishlatdi.
9. Sariq kartochka. Titipan Puangchan ogohlantirildi.
7. Vu Leyga yaxshi uzatma berildi. Lekin, hujumchi to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. Xitoyliklar o'yinni faol boshlashdi.
1. O'in boshlandi.
Assalomu alaykum! Osiyo Kubogi nimchorak finalining ikkinchi uchrashuvi boshlanmoqda!
TAILAND - XITOY 1:2 LIVE
Al Ayn. "Halifa Bin Zayid" stadioni
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA).
Gol: Supachai Jaded (31, 1:0), Ji Ksiao (67, 1:1), Gao Lin (71, 1:2).
Tailand - 23. Sivarak Tedsungneon, 3. Tiraton Bunmatan, 4. CHalermpong Kerdkaev, 6. Pansa Xemvibon, 8. Titipan Puangchan, 10. Tirasil Dangda, 16. Mika CHununonse 17. Tanabon Kesarat, 18. CHanatip Songkrasin, 19. Tristan Do, 22. Supachai Jaded (CHananan Pombupha, 63).
Xitoy - 1. Yang Junling, 4. SHi Ke, 5. Jang Linpeng, 6. Feng Ksiaoting, 7. Vu Ley, 10. Jeng Ji, 11. Xao Junmin, 15. Vu Ksi (Jao Ksyuri, 83), 18. Gao lin, 19. Liu Yang, 22. YU Dabao (Ji Ksiao, 64).
Ogohlantirishlar: Titipan Puangchan (9), Jang Linpeng (34), Vu Ksi (36), Tanabon Kesarat (43), Supachai Jaded (45), SHi Ke (62), Jing Ji Dao (88).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar