

Jamoa ustozi Akira Nishino o'z lavozimini tark etdi. Hozircha uning o'rniga yangi murabbiy tayinlanmadi.
"Samuraylar" Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirib qo'yishgan. Hozircha ularning ikkitasida raqib ma'lum. 11 sentyabr kuni Kosta-Rika Yaponiyaga keladi. 12 oktyabrda esa Panama Niigatada mehmon bo'ladi. Ikkala jamoa ham Rossiyada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etib guruhda qolib ketdi.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya Osiyo kubogi-2019da O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan. Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs 17 yanvar kuni BAAning Al Ayn shahrida bo'lib o'tadi.



